Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.1K photos
4.69K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
#dolzarb

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari qizg'in davom etmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahridagi mavjud 16 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bugun "Tong" madaniyat saroyida O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi boshqarma boshlig'i Zoyir Yo'ldoshev, shahar hokimining birinchi o'rinbosari A. Eshbayev rahbarligida aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirlarini tashkil qilishga doir ishlar va "yettilik" faoliyatida sifat va samaradorlikni oshirish masalasi muhokama qilindi.

Tadbirda aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligi holatini baholash tizimini yaratish uchun zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish
masalalari muhokama qilindi.


Yigʻilishda tegishli soha vakillari, “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etishdi.
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlari e'tibor markazida.

🇺🇿 Ro‘yxatdan o‘ting — kelajakni birgalikda quraylik!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati