Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya

Korrupsiya – birgina insonning emas, butun jamiyatning fojeasi


Ba’zan birgina noto‘g‘ri qaror bir umrlik armonga aylanishi, ortida esa yuragi og‘riqqa to‘lgan bolajonlar qolishi mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurash – faqat huquqiy talab emas, balki har birimiz uchun ma’naviy burch. Chunki halollik – farzandlarimizning kelajagi uchun qo‘shgan eng katta hissamizdir.

❗️Bir lahzalik manfaat bir umrlik pushaymonlikka arzimaydi.

🎥 Soliq qo‘mitasi tomonidan ayni shu mavzuda tayyorlangan videorolikni tomosha qiling!
👍1
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining sifatli tashkil etilishi muhokama qilindi

Joriy yilning 10-dekabr kuni Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev rahbarligida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalasi bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

Yig‘ilishda aholining yashash darajasi va farovonligi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi holatini baholash tizimini yaratish maqsadida zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish va bu jarayonda kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik, “yettilik” a’zolarining ish samaradorligini oshirish, jarayonni sifatli tashkil etish yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.


Ochiq muloqotda shahar hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#sayyor_qabul

Adliya kuni: aholi murojaatlari yechim topmoqda


Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "To‘ytepa" MFYda “ Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Natijada 3 nafar fuqaroning masalasi adliya bo‘limi ish yurituviga olindi, 6 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek 3 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son qonuni, PQ-1 son qaror va boshqa NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men o‘qituvchiman — yoshlar kelajagi uchun mehnat qilaman!

Bugun biz o‘qitgan har bir shogird — ertangi kunning yetakchisi, yurt kelajagi.

Yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri belgilash va yangi marralarni zabt etishda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Har bir to‘g‘ri ma’lumot — mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligiga xizmat qiladi!

Aziza Usmonova,
o‘qituvchi
👍1
“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Mamlakatimizda 1-dekabrdan 30-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan aholining yong‘in xavfsizligi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, 10-sonli umumta’lim maktabida mazkur oylik doirasida profilaktik suhbat tashkil etildi. Tadbirda Nurafshon shahar FVB inspektori, serjant G‘olib Qobilov ishtirok etib, o‘quvchilarga va pedagoglarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, yong‘in sodir bo‘lishining oldini olish choralarini tushuntirdi hamda muhim tavsiyalar berdi.


Mazkur tadbir yong‘inlarning oldini olish, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Nurafshonda “Adliya kuni” doirasida fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi

Muqimiy” mahalla fuqarolar yig‘inida Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning mavjud muammolari va murojaatlari tinglandi.

Tadbir yakunida 3 nafar yurtdoshimizning murojaati adliya bo‘limi ish yurituviga qabul qilindi va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Bundan tashqari, 7 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Shuningdek, 4 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, ularning masalalari joyida hal etildi.


Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish, murojaatlarni tezkor hal etish va davlat xizmatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tozalik

“Obod turmush” mahallasida obodonlashtirish ishlari


"Obod turmush" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayonda ko‘cha va yo‘l bo‘ylaridagi ortiqcha chiqindilar maxsus avtotransport vositalariga ortilmoqda. Atrof tozalanmoqda. Bu esa hududning yanada obod va ozoda bo‘lishiga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍32🔥1🤝1