Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.85K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#qish_shukuhi

O‘lkamizda qish. Havo harorati biroz pasayib, salqin ob-havo hukm surmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Nurafshon shahrida yosh iqtidor egalarining bilimlari sinovdan o'tkazildi. Bu haqda "Nurafshon TV" telekanalining "Fursat" informatsion dasturi orqali axborot lavhasi efirga uzatildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#bu_muhim

🧑🏻‍🦽Mehnat faoliyatini davom ettirayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari "proaktiv" shaklda qayta hisoblanmoqda.

Qonunchilikka muvofiq, fuqaroga I yoki II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1-yil ish stajiga ega bo‘lsa, pensiyasi har 2-yilda bir marotaba qayta hisoblab beriladi.

Huquq paydo bo‘lgan shaxs qanday hujjatlarni taqdim qilishi kerak?

Joriy yilning 1-iyul kunidan boshlab fuqaroga nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida 1-yil ish stajiga ega bo‘lganda pensiya miqdorini har 2-yilda "proaktiv" shaklda qayta hisoblash amaliyoti joriy etilgan.

Ya’ni, bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslar pensiyalarini qayta hisoblatish uchun Pensiya jamg‘armasiga kelishlari talab etilmaydi.

📱🔵 Pensiya qayta hisoblanganligi to‘g‘risida fuqaroning o‘zini nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamiga sms yuboriladi. Telefon raqami mavjud bo‘lmagan fuqarolarga esa pochta orqali mazkur xabar yetkaziladi.

♾️ Shaxsning mehnat staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli tashkilotlarning axborot tizimlaridan olinib, pensionerdan hech qanday ma’lumot talab qilinmaydi.

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2
“Yangiobod”da egasiz itlar muammosi bartaraf etilmoqda

Nurafshon shahar “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida egasiz itlar muammosi yuzasidan aholining murojaati asosida mas’ul tashkilotlar tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, hozirga qadar maxsus mutaxassislar tomonidan 3 ta egasiz it tutib olindi. Hududda egasiz hayvonlarni tutish ishlari davom etmoqda. Barcha ishlar hayvonlarga va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda, belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya

Korrupsiya – birgina insonning emas, butun jamiyatning fojeasi


Ba’zan birgina noto‘g‘ri qaror bir umrlik armonga aylanishi, ortida esa yuragi og‘riqqa to‘lgan bolajonlar qolishi mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurash – faqat huquqiy talab emas, balki har birimiz uchun ma’naviy burch. Chunki halollik – farzandlarimizning kelajagi uchun qo‘shgan eng katta hissamizdir.

❗️Bir lahzalik manfaat bir umrlik pushaymonlikka arzimaydi.

🎥 Soliq qo‘mitasi tomonidan ayni shu mavzuda tayyorlangan videorolikni tomosha qiling!
👍1
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining sifatli tashkil etilishi muhokama qilindi

Joriy yilning 10-dekabr kuni Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev rahbarligida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalasi bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

Yig‘ilishda aholining yashash darajasi va farovonligi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi holatini baholash tizimini yaratish maqsadida zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish va bu jarayonda kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik, “yettilik” a’zolarining ish samaradorligini oshirish, jarayonni sifatli tashkil etish yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.


Ochiq muloqotda shahar hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1