Nurafshon shahri hokimligi
4.67K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
#savol_javob

Mehnat daftarchasini raqamlashtirish bo'yicha ayrim savollarga javoblar

👉Savol: Raqamlashtirilgan mehnat daftarchasi pensiya tayinlashda qanday yordam beradi?

Javob: Ish staji toʼgʼrisidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi va pensiya tayinlash jarayonida sizdan qogʼoz shakldagi hujjatlar talab etilmaydi.

👉Savol: Mehnat daftarchasini raqamlashganini qanday koʼrishim mumkin?

Javob: my.mehnat.uz yoki my.gov.uz portallari orqali shaxsiy kabinetingizdan koʼrishingiz mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun: 📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#savol_javob

Mehnat daftarchasini raqamlashtirish bo'yicha ayrim savollarga javoblar

👉Savol: Elektron mehnat daftarchasi ishonchli hisoblanadimi?

Javob: Аlbatta, u davlat tomonidan tasdiqlangan rasmiy elektron hujjat hisoblanadi.

👉Savol: Korxona arxivi yoki mehnat daftarchasi yoʼqolgan taqdirda ish stajlarini qanday qilib “tiklash” mumkin?

Javob: Аgar fuqaroning ish staji toʼgʼrisidagi maʼlumotlari yoʼqolgan boʼlsa, ushbu vaziyatda yoʼqolgan mehnat faoliyati davrlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar sudning qarori bilan belgilanadi. Bunday holatga tushib qolgan fuqarolar ish stajlarini tiklatish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun: 📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#savol_javob

👉Savol: SMS-Pensiya xizmatini yoqmoqchiman. Nima qilishim kerak?

Javob: Buning uchun birinchi navbatda my.gov.uz portaliga kirib ro'yxatdan o'tish lozim.

🔗 Shundan so'ng ushbu havola orqali o'tib “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va telefon raqam kiritiladi.

❗️ Eslatma: Mazkur xizmatdan faqatgina pensiyaga chiqqan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun: 📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔒 Ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligi qay tarzda ta’minlanadi?

#savol_javob

🔝 Instagram |🔝Facebook