Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalasiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi
✅Bugun Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o'tkazildi. Mazkur yig‘ilishga shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev raislik qildi. Tadbirda shahar prokurorining katta yordamchisi Elyor Abdualiyev, mahalla “yettiligi” a’zolari hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Yig‘ilish davomida aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi. Mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❤1👍1🔥1
“Cho‘lponning qotili” spektakli
⏳ Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi Prezident maktabi faollar zalida Abdulhamid Cho‘lpon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Cho‘lponning qotili” sahna spektakli Cyber Universityning “Kiber Nur” teatr jamoasi tomonidan namoyish etildi. Ushbu spektakl Cyber Universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilindi.
🫥 Tadbir o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tarixiy haqiqatni anglash va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etish, ularning ruhini shod aylash maqsadida tashkil etilgan ushbu spektakl o‘tmish saboqlarini eslatib, yosh avlodni adolat va ma’naviyatga chorlovchi muhim tadbir bo‘ldi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
⏳ Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi Prezident maktabi faollar zalida Abdulhamid Cho‘lpon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Cho‘lponning qotili” sahna spektakli Cyber Universityning “Kiber Nur” teatr jamoasi tomonidan namoyish etildi. Ushbu spektakl Cyber Universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilindi.
📝 Asarda jadidchilik harakati, milliy uyg‘onish g‘oyalari hamda totalitar tuzumning ziyolilar taqdiriga ko‘rsatgan ta’siri yorqin sahnalashtirildi.
✏️ Milliy o‘zlik, adolat, vijdon, ma’rifat va ijod erkinligi kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.
🫥 Tadbir o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tarixiy haqiqatni anglash va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etish, ularning ruhini shod aylash maqsadida tashkil etilgan ushbu spektakl o‘tmish saboqlarini eslatib, yosh avlodni adolat va ma’naviyatga chorlovchi muhim tadbir bo‘ldi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3❤2
#tozalik
“Obod turmush” mahallasida obodonlashtirish ishlari
✅"Obod turmush" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Ayni paytda, mahalla binosi atrofida manzarali ko‘chatlar ekilib, mazkur ishlar mahallani yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, tabiatni asrash va yashil makon yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Mahalla raisi Shuhrat Rahmatovning aytishicha, Respublika ishchi guruhi a’zolari B. Chinazbekov va O. Musurmonqulovlar bilan hamkorlikda ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.
✅ Ko‘chatlar ekish jarayoni nafaqat mahallaning obodligini oshiradi, balki fuqarolarni birlashishga, o‘zaro ahillik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

❤1🔥1
Nurafshonda zamonaviy ko‘p qavatli turar-joy foydalanishga topshirildi
✅“Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilgan ko‘p qavatli turar-joy majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning ramziy lentasi Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov boshchiligida ochib berildi.
✅Ushbu majmua “Bright Future House” MCHJ tomonidan qurildi. Pudratchi tashkilot uchun mazkur hududda bu uchinchi yirik loyiha hisoblanadi. Yangi binoda 1, 2 va 3 xonali jami 77 ta xonadon mavjud bo‘lib, ular zamonaviy va barcha qulayliklarga ega.
Tadbir ishtirokchilari yangi turar-joy majmuasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
✅“Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilgan ko‘p qavatli turar-joy majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning ramziy lentasi Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov boshchiligida ochib berildi.
Ayni paytda Nurafshon shahri jadal rivojlanib, zamonaviy infratuzilma va qulay yashash sharoitlarini o’zida mujassam etmoqda. Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari F. Shomurodov, ishchi guruh a’zolari, soha tashkilotlari rahbarlari, quruvchilar hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.

❤4👍3