Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#jarayon

Mini futbol bo‘yicha “Shahar hokimi kubogi” jarayonlari


⚽️Musobaqa davomida erishilgan natijalar, har bir gol va muvaffaqiyatli harakatlar hech kimni befarq qoldirmadi. Jamoalar o‘zaro sog‘lom raqobat va hamjihatlik muhitida bellashuvlarni davom ettirmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

Birga ro‘yxatdan o‘tamiz – birga kelajakni quramiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
#taqdirlash

“Shahar hokimi kubogi” musobaqasi g‘oliblari tantanali taqdirlandi


⚽️Mini futbol bo‘yicha Nurafshon “Shahar hokimi kubogi” musobaqasining final bahsi barcha ishtirokchilar uchun haqiqiy bayramga aylandi. Final uchrashuvida "Hokimiyat" va "Elektr tarmoqlari" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda "Hokimiyat" jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. 3-o‘rin esa ajoyib o‘yin ko‘rsatgan "Sport maktabi" jamoasiga nasib etdi.

⚽️Musobaqa yakunida taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, g‘olib va sovrindor jamoalarni diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Tadbirda barcha futbol ixlosmandlarining musobaqadagi faolliklari, fidoyiligi va sportga bo‘lgan muhabbati yaqqol sezilib turdi. Bunday ushrashuvlar nafaqat sport yutuqlari, balki do‘stlik va ahillik ramziga aylangani bilan ahamiyatlidir.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍54
Toshkent viloyatida atmosfera havosi tozaligi bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

Bosh prokuror o‘rinbosari I. Adhamov, Toshkent viloyati prokurori A. Mirzayev ishtirokida atmosfera havosi ifloslanish darajasini kamaytirish, ifloslantiruvchi moddalarning belgilangan me’yordan ortib ketish sabablarini o‘rganish, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan keskin chora ko‘rish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyatdagi ekologik xavfsizlik holati atroflicha tahlil qilinib, ayrim tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan talablarga rioya etilmayotgani, ayniqsa, issiqxona va sanoat ob’yektlarida chiqindilarning nazoratsiz yoqilishi havo ifloslanishiga jiddiy ta’sir qilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Masalalarni tizimli hal etish maqsadida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi, FVV, Milliy gvardiya, Departament xodimlaridan iborat ishchi guruhlar berilgan bo‘lib, ular tomonidan kunu-kundan nazorat reydlari olib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari jarayonida faoliyat yuritayotgan issiqxona egalariga ekologik talablarga qat’iy rioya qilish, chang-gazni tozalash uskunalarini o‘rnatish, rezina va boshqa turdagi chiqindilarni yoqilg‘i sifatida ishlatmaslik haqida qat’iy ogohlantirishlar berildi.

Havao tozaligini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM