Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
2-liga finalida Nurafshon FK yirik hisobda g‘alaba qozondi

⚽️Bugun 20-noyabr kuni Olmaliq KMKning markaziy stadionida 2-liga chempionati final bahsi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning eng kuchli ikki jamoasi — Nurafshon FK va Bo‘stonliq FK chempionlik uchun maydonga tushishdi.

Final uchrashuvi kutilganidek keskin kurash ostida o‘tdi. jamoalar har bir daqiqada g‘alaba uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi. O‘yin davomida jami 6 ta gol urildi va muxlislar haqiqiy futbol bayramiga guvoh bo‘lishdi. Natijada Nurafshon FK 5:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi va 2-liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Bo‘stonliq FK esa musobaqani faxrli ikkinchi o‘rinda yakunladi.


⚽️Ushbu final nafaqat jamoalar, balki barcha futbol ishqibozlari uchun ham unutilmas lahzalarga boy bo'ldi. Musobaqa tashkilotchilari va futbolchilarni mazkur yutuq bilan tabriklaymiz va ularga kelgusi mavsumda ham yangi zafarlar tilaymiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍73
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ob_havo

🌐Nurafshon shahri

21-noyabr kungi ob-havo ma'lumoti


☀️ Bugun Nurafshonda asosan havo ochiq, qisman yomg'ir yog'ish ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati +17°C, kechga borib esa  +4°C gacha pasayishi kutilmoqda.

Kuningiz xayrli o'tsin!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👌1
#muhim

Siyosiy ma’rifat soati o'tkazildi

🗓21.11.2025


Joriy yilning 21-noyabr kuni Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o'rinbosarlari, apparat xodimlari hamda korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Bugungi o‘quv soatida: O‘zbekiston va xorijdagi ahamiyatga molik muhim jarayonlar dayjesti, ma'naviy-ma'rifiy videolavhalar namoyish etildi. Shuningdek, ijodkorlarning ijod namunalari ham o'qib eshittirildi.

Siyosiy-ma’rifiy bilim — samarali davlat fuqarolik xizmatini ko‘rsatishda asosiy omildir. Davlat xizmatchilari uchun joriy haftaga rejalashtirilgan "Siyosiy-ma’rifat soati"ning navbatdagi onlayn mashg‘uloti yuqori saviyada tashkil etilgani bilan ahamiyatga molikdir.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 15 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 51 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 84 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 12 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 19 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 27 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 38 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 24 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 17 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 18 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
1
#e'lon

Nurafshon shahrida sportning mini futbol turi boʻyicha oʻtkaziladigan "Shahar hokimi kubogi"ga marhamat
!

Hurmatli tashkilot rahbarlari va xodimlari!

⚽️2025-yil 29-noyabr kuni Nurafshon shahar sport maktabi arenasida sportning mini futbol turi bo‘yicha tashkilot xodimlari o‘rtasida an’anaviy “Hokim kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning asosiy maqsadi — tashkilotlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida jamoaviylik ruhini oshirishdan iborat.


⚽️Musobaqaga qur’a tashlash marosimi 2025-yil 26-noyabr kuni soat 12:00 da Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida o‘tkaziladi. Mazkur tadbirda barcha tashkilot rahbarlari va jamoalarning mas’ul vakillari ishtirok etishi so‘raladi.

Qoʻshimcha ma'lumotlar uchun tel.: +998770140411

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati