Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#targ'ibot

Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati

👉O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahridagi mahallalarda “Konstitutsiya – huquqiy davlat kafolati” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo'lib o'tmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri “Qumariq” mahallasida tashkil etildi. Tadbirda shahar hokimligi bosh yuriskonsulti A. Muqimov ishtirok etib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va Konstitutsiyaning ahamiyati hamda huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi islohotlar haqida tushuntirishlar berdi.


Mazkur tadbir aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha PQ–1 qarori ijrosiga bag'ishlangan tadbirlar

Joriy yil 3-yanvar kuni qabul qilingan PQ‑1‑sonli qarorining ijrosi bo‘yicha bugun Nurafshon shahar prokuraturasi binosida tahliliy-tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

👉Shahar hokimi I. Klichxanov, prokuror T. Karimov va IIB boshlig‘i A. Yuldashev
lar boshchiligida o'tgan yig'ilishda:
- qarorning mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha asosiy yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqildi;
- jamoat tartibini saqlash, mahalla faollarining, ijtimoiy tashkilotlarning va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash orqali jami mas’uliyatni kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi;
- profilaktika, monitoring va tezkor choralar tizimi — mahalla, huquq-tartibot organlari va jamoat strukturalari o‘rtasida hamohanglikda amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2
#bildirish

⚡️ Ayni paytda elektr ta’minotida vaqtinchalik roʻy bergan  uzilishlar soat 18:00 gacha bartaraf etiladi

Nurafshon shahar elektr tarmoqlari korxonasi  ma’lum qiladi:

Nurafshon shahriga kirib keluvchi  shahar elektr tarmog'i tasarrufida boʻlmagan hozirda ''Milliy elektr tarmoqlari''ga qarashli boʻlgan L-KD 110kV kuchlanishli liniyasida  avariyaviy holat ta'mirlanmoqda.


🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 2-dekabr
soat 18:00 gacha


Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri:
Navroʻz MFY
Obod Turmush MFY
Muqumiy MFY
Qumariq MFY
Evalak MFY
Toʻytepa MFY
Dehqonobod MFY
Oybek MFY
Ma'rifat MFY
Yangiobod MFY
Taraqqiyot MFY
Birlik MFY
Yuksalish MFY
Oppoq MFY
Obod mahallalarida  elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.

🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#targʻibot

Nurafshon shahar Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Nurafshon shahar 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2
Konstitutsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining huquqiy poydevori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida qator ma’rifiy va huquqiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu jumladan, 9-umumta’lim maktabida “Konstitutsiya – huquqiy davlat kafolati” mavzusida o‘quvchilar va pedagoglar ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda shahar hokimligi bosh yuriskonsulti A. Muqimov, Fuqarolik ishlari bo'yicha O'rtachirchiq tumanlararo sudi sudyasi A. Yuldashevlar ishtirok etib, Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdagi roli haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, o‘quvchilarga konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar yetkazildi.


"Korrupsiyaga qarshi kurashish - davr talabi", "Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” kabi mavzularda ham ochiq muloqotlar tashkil qilindi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1