Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
#muhim

Korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish masalasida yig'ilish o'tkazildi


Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi eng katta illatlardan biridir. Unga qarshi kurashish — har birimizning fuqarolik burchimizdir.


Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida shahar hokimi I. Klichxanov va shahar prokurori T. Karimov boshchiligida “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig'ilishda shahardagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, imom-xatiblar hamda mas’ul idoralar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda hokim va prokuror korrupsiyaning jamiyatga salbiy ta’siri, uni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, din vakillari ham so'zga chiqib, korrupsiyaning milliy qadriyatlarimizga salbiy ta'sirini ta’kidladi.


Yakunda esa korrupsiyaga qarshi kurashish va aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasida aniq chora-tadbirlar belgilandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
#muhim

Ko‘chat ekish – xalqimizga xos xayrli amallardan biri

🌿Yurtimizda atrof-muhitni asrash hamda yashil makonlarni kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Nurafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Azizbek Yuldashev rahbarligida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan "Degantepa" mahallasi hududida xayrli tadbir o‘tkazildi.

🌿Yashil makon umummilliy loyihasi asosida soha vakillari faol ishtirok etib, 700 tup manzarali ko‘chatlar ekishdi. Natijada, mazkur hududda yangi bog‘ barpo etilishiga zamin yaratildi.

🌿Tadbirda Nurafshon shahar IIB boshlig‘i Azizbek Yuldashev quyidagilarni ta’kidladi:

"Yashil makonlarni kengaytirish nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirish, balki kelajak avlod uchun sog‘lom hayot tarzini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ichki ishlar xodimlari bunday xayrli tashabbuslarda doimo faol ishtirok etishga harakat qilamiz".

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#obodlik

Tozalik - obod hayot mezoni

"Ma'rifat" MFY hududida obodonlashtirish ishlari avjida. Mazkur jarayonda Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etmoqda.

Mahalla ahli va mutasaddi tashkilotlar birgalikda hududda tozalik va obodlikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratmoqda. Daraxt va gullar ekilib, yo‘laklar tozalanmoqda, yashil hududlar kengaytirilmoqda. Ushbu ezgu ishlar natijasida mahalla ahli uchun yanada qulay va fayzli muhit yaratilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

🌿 Nurafshon shahrida atmosfera havosini yaxshilashga qaratilgan faol chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hududda changlanishni kamaytirish maqsadida erta tongdan boshlab yo‘l qoplamalari yuvilmoqda, yashil maydonlar esa muntazam sug‘orilmoqda.

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan mazkur ezgu yumushlar havodagi chang miqdorini kamaytirish va aholiga qulay ekologik muhit yaratishga xizmat qilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmat
👍1
#muhim

Nurafshon shahar hokimligining majlislar zalida shahar hokimi Ilxom Klichxanov navbatdagi "Hokimlik soati"ni o'tkazdi. Unda shahar hokimining o‘rinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida kun tartibidagi asosiy yo'nalishlar:

👉kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish;

👉aholi uchun zarur oziq-ovqatlarni zaxira qilish;

👉energiya tejamkorligini ta’minlash va boshqa qator masalalar atroflicha muhokama qilindi.


Muhokamalar yakunida barcha mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
#bildirish

⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumani elektr tarmoqlari ma’lum qiladi:

F. Haqiqat 6kV tarmog'ida joriy ta'mirlash — daraxt shoxlarini tozalash, osilgan simlarni tortish, singan izolyatorlarni almashtirish ishlari olib borilishi sababli elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi. 🔧🌿


🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 26-noyabr
soat 09:00 dan 16:00 gacha


Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: "Birlik", "Taraqqiyot", "Oppoq", "Chig'iriq" mahallalarida

🏘 O‘rta Сhirchiq tumani: "Mingtepa", "O'rtabuz", "Burgalik" mahallalarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.

🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

🇺🇿 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — mamlakat taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor!

Zarina Xamrayeva
bloger
1👍1
Savol: Ro‘yxatga olish savolnomasidagi barcha savollarni darhol to‘ldirish shartmi yoki uni tanaffus bilan to‘ldirsa ham bo‘ladimi?

Javob: Barcha savollarga bir vaqtning o‘zida javob berish mumkin. Biroq ba’zi hollarda shaxsning boshqa muhim ishlari sababli savolnomani to‘liq to‘ldirishni vaqtincha to‘xtatib turishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Bunday holda to‘liq to‘ldirilmagan savolnoma qoralama ko‘rinishida 24 soat davomida saqlanadi va ushbu vaqt mobaynida uni davom ettirib, yakunlash mumkin.


Agar savolnoma 24 soat ichida to‘ldirilmasa, undagi ma’lumotlar xavfsizlik nuqtayi nazaridan avtomatik ravishda o‘chirib yuboriladi.

🌐 aholi.stat.uz | 🔝 Instagram |🔝Facebook | 🤖 Bot
👍1
#jarayon

65 o‘rinli Bolalar bo'limi binosi qurilishi davom etmoqda


Aholiga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Nurafshon shahrida qator amaliy ishlar qilinmoqda. Shahar hokimi Ilxom Klichxanov “Navro'z” mahallasida joylashgan markaziy shifoxona hududidagi yangi qurilayotgan Bolalar bo'limida bo‘ldi. U yerda “Zomin sifat” MCHJ quruvchilari tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Zamonaviy sharoitlarga ega 65 o‘ringa mo‘ljallangan shifoxonani qisqa muddatda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Hozirda obyektda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Ish hajmi yuqori bo‘lgan mazkur obyektda belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich bajarilmoqda.


Shahar hokimi pudratchi tashkilot vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, qurilish jarayonlarini jadallashtirish va sifatli amalga oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati