Nurafshon shahri hokimligi
4.67K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
#yashil_makon

Yashil makon – tabiatga mehr va kelajak uchun investitsiya.

🌳Xabaringiz bor, Nurafshon shahri ayni damda o'zgarishlar va yangilanishlarga  yuz tutyabdi.  Hozirda yoshlar ma'naviyat bog'ida davom etayotgan bog‘ barpo etish,  daraxt ekish tadbirlari ko'pchilikning diqqat markazida bo'lib turibdi.

🌳Ko'kalamzorlashtirish ishlarida shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i N. Djumanova, mahalla "yettiligi", jumladan, xotin-qizlar faollaridan iborat hasharchilar faol qatnashdi. E'tiborli jihati, ishtirokchilarning o‘zi daraxt ekish  ishlarida boshqalarga namuna bo'ldilar.

"Yashil makon – bu tabiatga, hayotga bo‘lgan hurmatimiz ifodasidir", – dedi N. Djumanova. "Har bir ekilgan daraxt atrofimizni go‘zal, havomizni toza qiladi, kelajak avlod uchun sog‘lom va yashil muhit yaratish barchamizning muqaddas burchimizdir".


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kibermadaniyat_oyligi

Agar sizdan shubhali qo‘ng‘iroq orqali bank ma'lumotlaringizni so‘rasa, bankning rasmiy telefon raqamiga bog‘lanib, aniqlashtiring.

Unutmang! Bank hech qachon karta va hisobingizga oid ma'lumotlarni yoki sms kodni so‘ramaydi.

Firibgarlarga aldanib qolmang!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tashkil etish to‘g‘risida"gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "О создании Американо-узбекского делового и инвестиционного совета"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#muhim

Erta turmush va erta tug‘ruqlarning salbiy oqibatlari muhokama qilindi


👉Nurafshon shahridagi 57 - umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Erta turmushni oldini olish” hamda “Erta tug‘ruqlarning salbiy oqibatlari” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

👉Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova, shahar IIB HQMB katta inspektori L. Baxtiyorova, Voyaga yetmaganlar bo'yicha katta inspektor M. Jumaboyevalar ishtirok etishdi.

Erta turmush va erta tug‘ruqning yoshlar salomatligi, ularning kelajagi hamda jamiyat rivojiga ta'sir qiladigan oqibatlarini o'ylasakkina masala kundek ravshan bo'ladi. Shuning uchun bunday holatlarning oldini olishda ta’lim muassasalari, ota-onalar va keng jamoatchilikning hamkorligi va birgalikda ishlarni tashkil etishi juda muhim", - deya ta'kidladi N. Djumanova.


👉Ochiq muloqot davomida o‘quvchilarga profilaktik chora-tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
#Hamkorlik

⚡️Boshqaruv samaradorligini rivojlantirish maqsadida davlat–biznes sherikchiligi bo‘yicha zamonaviy tizim yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida imzolangan Memorandumda belgilandi.

Hujjat davlat organlari va xususiy sektor o‘rtasida samarali sheriklikni rivojlantirish, xususiy sektordagi eng ilg‘or tajribalarni davlat xizmatida joriy etishga qaratilgan.

Memorandum doirasida:
davlat organlari HR rahbarlari uchun xususiy sektor ishtirokida o‘quvlar va stajirovkalar tashkil etish;
inson resurslarini boshqarishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan TOP-100 kompaniyalar bilan doimiy muloqot platformasi (“HR-club”)ni shakllantirish;
mahalliy kompaniyalar ekspertlarini tajriba almashish jarayonlariga jalb etish;
mamlakat bo‘ylab HR mutaxassislari uchun yagona aloqa kanali yaratish va davlat organlarida HR bo‘limlarini qo‘llab-quvvatlash;
raqamli texnologiyalar asosida inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish nazarda tutilgan.

Ushbu Memorandum kadrlar salohiyatini oshirish, innovatsion HR amaliyotlarini joriy etish orqali boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
#tanlov

Ko'rik-tanlovning mahalla bosqichi bo'lib o'tdi.


O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tashabbusi bilan mamlakatimiz bo‘ylab “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi. Nurafshon shahridagi Hurriyat mahalla fuqarolar yig'inida mazkur tanlovning quyi bosqichi o'tkazildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurafshon shahar bo'limi boshlig'i Zulfiya Maqsudova tomonidan tanlovning maqsadi, o‘tkazilish tartibi va baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tanlovning asosiy maqsadi — mahallalarda obodonchilik, poklik va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirish, fuqarolarni o‘z yashash joyini yanada go‘zal va namunali qilishga undash va bu boradagi ishlarni yanada jonlantirishdan iborat.


Eslatib o'tamiz, tanlov shartlariga ko‘ra, har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31🔥1
#bildirish

👉 Gaz ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi


👉"Nurafshonshahargaz" ta'minoti bo'limi ma’lum qiladi:

Texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida Muqimiy mahalla fuqarolar yig'ini Shodlik ko'chasida ta'mirlash ishlar olib boriladi.

Ga'z ta'minoti vaqtincha to'xtatiladigan iste'molchilar:

Xonadonlar soni: 70 ta
Ulgurji iste'molchilar soni: 1 tani tashkil qiladi.

🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 13-noyabr
Soat 15:00 dan 17:00 gacha

Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda gaz ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: Muqimiy MFY Shodlik ko'chasi

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

📞Murojaat uchun telefon raqami: +99899-004-81-04

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#adliyaga_oid

Aholining murojaatlari o'z yechimini topmoqda

👉O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan Nurafshon shahar adliya bo‘limi tomonidan shahardagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida tasdiqlangan reja-grafik asosida sayyor qabul va huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

👉Jumladan, Nurafshon shahridagi "Nurafshon" MFY da adliya bo‘limi (YXKM, FHDY, "Madad" NNT va DXM) xodimlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabulda 33 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Tadbir jarayonida 30 ta murojaat kelib tushdi hamda ularning 22 nafariga joyida huquqiy tushuntirish berish orqali hal etilgan bo‘lsa, 3 nafar fuqaroning murojaati tegishli tartibda hal etishlik uchun bo‘lim ish yurituviga olindi.


👉Shuningdek, adliya bo'limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurish orqali aholining muammolari o'rganildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni


👉1997 yildan buyon butun dunyoda har yili 16-noyabr «Xalqaro bag‘rikenglik kuni» sifatida nishonlanib kelinadi.

«Bag‘rikenglik haftaligi» doirasida tashkil etiladigan tadbirlar aholi, ayniqsa yosh avlodni respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini saqlash hamda rivojlantirishga, mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga, jamiyatda ko‘p millatli katta oila tuyg‘usini, millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


«Bag‘rikenglik haftaligi»ni o‘tkazishdan maqsad jamiyatimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashdan iborat.

PS: Ma'lumot o'rnida ertaga shahrimizdagi Nuroniylar maskanida bag'rikenglik haftaligi doirasida tadbirlar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#media

Nurafshon: Taraqqiyot va yangilanish sari

Bugungi kunda Nurafshon shahrida zamonaviy va ilg‘or islohotlar bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda.

Shaharning infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy qurilish loyihalarini rivojlantirish va iqtisodiy sohalarda chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.


"O'zbekiston24" telekanalining "Yangilanish shiddati" ko‘rsatuvida ham Nurafshonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi loyihalar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi yutuqlar haqida so'z boradi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1