Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
🔴🟦🟦

Ayni paytda Nurafshon shahrida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

Fuqarolar uchun munosib sharoitlar yaratish, hududlarni obodonlashtirish va aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur ko‘rik-tanlovda shahar hokimi I. Klichxanov, Respublika ishchi guruhi a'zolari, O'zbekiston Mahallalar uyushmasi Nurafshon shahar bo'limi boshlig'i Zulfiya Maxsudova va bir guruh mehmonlar ishtirok etdi.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra:

• “Obod mahalla” yo‘nalishi bo‘yicha "Ma'rifat" mahalla fuqarolari yig‘ini 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

• “Obod ko‘cha” yo‘nalishi bo‘yicha "Sada" ko‘chasi eng obod ko‘cha deb topildi.

• “Obod xonadon” yo‘nalishi bo‘yicha "Qumariq" MFY da istiqomat qiluvchi Bahodir Islomov xonadoni g‘olib deb topilib, 1-o‘rin bilan taqdirlandi.


Tanlov g'oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1🔥1👏1
Forwarded from ХAVFSIZLIK 🇺🇿
Тошкент вилоятида қарийб 12,3 кг гиёҳвандлик воситалари ашёвий далил сифатида олинди

Республика миқёсида ўтказилаётган “Хавфсиз ва соғлом юрт” тезкор-профилактик тадбирлари доирасида Давлат хавфсизлик хизмати ва Ички ишлар органлари ҳамкорлигида Тошкент вилоятида гиёҳвандлик воситаларининг ноқонуний айланмасига чек қўйилди.

Хусусан, Зангиота туманилик, 1978 й.т. фуқаро А.А.нинг яшаш хонадонидан 5 кг ҳамда Қибрай туманида истиқомат қилувчи, 1974 й.т. Д.А.нинг уйидан эса 2 кг 326 гр. “Марихуана” гиёҳвандлик воситаси олинди.

Аниқланишича, ҳар икки қонунбузар ҳам наркотик моддани яшаш хонадонларида етиштириб, келгусида сотиш мақсадида сақлаб келишган.

Ҳозирда уларга нисбатан Жиноят Кодексининг 273-моддаси 5-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.


Бошқа ҳолатда эса Россия Федерациясидан олиб келинаётган гиёҳвандлик воситаси ДХХ ҳамда Божхона қўмитаси ходимлари сайъ-ҳаракати билан тўхтатиб қолинди.

Жумладан, Тошкент туманидаги “Навоий” чегара божхона постига Қозоғистондан кириб келган – Тошкент шаҳрида яшовчи, 1989 й.т. А.А. ҳамда Фарғона вилоятининг Боғдод туманида яшовчи, 1994 й.т. М.А.га тегишли 2 дона редуктор текширилганда, унинг ичида 4 кг 965 гр “Клефедрон” синтетик наркотик моддаси борлиги маълум бўлди.

Шунингдек, тезкор тадбир давом эттирилиб, Тошкент шаҳрида ушбу ажал оғусини қабул қилиб олган, уларнинг яна 3 нафар шериклари Э.Б., И.И. ва О.Ж.лар ҳам қўлга олинди.

Аниқланишича, наркотик модда турли мессенжерлар орқали гиёҳвандлик воситалари савдоси билан шуғулланувчи Россия Федерацияси фуқароси томонидан юборилган.

Ҳозирда мазкур шахсларга нисбатан Жиноят Кодексининг 246-моддаси 2-қисми ва 25,273-моддаси 5-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.


✈️Каналга аъзо бўлинг t.me/xavfsizlik_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#premyera

🎬 “Matonatli Maryam” filmi respublika bo‘ylab bir vaqtning o‘zida premyera qilindi.

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida tarixiy–badiiy “Matonatli Maryam” filmi bir vaqtning o‘zida tomoshabinlarga taqdim etildi. Film 1920-yillarda Germaniyaga o‘qishga yuborilgan, keyinchalik esa siyosiy qatag‘on qurboniga aylangan Maryam Sultonmurodovaning hayot yo‘li haqida hikoya qiladi.

Shu munosabat bilan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi tashabbusi bilan Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida ham filmning ochiq premyerasi tashkil etildi.

Tadbirda S. To‘xtayev boshchiligidagi viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari hamda Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi yoshlari ishtirok etdi.

Mazkur premyera yoshlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlash, ma’naviy dunyoqarashni boyitish hamda matonatli insonlar hayotidan ibrat olishga xizmat qildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1
#jarayon

Nurafshon shahridagi "Navro'z" mahallasi hududida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari jadal davom etmoqda.

Bugun shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida mutasaddi tashkilotlar vakillari mazkur hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, piyodalar yo‘lagi va yo‘l harakati ishtirokchilari uchun yaratilayotgan sharoitlar, xavfsizlik choralarining ko‘rilishi hamda infratuzilmani yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarning hozirgi holati o‘rganildi.


Shuningdek, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bir so'z bilan aytganda, mazkur ishlar natijasida mahallada yashovchi aholi va yo‘l harakati ishtirokchilari uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratilishi ko‘zda tutilgan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tafsilot
#sharh

Xabar qilganimizdek,  Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyatda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va galdagi muhim vazifalar yuzasidan  Murojaat qildi.

Unda Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida viloyat hududini kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylantirish hamda “Toshkent tajribasi”ni yaratish maqsad qilingan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#bildirish

⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumani elektr tarmoqlari ma’lum qiladi:

F. Haqiqat 6kV tarmog'ida joriy ta'mirlash — daraxt shoxlarini tozalash, osilgan simlarni tortish, singan izolyatorlarni almashtirish ishlari olib borilishi sababli elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi. 🔧🌿


🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 26-noyabr
soat 09:00 dan 16:00 gacha


Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: "Birlik", "Taraqqiyot", "Oppoq", "Chig'iriq" mahallalarida

🏘 O‘rta Сhirchiq tumani: "Mingtepa", "O'rtabuz", "Burgalik" mahallalarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.

🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati