Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
#jarayon

Shahar hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi


Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida yoshlar bilan individual uchrashuv tashkil etildi. Hududlarga tashrif buyurgan shahar hokimi o‘ziga biriktirilgan yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.

Uchrashuv davomida har bir yoshning ijtimoiy ahvoli, qiziqishlari, bandlik darajasi va duch kelayotgan muammolari atroflicha tahlil qilindi. Yoshlarga kasb-hunar o‘rganish, ish bilan ta’minlash va subsidiya to'lash tartibi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. “Nurafshon” va “Birlik” mahallalarida istiqomat qiluvchi jami 8 nafar yosh bilan o‘tkazilgan muloqotlarning davomi “Birlik” MFY binosida ham davom etdi.


Tadbirda shahar hokimi o'rinbosari Sh. Inomxonov, Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i B. Abduqodirovlar ishtirok etdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍42
#hokim_kubogi

Hokim kubogi uchun qur'a tashlandi


⚽️Nurafshon shahar hokimi kubogi uchun o'tkaziladigan an'anaviy musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra 19 ta jamoa 2 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun to'p suradilar. Har bir guruh g'olibi va eng yaxshi ikkinchi o'rin natijasini qayd etgan klub 1/2 final yo'llanmasini qo'lga kiritadi.


⚽️Ma'lumot o'rnida, 2025-yil 29-noyabr kuni Nurafshon shahar sport maktabi arenasida sportning mini futbol turi bo‘yicha tashkilot xodimlari o‘rtasida an’anaviy “Hokim kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Barcha sport ishqibozlarini musobaqaga taklif qilamiz. Yangi chempion kim bo‘lishini birga kuzatamiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
⚡️🟦🟦🟦

Kuz-qish mavusmi doirasida ishlar bajarilmoqda

Nurafshon shahar elektr ta'rmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan hududlarda elektr ta'minotini yaxshilash, yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish, eski yog'och ustunlarni temir-beton ustunlarga almashtirish, yuqori kuchlanishli tarmoqlarni sozlash va tarmoq tortish ishlari amalga oshirilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1