Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#dolzarb

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri - muhim jarayon


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahridagi mavjud 16 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Nurafshon shahar hokimligida "Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish shtabi" tashkil etilgan. Nurafshon shahar Statistika bo'limi boshlig'i Ulug'bek Bo'riyevning ta'kidlashicha, hozirda shtabda aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirlarini tashkil qilish va "yettilik" faoliyatida sifat va samaradorlikni oshirishga qaratilgan ishlar tahliliga bag'ishlangan uchrashuvlar muntazam o'tkazilmoqda. Kuni kecha navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligi holatini baholash tizimini yaratish uchun zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish
masalalari muhokama qilindi.
👍31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan.

Davlat madhiyasini O‘zbekiston xalq shoiri A. Oripov yozgan, musiqasini esa O‘zbekiston xalq artisti M. Burxonov bastalagan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 15 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 51 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 84 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 12 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 19 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 27 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 38 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 24 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 17 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 18 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👍1
#obuna_2026

❗️Ma’rifati boylar va tadbirkor hamyurtlar!
“Mash’al” gazetasiga obuna bo‘lmaysizmi!?

Gazetaga har oyga 33 000 so‘mdan 396 000 so‘m evaziga bir yillik obuna bo‘lmaysizmi?

Nashr ko‘rsatkichi – 7024.

📍Obuna tahririyat va pochta filiallarida rasmiylashtiriladi.

⭕️Muroj
aat uchun:
https://t.me/mashal_gzt yoki quyidagi telefon raqamiga bogʻlaning:
+99899 850-30-27.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#qish_shukuhi

O‘lkamizda qish. Havo harorati biroz pasayib, salqin ob-havo hukm surmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Nurafshon shahrida yosh iqtidor egalarining bilimlari sinovdan o'tkazildi. Bu haqda "Nurafshon TV" telekanalining "Fursat" informatsion dasturi orqali axborot lavhasi efirga uzatildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#bu_muhim

🧑🏻‍🦽Mehnat faoliyatini davom ettirayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari "proaktiv" shaklda qayta hisoblanmoqda.

Qonunchilikka muvofiq, fuqaroga I yoki II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1-yil ish stajiga ega bo‘lsa, pensiyasi har 2-yilda bir marotaba qayta hisoblab beriladi.

Huquq paydo bo‘lgan shaxs qanday hujjatlarni taqdim qilishi kerak?

Joriy yilning 1-iyul kunidan boshlab fuqaroga nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida 1-yil ish stajiga ega bo‘lganda pensiya miqdorini har 2-yilda "proaktiv" shaklda qayta hisoblash amaliyoti joriy etilgan.

Ya’ni, bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslar pensiyalarini qayta hisoblatish uchun Pensiya jamg‘armasiga kelishlari talab etilmaydi.

📱🔵 Pensiya qayta hisoblanganligi to‘g‘risida fuqaroning o‘zini nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamiga sms yuboriladi. Telefon raqami mavjud bo‘lmagan fuqarolarga esa pochta orqali mazkur xabar yetkaziladi.

♾️ Shaxsning mehnat staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli tashkilotlarning axborot tizimlaridan olinib, pensionerdan hech qanday ma’lumot talab qilinmaydi.

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2
“Yangiobod”da egasiz itlar muammosi bartaraf etilmoqda

Nurafshon shahar “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida egasiz itlar muammosi yuzasidan aholining murojaati asosida mas’ul tashkilotlar tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, hozirga qadar maxsus mutaxassislar tomonidan 3 ta egasiz it tutib olindi. Hududda egasiz hayvonlarni tutish ishlari davom etmoqda. Barcha ishlar hayvonlarga va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda, belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya

Korrupsiya – birgina insonning emas, butun jamiyatning fojeasi


Ba’zan birgina noto‘g‘ri qaror bir umrlik armonga aylanishi, ortida esa yuragi og‘riqqa to‘lgan bolajonlar qolishi mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurash – faqat huquqiy talab emas, balki har birimiz uchun ma’naviy burch. Chunki halollik – farzandlarimizning kelajagi uchun qo‘shgan eng katta hissamizdir.

❗️Bir lahzalik manfaat bir umrlik pushaymonlikka arzimaydi.

🎥 Soliq qo‘mitasi tomonidan ayni shu mavzuda tayyorlangan videorolikni tomosha qiling!
👍1
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining sifatli tashkil etilishi muhokama qilindi

Joriy yilning 10-dekabr kuni Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev rahbarligida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalasi bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

Yig‘ilishda aholining yashash darajasi va farovonligi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi holatini baholash tizimini yaratish maqsadida zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish va bu jarayonda kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik, “yettilik” a’zolarining ish samaradorligini oshirish, jarayonni sifatli tashkil etish yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.


Ochiq muloqotda shahar hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1