Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
#muhim

Mahallada kuz-qish mavsumi doirasida amaliy ishlar qilinmoqda


Nurafshon shahridagi mahallalarda hududning tozaligi va obodligini ta’minlash, aholiga qulayliklar yaratishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, kuz-qish mavsumi doirasida issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq amaliy harakatlar davom etmoqda. Jumladan, “Taraqqiyot” mahallasida ham tarmoqni issiqlik manbai bilan bog'lash va aholi xonadonlariga barqaror va sifatli issiqlik yetkazib berilishini ta’minlash yo'lida tarmoqlar zamonaviy texnologiyalar asosida yangilanib, muammoli nuqtalarda payvandlash ishlari ketmoqda.


Shuningdek, mahalla hududida obodonlashtirish ishlari ham izchil olib borilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#muhim

Ma’lumki, probatsiya tizimi jinoyat sodir etgan shaxslarning to‘g‘ri yo‘lga tushishi, qayta jinoyat yo‘liga kirmasligi uchun barcha choralarni ko‘radi.

Kuni kecha Nurafshon shahar IIB huzuridagi Probatsiya guruhi hisobida turuvchi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazo muddatini o'tayotgan nazoratdagi fuqarolar uchun uchrashuv tashkil etildi. Unda shahar IIB boshlig'i, podpolkovnik A. Yuldashev so'z olib, muqaddam sudlanganlar o‘rtasida qayta huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilmasligiga erishish, jazo muddatini o‘tash davrida bo‘yin tovlamaslik, mehnatga halol va vijdonan yondoshgan holda belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish lozimligi, qolaversa, oilaviy munosabatlarda turli ijtimoiy kelishmovchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik xususida alohida ta'kidladi.


Maqsad esa mazkur shaxslarning ijtimoiy moslashuviga, o‘qish va ishga joylashishiga hamda ularga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatilishiga ko‘maklashishdir.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#jarayon

5 tashabbus doirasida musobaqa tashkil etildi


Nurafshon shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezidentimiz ilgari surgan 5 muhim tashabbus doirasida yoshlar o‘rtasida sportning mini futbol turidan musobaqa tashkil etildi.

Mazkur tadbir maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sportga jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Musobaqada sinflar o‘rtasida tuzilgan bir nechta jamoalar qatnashdi.


Shu kuni ishtirokchilar o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishlari, chaqqonligi va jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini namoyon qildilar. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi va kelgusida bunday sport musobaqalari doimiy ravishda o‘tkazilishi rejalashtirildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#muhim

Nurafshon shahrida oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta'minlash bo'yicha o‘rganish o‘tkazildi


Joriy yilning 28-noyabr kuni Toshkent viloyati prokurori A. Mirzayev, shahar prokurori
T. Karimov, shuningdek, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari
A. Eshbayevlar ishtirokida Dehqon bozori faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida bozorda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash, bozorlarda raqamlashtirish jarayonlari, savdo rastalarining sanitariya-gigiyena talablari asosida tashkil etilishi va ularning amaldagi holati chuqur tahlil qilindi. Xususan, arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan savdo rastalarining joriy holati ko'zdan kechirildi.


Tadbir davomida bozor ma’muriyati va tegishli mas’ullarga bozor faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, narx-navo oshib ketishining oldini olish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#dolzarb

Har bir ma’lumot — taraqqiyot uchun xizmat qiladi!


Savol: Kasalxonalarda davolanayotgan odamlar qanday tartibda ro‘yxatga olinadi?

Javob: Shifoxonada vaqtincha davolanayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning oila a’zolari tomonidan taqdim etiladi. Tibbiyot muassasasida doimiy ravishda yashaydigan shaxslar haqidagi ma’lumotlar esa shifoxona ma’muriyati tomonidan kiritiladi.

👉Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlari e'tibor markazida.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#muhim

"Mikrokreditbank" ATB mutasaddilari va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi

Bugun Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari A. Mustafoyev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda professional ta’lim va maktab bitiruvchilari, band bo‘lmagan fuqarolar, yoshlar yetakchilari va bank xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, "Mikrokreditbank" tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar va yangi loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, taklif va muammolarini bayon etishdi.

A. Mustafoyev yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, startap loyihalarni moliyalashtirish, kredit olish tartibi va shartlari haqida to‘liq tushuntirish berdi.

Uchrashuvni Nurafshon shahri hokimining o‘rinbosari Sh. Inomxonov olib bordi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍41🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Bugun Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari A. Mustafoyev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

👉Bu haqida batafsil yuqoridagi videorolik orqali tanishasiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍3🔥1👏1
#e'lon

Nurafshon shahrida sportning mini futbol turi boʻyicha oʻtkaziladigan "Shahar hokimi kubogi"ga marhamat
!

⚽️Avval xabar berganimizdek, 2025-yil 29-noyabr kuni Nurafshon shahar sport maktabi arenasida sportning mini futbol turi bo‘yicha tashkilot xodimlari o‘rtasida an’anaviy “Hokim kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning asosiy maqsadi — tashkilotlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida jamoaviylik ruhini oshirishdan iborat.


⚽️Ma'lumot uchun 19 ta jamoa 2 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun to'p suradilar. Har bir guruh g'olibi va eng yaxshi ikkinchi o'rin natijasini qayd etgan klub 1/2 final yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Barcha sport ishqibozlarini musobaqaga taklif qilamiz. Yangi chempion kim bo‘lishini birga kuzatamiz!

Qoʻshimcha ma'lumotlar uchun tel.: +998770140411

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3
Nurafshon shahrida mini futbol bo‘yicha “Shahar hokimi kubogi” musobaqasiga start berildi

⚽️Bugun Nurafshon shahridagi sport maktabi arenasida mini futbol bo‘yicha tashkilot xodimlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Shahar hokimi kubogi” musobaqasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Nurafshon shahar hokimligi va sport sohasining mas’ul rahbarlari barcha ishtirokchi jamoalarga muvaffaqiyat tiladilar. Mazkur musobaqa zamonaviy sharoitlarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida do‘stona muhit va jamoaviylikni mustahkamlash borasida muhim ahamiyat kasb etadi.


⚽️Joriy yilgi musobaqada 19 ta jamoa ishtirok etmoqda. Musobaqaga rasmiy start berildi va uchrashuvlar yuqori saviyada bo'lib o'tmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1