Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Toshkent viloyatida atmosfera havosi tozaligi bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

Bosh prokuror o‘rinbosari I. Adhamov, Toshkent viloyati prokurori A. Mirzayev ishtirokida atmosfera havosi ifloslanish darajasini kamaytirish, ifloslantiruvchi moddalarning belgilangan me’yordan ortib ketish sabablarini o‘rganish, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan keskin chora ko‘rish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyatdagi ekologik xavfsizlik holati atroflicha tahlil qilinib, ayrim tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan talablarga rioya etilmayotgani, ayniqsa, issiqxona va sanoat ob’yektlarida chiqindilarning nazoratsiz yoqilishi havo ifloslanishiga jiddiy ta’sir qilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Masalalarni tizimli hal etish maqsadida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi, FVV, Milliy gvardiya, Departament xodimlaridan iborat ishchi guruhlar berilgan bo‘lib, ular tomonidan kunu-kundan nazorat reydlari olib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari jarayonida faoliyat yuritayotgan issiqxona egalariga ekologik talablarga qat’iy rioya qilish, chang-gazni tozalash uskunalarini o‘rnatish, rezina va boshqa turdagi chiqindilarni yoqilg‘i sifatida ishlatmaslik haqida qat’iy ogohlantirishlar berildi.

Havao tozaligini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yashil makon loyihasi amalda

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan joylarda reja asosida bunyodkorlik va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunda soha xodimlari belgilangan hududlarda daraxt va gul ko‘chatlari ekish, yashil hududlarni parvarishlash, yo‘lak va piyodalar yo‘llarini tozalash, jamoat joylarida obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31
#sport

⚽️Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 4 - umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sportning mini-futbol turi bo‘yicha 1–4, 5–6 va 7–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida hududlar kesimida musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa jarayonlari murosasiz va keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi.

Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra:

1–4-sinflar o‘rtasida 1-o‘rin 4-maktab jamoasiga,
5–6-sinflar o‘rtasida 1-o‘rin 32-maktab jamoasiga,
7–8-sinflar o‘rtasida esa 1-o‘rin yana 4-maktab jamoasiga nasib etdi.


G‘olib jamoalar shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Musobaqada barcha jamoalar faol ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyon qildilar.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
5
#muhim

Nurafshon shahridagi mahalalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Shahar Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr tarmoqlari va transformator punktlarida profilaktik ta’mirlash, mavjud avariyaviy holatlarning oldini olish, yuqori va past kuchlanishli simyog‘ochlar, podstansiyalar va boshqa jihozlarni yangilash ishlari davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
#muhm

📚KELAJAK SOATI


Ma'lumki, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi bilan haftaning har dushanba kuni ta'lim muassasalarida "Kelajak soati" darslari o'tkazilmoqda. Bugungi darslar "Mening  huquqlarim" mavzusi doirasida tashkil etildi.

Nurafshon shahridagi 4-umumta'lim maktabida "Kelajak soati" darslari yuqori saviyada bo'lib o'tdi.

O‘quvchilar dars davomida huquq va majburyatlarini bilish - insonning o‘zini anglash, jamiyatda munosib o‘rin egallashi va Vatan oldidagi burchini ado etishida muhim omil ekanini bilib olishdi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4
#OGOHLANTIRISH

Qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish boʻyicha talablar kuchaytirildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-sonli qarorida qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan samarali foydalangan holda mahsulot yetishtirish hajmini oshirishga oid muhim vazifalar belgilab berilgan.

Ushbu qarorga muvofiq, dala chetlari, kanallar va kollektor-drenaj tizimlari atrofidagi boʻsh maydonlar, aholi tomorqalari hamda koʻp qavatli uylar oldidagi yerlardan unumli foydalanish orqali yurtning eksport imkoniyatlarini oshirish koʻzda tutilgan.

Qarorda belgilangan asosiy talablar:

🔹 “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq barcha davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlar va fuqarolar belgilangan tartiblarga amal qilishlari shart.

🔹 Karantindagi mahsulotlarni ruxsatnomasiz qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

🔹 Dala chetlaridan samarali foydalanib mahsulot yetishtiruvchilarga
ichki fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul rasmiylashtirib beriladi.

🔹 Har yili 1 aprelga qadar dala chetlariga ekin ekish va yil davomida mahsulot yetishtirish talab etiladi.

Talablar bajarilmagan taqdirda qoʻllaniladigan choralar:

❗️ 1 aprelga qadar ekin ekish va mahsulot yetishtirish amalga oshirilmasa (fors-major holatlardan tashqari):
• fermerga tegishli barcha qishloq xoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻi stavkalari uch barobar qilib hisoblanadi;
• davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratiladigan kreditlar toʻxtatiladi;
• dala chetlarini ikkilamchi ijaraga olganlarga tuman ishchi guruhi xulosasiga koʻra BHMning 10 baravarigacha jarima qoʻllaniladi;
• doimiy foydalanish uchun berilgan yerlar bir yil davomida samarasiz holda qolgan taqdirda, ularni qayta koʻrib chiqish boʻyicha tegishli idoralarga taqdimnoma kiritiladi;
• qonunchilikka muvofiq maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin.


Xulosa

Qishloq xoʻjaligi maydonlaridan oqilona foydalanish – umummilliy manfaatdir. Yerdan samarali foydalanish eksportni oshiradi, iqtisodiyotga hissa qoʻshadi va eng muhimi, yurtning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaydi.

Shu bois, barcha fermer va yer egalari belgilangan tartiblarga qatʼiy rioya qilishlari lozimligi yana bir bor eslatiladi.
2