Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#jarayon

Nurafshon shahri hokimi “Navro‘z” mahallasidagi yangilanishlarni ko‘zdan kechirdi


Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov “Navro‘z” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Hududga tashrif davomida shahar hokimi yo‘l va infratuzilma obyektlarining ta’miri, asosiy qatnov yo‘liga asfalt yotqizish, mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Qurilish ishlarining sifat darajasi hamda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi alohida e’tiborga olindi.

Shuningdek, Ilxom Klichxanov hududni piyoda kezib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


Mazkur ishlar natijasida “Navro‘z” mahallasi aholisi uchun zamonaviy va qulay infratuzilma yaratilishi ko‘zda tutilgan.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi keng nishonlanmoqda. Davlatimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori bo‘lib kelayotgan – Konstitutsiya har bir kishining erkin va osoyishta hayot kechirishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda inson huquq va erkinliklarini kafolatlash garovidir.
Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni mazkur qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi


✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan davra suhbati


8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Nurafshon shahar “Nuroniy” jamg‘armasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamda shahar “Buvijonlar maktabi” faollari hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbir davomida “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Jo'ra Axmedqulov Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi asosiy g‘oyalar va ayniqsa nuroniylarga, keksalar huquqlarini himoya qilishga oid moddalarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. U keksalar oila, jamiyat va davlat e’tiborida ekanini, Konstitutsiyada ularning huquqiy kafolatlari aniq belgilab qo‘yilganini ta’kidlab o‘tdi.

Davra suhbati jarayonida ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, faol muloqotda bo‘lishdi.


✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#xushxabar

"Nurafshon" "QDU" jamoasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi!


🏆 Jizzax viloyatida futbol bayrami! Toshkent viloyatining faxri – “Nurafshon” jamoasi yana bir bor o‘z kuchini namoyon etdi. Avval “Yaypan” ustidan 3:2 hisobida ga'alaba qozongan jamoamiz “Uchquduq”ni 5:0 hisobida yutgan bo'lsa, navbatdagi bahsda ham “QDU”ni 4:2 yirik hisobda mag‘lub etdi!

Endi jamoamiz 1/2 final bosqichiga yo‘l oldi. Bu bosqich ancha qiziq va oson bo‘lmasligi aniq, ammo jamoamizning jipslik va g‘alabaga bo‘lgan ishonchi kuchli!

🔥 G‘alabamiz – fidoyilik va jamoaviy harakat natijasi!

👏 Barcha futbolchilarimizni va sadoqatli muxlislarimizni ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Oldinda hali eng asosiy o'yinlar. Ishonamiz, “Nurafshon” hali ko‘plab g‘alabalar bilan barchamizni quvontiradi!

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
‼️Maktablarda maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovga arizalar tanlov.uzedu.uz orqal qabul qilinmoqda.

Jarayon ikki bosqich (test va suhbat) dan iborat.

Mazkur bosqichdan o‘tganlar maslahatchi lovozimida ish boshlashi mumkin.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

👉 5-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
“1-LIGA O’TISH TURNIRI”
Jizzax - 2025

Chorak final 1/4 “Nurafshon” - “QDU” 4:2 uchrashuvidan fotolavhalar.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2