#ofarin
Sportchilarimiz musobaqada yetakchilar qatorida
“Prezident Olimpiadasi” sport musobaqasi davom etmoqda. E’tiborli jihati shundaki, viloyatimiz sportchilari g‘alabaga bo‘lgan qat’iyati, mahorati va yuksak ruhiy tayyorgarligi bilan yuqori natijalarni qayd etishmoqda.
Shunday qilib, qo‘lga kiritilgan medallar yig‘indisi bo‘yicha Toshkent viloyati umumjamoa hisobida 2-o‘rinda bormoqda.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🥇Xususan, og‘ir atletika yo‘nalishida +102 kg vazn toifasida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda viloyatimiz polvoni Xasanboy Xolmuratov barcha raqiblaridan ustun kelib, munosib ravishda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
🥇Shuningdek, taekvondo WT yo‘nalishida 59 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jasur Karimov va +68 kgda Asrorova Sitoralar yuqori mahorat, tezlik va jangovar ruhini namoyon etib, o‘z raqiblari orasida tengsizligini isbotlashdi hamda faxrli birinchi o‘rinni egalladi.