Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#futbol

⚽️Ayni paytda Jizzax futbol maktabi maydonida "Nurafshon" - "Uchquduq" jamoalarining bahsi bo'lib o'tmoqda. Biz esa sevimli jamoamizga zafarli yutuqlar tilaymiz.

👟O'yinni onlayn kuzatib borish uchun havola.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21
#festival

“Boychechak” raqs jamoasi xalqaro festivalda Gran-priga munosib ko'rildi


Nurafshon shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida "Boychechak” raqs jamoasi faoliyat yuritmoqda. Jamoa rahbari — tajribali ustoz Gulbahor Bektashevadir. Hozirda ushbu jamoaga 60 nafar iqtidorli o‘quvchi jalb qilingan.

“Boychechak” raqs jamoasining 15 nafar a’lochi qizlari Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida joriy yil 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan xalqaro raqs festivalida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.


Natijalar:
1 ta SUPER GRAN-PRI
1 ta VIP GRAN-PRI
2 ta GRAN-PRI
🥇 3 ta 1-o‘rin

Mazkur muvaffaqiyat — Gulbahor Bektasheva rahbarligidagi “Boychechak” raqs jamoasining tinimsiz mehnati va ijodiy izlanishlarining yorqin natijasidir.
“Boychechak” raqs jamoasini va ularning ustozini ushbu katta yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥32
#xushxabar

"Nurafshon" "Uchquduq" jamoasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi!


🏆 Bugun Jizzax viloyatida futbol bayrami! Toshkent viloyatining faxri – “Nurafshon” jamoasi yana bir bor o‘z kuchini namoyon etdi. Avval “Yaypan” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozongan jamoamiz bugungi bahsda ham “Uchquduq”ni 5:0 yirik hisobda mag‘lub etdi!

🔥 G‘alabamiz – fidoyilik va jamoaviy harakat natijasi! Endi "Nurafshon" guruh bosqichida birinchilardan bo‘lib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

👏 Barcha futbolchilarimizni va sadoqatli muxlislarimizni ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Oldinda hali eng asosiy o'yinlar. Ishonamiz, “Nurafshon” hali ko‘plab g‘alabalar bilan barchamizni quvontiradi!

Omad doimo biz bilan bo‘lsin!

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍73
#konstitutsiya

Konstitutsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini ta’minlovchi huquqiy asos.


Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan aholini huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi uchrashuv "Navro‘z" mahallasi binosida bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida shahar prokurori yordamchisi S. Zafarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni batafsil tushuntirildi.

Uchrashuv davomida asosiy qonunimizda mustahkamlab qo‘yilgan fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, ularning majburiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Konstitutsiyaga kiritilgan yangiliklar, islohotlar va ular orqali aholi uchun yaratilgan qulayliklar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.


Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tdi va aholining barcha savollariga atroflicha javoblar berildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬 #brifing

1-dekabr kunidan Respublikamizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" boshlandi. Shu munosabat bilan "Yong'in xavfsizligi oyligi"da amalga oshiriladigan ishlar hamda kuz-qish mavsumida yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i o'rinbosari, kapitan Zafar Turopov ishtirokida BRIFING


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#konstitutsiya

Konstitutsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining huquqiy poydevori


Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Nurafshon shahar “Muqimiy” MFYdagi 1-sonli umumta'lim maktabida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri bo'lib o'tdi, tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Joylarda bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👎1
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun Nurafshon shahar “To'ytepa” mahalla fuqarolar yig‘inida Bosh qomusimizning 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Nurafshon shahar IIB boshlig'i o'rinbosari Sh. Tillavov so'zga chiqib, fuqarolarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan inson huquqlari va erkinliklari, shuningdek, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi ro'li haqida atroflicha tushuntirishlar berdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mutaxassislar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📊 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — barchamiz uchun muhim jarayon.

🎥 Qanday onlayn ro‘yxatdan o‘tishni bilmoqchimisiz?

👉Unda ushbu videoni ko‘ring🎥

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Hurmatli fuqarolar!

Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumida aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz!

🔻 Agarda xonadoningiz yoki mahallangizda kommunal sohalarda muammolar yoki favqulodda avariya holatlari yuzaga kelsa, zudlik bilan shtab a’zolariga xabar berishingizni so’raymiz.

📌 Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun tezkor shtab tarkibi va telefon raqamlari:

🔹 Shtab rahbari – Nurafshon shahar hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari
Farhod Shomurodov
;
☎️ Tel.: (55) 903-21-58
📱 Tel.: (90) 022-01-03

🔸 Shtab rahbari o’rinbosari – Nurafshon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shohrux Inomxonov;
📱 Tel.: (99) 849-15-14

🔹 Shtab kotibi – Nurafshon shahar hokimligi bosh mutaxasissi
Ergashev Doston
;
📱 Tel.: (97) 460-62-51
☎️ Tel.: (55) 903-21-58

🔥Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo’limi boshlig’i Laziz Karimov;
📱 Tel.: (90) 336-71-12
☎️ Tel.: (99) 004-81-04 (dispetcher)

⚡️ Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig’i Anvar Urazaliyev;
📱 Tel.: (98) 001-10-40.
☎️ Tel.: (95) 195-14-67.
(95) 195-14-60 (dispetcher)

🚰 Nurafshon shahar Suv ta’minot bo’limi boshlig’i Mirvohid Xoliqov;
📱 Tel.: (90) 112-40-60.
☎️ Tel.: (71) 76-26-371 (dispetcher)

🚒 Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Xalilov Maqsud;

📱 Tel.: (90) 916-34-40.
☎️ Tel.: (70) -202-20-21:
(70) 76-26-101:
101: 1050 (dispetcher)

♻️ Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i Azizxodjayev Saidburxon;
📱 Tel.: (93) 444-83-81.
☎️ Tel.: (70) 76-25-359 (dispetcher)

📐 Davlat kadastr palatasi Nurafshon shahar filiali boshlig’i Shuxrat Shukurxonov;
📱 Tel.: (90) 906-91-81.

☎️ Shahar Telekommunikasiya bog’lanmasi;
📱 Tel.: (99) 007-14-94
☎️ Tel.: (70) 76-27-008
(70) 76-27-006 (dispetcher)

🏗 Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo’limi Sirojiddin Yusupov;
📱 Tel.: (98) 999-95-51, (94) 424-58-51.


🏗Bekzod-Servis 777 MCHJ. Bekzod Karimov;
📱Tel.:90-023-03-70.
(dispetcher) 90-038-77-12.

🏗To‘ytepa Yuksak Servis MCHJ. Jalol Donayev;
📱Tel.: 99-890-49-47.
(dispetcher) 77-073-10-55.

🏗Yangiobod Aholiga Xizmat MCHJ. Ixtiyor Rahimov;
📱Tel.: 99-123-61-61.
(dispetcher) 90-480-68-82.

🛣 O'rta Chirchiq tumani Yo’llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Rasul To'xtasinov;
📱 Tel.: (98) 000-11-77,
(90) 128-64-41.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3
Tibbiy xizmatni yanada yaxshilash uchun zamonaviy oilaviy poliklinika qurilmoqda

Nurafshon shahrining "Nurafshon" mahallasida zamonaviy oilaviy poliklinika qurilishi jadallik bilan davom etmoqda. 250 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu tibbiyot maskani zamonaviy talablarga mos va aholiga barcha qulayliklarni ta’minlash maqsadida qad ko'tarmoqda. Shahar hokimi Ilxom Klichxanov qurilish hududiga tashrif buyurib, har bir uchastkada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, mas’ullar bilan muloqot qilgan holda mavjud muammolarni o‘rgandi, zarur topshiriqlar berdi.

"Bizning asosiy maqsadimiz — yurtdoshlarimizga zamonaviy va qulay tibbiyot muassasasini taqdim etish, xalqimizning sifatli tibbiy xizmatdan bemalol foydalanishini ta’minlashdir", — dedi Ilxom Klichxanov.


Hozirda bu yerda "Suv bino ta'mir" MCHJ quruvchilari yuqori mas’uliyat va professionallik bilan ish olib borishmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍32👎1