Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#sayyor_qabul

🗓04.12.2025.

🟢Xalq qabulxonasi binosida Nurafshon shahar hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi

Aholining murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu ochiq muloqotda shahar hokimi, Respublika ishchi guruhi a'zolari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi A. Abdijamilov va tegishli soha rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda ishtirok etgan 14 nafar fuqaro tomonidan  sog'liqni saqlash, kommunal, uy-joy, moddiy yordam olish, tadbirkorlik, qurilish hamda ishga joylashish kabi jami 17 ta masalalar boʻyicha murojaatlar bildirildi. Shundan 6 tasi joyida hal etildi. Qolganlari esa nazoratga olinib, tegishliligi bo'yicha mas'ullarga yo'naltirildi.

Qabul davomida shahar hokimi tomonidan murojaatlar diqqat bilan tinglandi. Har bir masala yuzasidan aniq choralar belgilandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2
#targʻibot

Konstitutsiya – adolatli jamiyat poydevori

👉 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrining “Birlik” mahallasida ham huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda shahar hokimligi bosh yuriskonsulti A. Muqimov ishtirok etdi. U fuqarolar bilan suhbatlashib, asosiy qonunning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar yo‘lidagi muhim qadamlar haqida batafsil ma’lumot berdi.


Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, Konstitutsiyaviy bilimlarini yanada boyitishdi. Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuv "Hurriyat" mahallasida o‘tkazildi

Nurafshon shahar prokuraturasi aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot uchrashuvini "Hurriyat" mahallasida amalga oshirdi.

Tadbirga Nurafshon shahar prokuror yordamchisi S. Zafarov boshchilik qildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan asosiy huquq va erkinliklar, ularning kafolatlari, shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro mas’uliyat tamoyillari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson qadri ustuvorligi, oila va bolalarni himoya qilish, ijtimoiy davlat prinsiplari, fuqarolar murojaatiga tezkor va adolatli munosabat kabi qator muhim normalar mustahkamlangani haqida keng ma’lumotlar taqdim etildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#targʻibot

Konstitutsiya – adolatli jamiyat poydevori

👉 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrining “Obod turmush” mahallasida ham huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda fuqorolik ishlari boʼyicha Oʼrta Chirchiq tumanlararo sudi sudiyasi A.Yuldashev ishtirok etdi. U fuqarolar bilan suhbatlashib, asosiy qonunning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar yo‘lidagi muhim qadamlar haqida batafsil ma’lumot berdi.


Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, Konstitutsiyaviy bilimlarini yanada boyitishdi. Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

FVV ogohlantiradi: Is gazi hayot uchun xavfli!


Ushbu videoda Sizni va yaqinlaringizni is gazidan zaharlanishni oldini olishga yordam beradigan asosiy tavsiyalar bayon etilgan.

👉Nurafshon shahar FVB ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati