Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
#Sayyor_qabul

🟢 Sayyor qabul — fuqarolar muammosi e’tibor markazida


20-noyabr kuni Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi A. Abdijamilov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar  tomonidan soliq, kadastr, mahalla tizimi, kredit, kommunal sohalar bo'yicha 6 nafar fuqarolar tomonidan 9 ta murojaat bildirildi.

Muammolarga birgalikda yechim topishimiz va sizlarni rozi qilishimiz uchun imkon qadar yordam berishga harakat qilamiz", - dedi shahar hokimi Ilxom Klichxanov.


Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari diqqat bilan eshitildi, ularning yechimi uchun mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Muammolarning bir qismi shu yerning o‘zida hal etildi, qolganlari esa qat’iy nazoratga olindi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#jarayon

Shahar hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi


Nurafshon shahrida yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuvlar muntazam tashkil etilmoqda.

Bugun shahar hokimi Ilxom Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, soliq inspeksiyasi boshlig‘i J. Sayfiyev, shahar hokimi o'rinbosari Sh. Inomxonov ishtirokida 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda yoshlarning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi. Ularni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.


Nurafshon shahar yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i B. Abduqodirov ta’kidlaganidek, ilm va kasb-hunar sirlarini puxta o‘rganayotgan, turli tanlov va musobaqalarda yutuqlarga erishayotgan iqtidor egalari safi tobora kengaymoqda. Uchrashuv yakunida ana shunday faol va tashabbuskor o‘g‘il-qizlarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21
#bildirish

⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumani elektr tarmoqlari ma’lum qiladi:

TF-r Olmazor 6 kV elektr tarmoqlarida joriy ta’mirlash — daraxt shoxlarini tozalash, osilgan simlarni tortish, singan izolatorlarni almashtirish ishlari olib borilishi sababli elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi. 🔧🌿


🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 22-noyabr
soat 09:00 dan 14:00 gacha


Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: "Obod", "Marifat", "Bobur", "Dehqonobod", "Degantepa" mahallalarida

🏘 O‘rta Сhirchiq tumani: "Obod", "Argin", "Sada" mahallalarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.

🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#tanlov

"Istedodlar" tanlovi iqtidor egalarini kashf etdi


Marjona Bozorova 12-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining iqtidorli o'quvchilaridan biri. U chizgan rang-tasvir ishlanmalari ko'pchilikni hayratini oshiradi. Bugun qahramonimiz shahar hokimi I. Klichxanovga tasviriy san'atning natyumort janrida yaratgan ijodiy asarini tuhfa qildi. Ana shunday xursandchilik bilan boshlangan "Iste'dodlar" tanlovi murosasiz va qiziqarli jarayonlarga boyligi bilan esda qolarli bo'ldi.


Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo'limi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda tashkilashtirilgan tanlovda o'quvchilar 5 ta yo'nalish bo'yicha o'zlarining bilim-mahoratini namoyish qildilar.

Jumladan:

•Estrada xonandaligi
•Gitara ijrochiligi
•Xoreografiya
•Tasviriy san’at
•Dutor ijrochiligi
yo‘nalishlarida yosh havaskorlar ishtirok etishdi.

Tanlovda faol ishtiroki bilan boshqalarga namuna bo'lgan yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
2👍2
#e'lon

Nurafshon shahrida sportning mini futbol turi boʻyicha oʻtkaziladigan "Shahar hokimi kubogi"ga marhamat
!

Hurmatli tashkilot rahbarlari va xodimlari!

⚽️2025-yil 29-noyabr kuni Nurafshon shahar sport maktabi arenasida sportning mini futbol turi bo‘yicha tashkilot xodimlari o‘rtasida an’anaviy “Hokim kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning asosiy maqsadi — tashkilotlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida jamoaviylik ruhini oshirishdan iborat.


⚽️Musobaqaga qur’a tashlash marosimi 2025-yil 26-noyabr kuni soat 12:00 da Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida o‘tkaziladi. Mazkur tadbirda barcha tashkilot rahbarlari va jamoalarning mas’ul vakillari ishtirok etishi so‘raladi.

Qoʻshimcha ma'lumotlar uchun tel.: +998770140411

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1