Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#OGOHLANTIRISH

Qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish boʻyicha talablar kuchaytirildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-sonli qarorida qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan samarali foydalangan holda mahsulot yetishtirish hajmini oshirishga oid muhim vazifalar belgilab berilgan.

Ushbu qarorga muvofiq, dala chetlari, kanallar va kollektor-drenaj tizimlari atrofidagi boʻsh maydonlar, aholi tomorqalari hamda koʻp qavatli uylar oldidagi yerlardan unumli foydalanish orqali yurtning eksport imkoniyatlarini oshirish koʻzda tutilgan.

Qarorda belgilangan asosiy talablar:

🔹 “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq barcha davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlar va fuqarolar belgilangan tartiblarga amal qilishlari shart.

🔹 Karantindagi mahsulotlarni ruxsatnomasiz qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

🔹 Dala chetlaridan samarali foydalanib mahsulot yetishtiruvchilarga
ichki fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul rasmiylashtirib beriladi.

🔹 Har yili 1 aprelga qadar dala chetlariga ekin ekish va yil davomida mahsulot yetishtirish talab etiladi.

Talablar bajarilmagan taqdirda qoʻllaniladigan choralar:

❗️ 1 aprelga qadar ekin ekish va mahsulot yetishtirish amalga oshirilmasa (fors-major holatlardan tashqari):
• fermerga tegishli barcha qishloq xoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻi stavkalari uch barobar qilib hisoblanadi;
• davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratiladigan kreditlar toʻxtatiladi;
• dala chetlarini ikkilamchi ijaraga olganlarga tuman ishchi guruhi xulosasiga koʻra BHMning 10 baravarigacha jarima qoʻllaniladi;
• doimiy foydalanish uchun berilgan yerlar bir yil davomida samarasiz holda qolgan taqdirda, ularni qayta koʻrib chiqish boʻyicha tegishli idoralarga taqdimnoma kiritiladi;
• qonunchilikka muvofiq maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin.


Xulosa

Qishloq xoʻjaligi maydonlaridan oqilona foydalanish – umummilliy manfaatdir. Yerdan samarali foydalanish eksportni oshiradi, iqtisodiyotga hissa qoʻshadi va eng muhimi, yurtning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaydi.

Shu bois, barcha fermer va yer egalari belgilangan tartiblarga qatʼiy rioya qilishlari lozimligi yana bir bor eslatiladi.
2