Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.05K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#bildirish

👉 Gaz ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

👉"Nurafshonshahargaz" ta'minoti bo'limi ma’lum qiladi:

Texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida Muqimiy mahalla fuqarolar yig'ini Shodlik ko'chasida ta'mirlash ishlar olib boriladi.

Ga'z ta'minoti vaqtincha to'xtatiladigan iste'molchilar:

Xonadonlar soni: 70 ta
Ulgurji iste'molchilar soni: 1 tani tashkil qiladi.

🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 13-noyabr
Soat 15:00 dan 17:00 gacha

Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda gaz ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: Muqimiy MFY Shodlik ko'chasi

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

📞Murojaat uchun telefon raqami: +99899-004-81-04

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#adliyaga_oid

Aholining murojaatlari o'z yechimini topmoqda

👉O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan Nurafshon shahar adliya bo‘limi tomonidan shahardagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida tasdiqlangan reja-grafik asosida sayyor qabul va huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

👉Jumladan, Nurafshon shahridagi "Nurafshon" MFY da adliya bo‘limi (YXKM, FHDY, "Madad" NNT va DXM) xodimlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabulda 33 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Tadbir jarayonida 30 ta murojaat kelib tushdi hamda ularning 22 nafariga joyida huquqiy tushuntirish berish orqali hal etilgan bo‘lsa, 3 nafar fuqaroning murojaati tegishli tartibda hal etishlik uchun bo‘lim ish yurituviga olindi.

👉Shuningdek, adliya bo'limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurish orqali aholining muammolari o'rganildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni

👉1997 yildan buyon butun dunyoda har yili 16-noyabr «Xalqaro bag‘rikenglik kuni» sifatida nishonlanib kelinadi.

«Bag‘rikenglik haftaligi» doirasida tashkil etiladigan tadbirlar aholi, ayniqsa yosh avlodni respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini saqlash hamda rivojlantirishga, mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga, jamiyatda ko‘p millatli katta oila tuyg‘usini, millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

«Bag‘rikenglik haftaligi»ni o‘tkazishdan maqsad jamiyatimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashdan iborat.

PS: Ma'lumot o'rnida ertaga shahrimizdagi Nuroniylar maskanida bag'rikenglik haftaligi doirasida tadbirlar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#media

Nurafshon: Taraqqiyot va yangilanish sari

Bugungi kunda Nurafshon shahrida zamonaviy va ilg‘or islohotlar bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda.

Shaharning infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy qurilish loyihalarini rivojlantirish va iqtisodiy sohalarda chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

"O'zbekiston24" telekanalining "Yangilanish shiddati" ko‘rsatuvida ham Nurafshonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi loyihalar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi yutuqlar haqida so'z boradi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kibermadaniyat_oyligi

Bank hech qachon karta va hisobingizga oid ma'lumotlarni yoki sms kodni so‘ramaydi.

Shubhali qo‘ng‘iroqlarga javob bermang!

Firibgarlarga aldanib qolmang!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#diqqat, е'lon

📢 E'LON — HOKIM QABULIGA MARHAMAT!

Hurmatli, Nurafshon shahri aholisi!

Fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkor hal etish maqsadida:

📅 Sana: 2025-yil 13-noyabr kuni, soat 10:00 da boshlanadi.

📍 Manzil: Nurafshon shahri, Degantepa mahallasi.

👥 Ishtirokchilar:
• Respublika ishchi guruhi
• Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov
• Shahar tashkilotlari rahbarlari

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanadi, muammolar joyida o‘rganilib, yechimlar bo‘yicha choralar belgilanadi.

Muammo yoki taklifingiz bormi?

Unda ushbu qabulda ishtirok eting — sizni eshitamiz va koʻtarilgan masalaga birgalikda yechim topamiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni

👉1997 yildan buyon butun dunyoda har yili 16-noyabr «Xalqaro bag‘rikenglik kuni» sifatida nishonlanib kelinadi.

«Bag‘rikenglik haftaligi» doirasida tashkil etiladigan tadbirlar aholi, ayniqsa yosh avlodni respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini saqlash hamda rivojlantirishga, mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga, jamiyatda ko‘p millatli katta oila tuyg‘usini, millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

«Bag‘rikenglik haftaligi»ni o‘tkazishdan maqsad jamiyatimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashdan iborat.

PS: Ma'lumot o'rnida bugun shahrimizdagi Nuroniylar maskanida bag'rikenglik haftaligi doirasida tadbirlar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#Bildirish

🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligini keng nishonlash munosabati bilan Nurafshon shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2025-yil

🗓13-noyabr kuni, soat 09:00 dan 12:00 gacha,

🗓17-noyabr kuni, soat 07:00 dan 23:59 gacha

Nurafshon shahridagi “Business city hududida joylashgan Yangiobod ko‘chasi (G-62 avtomobil yo‘li)da hamda

🗓18-noyabr kuni soat 07:00 dan 14:00 gacha shahar markaziy chorrahasi — Bobur ko‘chasiga burilishdan (4R-22 yo‘li) boshlab “Business city” hududidagi Yangiobod ko‘chasi (4R-2 avtomobil yo‘li)ning 35-kilometrida G-62 avtomobil yo‘li bilan kesishgan chorrahagacha bo‘lgan hududda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati cheklangan hududlarga transport vositalarini kiritmaslik va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#diqqat, е'lon

📢 E'LON — HOKIM QABULIGA MARHAMAT!

Hurmatli, Nurafshon shahri aholisi!

Fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkor hal etish maqsadida:

📅 Sana: 2025-yil 13-noyabr kuni, soat 10:00 da boshlanadi.

📍 Manzil: Nurafshon shahri, Degantepa mahallasi.

👥 Ishtirokchilar:
• Respublika ishchi guruhi
• Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov
• Shahar tashkilotlari rahbarlari

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanadi, muammolar joyida o‘rganilib, yechimlar bo‘yicha choralar belgilanadi.

Muammo yoki taklifingiz bormi?

Unda ushbu qabulda ishtirok eting — sizni eshitamiz va koʻtarilgan masalaga birgalikda yechim topamiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kayfiyat

Yurtimizda oltin kuz!

Kontent markazi tomonidan sun’iy intellekt yordamida so‘nggi kunlarda ommalashgan trend bo‘yicha video tayyorlanibdi. 

Baho berish sizdan...

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

🗓13.11.2025. Nurafshon shahar hokimi fuqarolarni qabul qildi

Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov ayni paytda shahardagi "Degantepa" MFY binosida fuqarolar uchun navbatdagi qabulni oʻtkazmoqda.

Sayyor qabulda hokim shaxsan qatnashib, har bir murojaatchini diqqat bilan tingladi. Bugungi uchrashuvda asosan uy-joy, yo‘llar, ijtimoiy yordam, ish bilan ta’minlash kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.

Batafsil ma'lumot bilan birozdan so'ng tanishasiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1