#yashil_makon
"Yashil makon" umummilliy harakati: Yangi hayot, yangi nafas
🌳Nurafshon shahrida ham ekologik barqarorlik va atrof-muhitni asrashga qaratilgan ko‘chat ekish ishlari jadal davom etmoqda. Aholi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar va ko‘ngillilar ezgu maqsad yo‘lida birlashmoqda.
🌳Hasharda barcha birdek faol ishtirok etmoqda. Yer kovlanib, tanlab olingan ko‘chatlar o‘tqazildi. Jarayon ishtirokchilari: “Har bir ekilgan daraxt — kelajagimiz uchun tashlangan qadam”, - deya bu ezgu ishlarning ahamiyatini alohida ta’kidlashmoqda.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

"Har bir ekilgan daraxt – hayotga bo‘lgan e’tiborimiz, tabiatga bo‘lgan mehrimizning ifodasidir. Yashil makon – bu barchamiz uchun birdek muhim", - deya ta'kidladi shahar hokimi I. Klichxanov.
🌳Hasharda barcha birdek faol ishtirok etmoqda. Yer kovlanib, tanlab olingan ko‘chatlar o‘tqazildi. Jarayon ishtirokchilari: “Har bir ekilgan daraxt — kelajagimiz uchun tashlangan qadam”, - deya bu ezgu ishlarning ahamiyatini alohida ta’kidlashmoqda.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❤3
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon
"Yashil makon" harakati doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
🌳Shu yilning 8-9-noyabr — shanba va yakshanba kunlari viloyatimiz bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida katta hashar tashkil etilmoqda.
🌳Shahar hokimi boshchiligida mas'ullarga yo'l bo'ylari, markaz guzarlari hamda bog' hududlariga ekiladigan manzarali gul va dekorativ ko'chatlar ekish yuzasidan topshiriqlar berildi.
🌳Mazkur tadbirda davlat tashkilotlari vakillari faol ishtirok etdi. Ushbu amaliy ishlar shaharning ekologik muhitini yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish va aholining hayot sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
"Yashil makon" harakati doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
🌳Shu yilning 8-9-noyabr — shanba va yakshanba kunlari viloyatimiz bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida katta hashar tashkil etilmoqda.
Ayniqsa, Nurafshon shahrining yoshlar ma'naviyat bog'ida ko‘chat ekish ishlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqdaki, bu gal ham manzilda zarur ishlar amalga oshirildi. Yer maydonlari tosh va keraksiz chiqindilardan tozalanib, sifatli tarzda kovlandi. Ekologik talablar asosida ko‘chatlar o‘tqazildi.

❤2👍1