Xushxabar: Toshkent viloyatining “Nurafshon” jamoasi finalga yoʻllanma oldi
🏆Jizzax viloyatida oʻtkazilayotgan futbol musobaqasi doirasidagi yarim final uchrashuvida Toshkent viloyatining faxri – “Nurafshon” jamoasi “TerDU” (Termiz davlat universiteti) jamoasini 3:2 hisobida magʻlub etib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Uchrashuv davomida “Nurafshon” futbolchilari yuqori darajadagi jamoaviy oʻyin, intizom va fidoyilik namunasini ko‘rsatishdi. Nurafshonliklar so‘nggi daqiqalargacha ustunlikni saqlab qoldi va muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi. Endi “Nurafshon” chempionlik uchun asosiy da’vogar sifatida maydonga chiqadi.
👏 Uzluksiz mehnat, professional yondashuv va sadoqatli muxlislar koʻmagida erishilgan ushbu natija bilan barcha futbolchilarimizni va murabbiylar shtabini samimiy tabriklaymiz! “Nurafshon” jamoasiga final uchrashuvida ham yuqori darajadagi oʻyin koʻrsatib, gʻalaba qozonishlarida omad tilaymiz.
✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

👏1
#jarayon
⚽️“1-LIGA O‘TISH TURNIRI”
Jizzax – 2025
⚽️ Yarim final uchrashuvi:
“Nurafshon” va “TerDU” jamoalari o‘rtasidagi bahs 3:2 hisobida yakunlandi. Ushbu o‘yinda kiritilgan gollar namoyishi taqdim etildi.

👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Navroʻz” mahallasida yangi 8 qavatli, 56 xonadondan iborat zamonaviy turar-joy majmuasi foydalanishga topshirildi. Ushbu uylar “Elit Haus stroy” MCHJ tomonidan qurilgan bo‘lib, har bir xonadonlar zamonaviy va qulay sharoitlarga ega.
✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2👏1
#intervyu
⚽️“1-LIGA O‘TISH TURNIRI”
Jizzax – 2025
⚽️ Yarim final uchrashuvi:
“Nurafshon” va “TerDU” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, “Nurafshon” jamoasining o‘ynovchi murabbiyi Shohjahon Ergashev va jamoa futbolchisi Bunyodjon Rahmonjonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

👍4👏4❤2
#Bayram_tabrigi
Hurmatli yurtdoshlar!
✅Sizlarni mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovon hayotining poydevori bo‘lgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 33 yilligi bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman.
✅Bosh qomusimiz bizga erkin va munosib hayot, adolat va taraqqiyot sari keng yo‘l ochib berdi. Ushbu muhim sana yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, barqarorlik va osoyishtalikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonimiz yangi yutuqlar sari harakat qilayotgan bir paytda, har birimiz mamlakat ravnaqi va taraqqiyoti uchun astoydil mehnat qilishimiz muhimdir.
✅Bayram munosabati bilan Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog‘lik, baxt, totuvlik va farovonlik tilayman. Hayotingizda doimo tinchlik va baraka, oilalaringizda esa fayz va xotirjamlik hamroh bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Ilxom Klichxanov
Nurafshon shahri hokimi

❤1👍1👏1
#live
⚽️“1-LIGA O‘TISH TURNIRI” finali davom etmoqda
⚽️Nurafshon shahrining “Nurafshon” jamoasi finalda Namangan viloyatining “Barkamol” jamoasiga qarshi maydonga tushgan. Raqiblar ham ancha shiddatli va murosasiz o‘yin namoyish etmoqda. Futbol ishqibozlari diqqat bilan kuzatayotgan final uchrashuvida Shohjahon Ergashev boshchiligidagi “Nurafshon” jamoasi o‘yinning 72-daqiqasida raqiblari ustidan 2:0 hisobida oldinda bormoqda.
⚽️Bu natija jamoaning kuchli jamoaviy o‘yinini va tayyorgarlik darajasini yaqqol ko‘rsatadi. “Nurafshon” futbolchilari va ularning muxlislari uchun final bahsi katta ahamiyat kasb etadi va jamoa g‘alabaga yaqinlashib bormoqda.

❤4👍1👏1