Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.85K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Hurmatli fuqarolar!

Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumida aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz!

🔻 Agarda xonadoningiz yoki mahallangizda kommunal sohalarda muammolar yoki favqulodda avariya holatlari yuzaga kelsa, zudlik bilan shtab a’zolariga xabar berishingizni so’raymiz.

📌 Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun tezkor shtab tarkibi va telefon raqamlari:

🔹 Shtab rahbari – Nurafshon shahar hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari
Farhod Shomurodov
;
☎️ Tel.: (55) 903-21-58
📱 Tel.: (90) 022-01-03

🔸 Shtab rahbari o’rinbosari – Nurafshon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shohrux Inomxonov;
📱 Tel.: (99) 849-15-14

🔹 Shtab kotibi – Nurafshon shahar hokimligi bosh mutaxasissi
Ergashev Doston
;
📱 Tel.: (97) 460-62-51
☎️ Tel.: (55) 903-21-58

🔥Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo’limi boshlig’i Laziz Karimov;
📱 Tel.: (90) 336-71-12
☎️ Tel.: (99) 004-81-04 (dispetcher)

⚡️ Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig’i Anvar Urazaliyev;
📱 Tel.: (98) 001-10-40.
☎️ Tel.: (95) 195-14-67.
(95) 195-14-60 (dispetcher)

🚰 Nurafshon shahar Suv ta’minot bo’limi boshlig’i Mirvohid Xoliqov;
📱 Tel.: (90) 112-40-60.
☎️ Tel.: (71) 76-26-371 (dispetcher)

🚒 Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Xalilov Maqsud;

📱 Tel.: (90) 916-34-40.
☎️ Tel.: (70) -202-20-21:
(70) 76-26-101:
101: 1050 (dispetcher)

♻️ Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i Azizxodjayev Saidburxon;
📱 Tel.: (93) 444-83-81.
☎️ Tel.: (70) 76-25-359 (dispetcher)

📐 Davlat kadastr palatasi Nurafshon shahar filiali boshlig’i Shuxrat Shukurxonov;
📱 Tel.: (90) 906-91-81.

☎️ Shahar Telekommunikasiya bog’lanmasi;
📱 Tel.: (99) 007-14-94
☎️ Tel.: (70) 76-27-008
(70) 76-27-006 (dispetcher)

🏗 Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo’limi Sirojiddin Yusupov;
📱 Tel.: (98) 999-95-51, (94) 424-58-51.


🏗Bekzod-Servis 777 MCHJ. Bekzod Karimov;
📱Tel.:90-023-03-70.
(dispetcher) 90-038-77-12.

🏗To‘ytepa Yuksak Servis MCHJ. Jalol Donayev;
📱Tel.: 99-890-49-47.
(dispetcher) 77-073-10-55.

🏗Yangiobod Aholiga Xizmat MCHJ. Ixtiyor Rahimov;
📱Tel.: 99-123-61-61.
(dispetcher) 90-480-68-82.

🛣 O'rta Chirchiq tumani Yo’llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Rasul To'xtasinov;
📱 Tel.: (98) 000-11-77,
(90) 128-64-41.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3🔥1
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 19 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 6 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 3 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir ma’lumot — taraqqiyot uchun xizmat qiladi!

Dilorom Abdualimova
aktrisa
👍2
“Bobur” ko‘chasida obodonlashtirish ishlari

Nurafshon shahrining “Bobur” ko‘chasida obodonlashtirish ishlari faol tarzda davom etmoqda. Shahar obodonlashtirish boshqarmasining xodimlari ushbu jarayonda o‘z mehnatlari bilan ko‘chaning holatini yaxshilashga hissa qo‘shmoqdalar.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xabaringiz_bormi

📲Agar siz o‘zini o‘zi band qilgan shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsangiz, biznes yuritish uchun qulay va ishonchli mobil ilova yaratildi.

☝️Batafsil videolavhada bilib olishingiz mumkin.
2
#muhim

Qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda bu boradagi ishlarni reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, 258-sonli transformator punktiga (TP) himoya to‘siqlari o‘rnatilmoqda.

Mazkur ishlarning amalga oshirilishi, avvalo, hududda yashovchi aholi, ayniqsa, bolalar va o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#ezgulik

Yangi yil munosabati bilan
Toshkent viloyati hokimligidan navbatdagi
uch tashabbus!


Yangi yil bayrami munosabati bilan mehr-muruvvat, saxovat, bag‘rikenglik va insonparvarlik fazilatlarini namoyon etish, inson qadri tushunchasini fuqarolarimiz ongiga yanada kengroq singdirish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi uch ezgu tashabbusni ilgari surmoqda!


Birinchi tashabbus:

Viloyat hokimligi, prokuratura organlari, deputatlar va keng jamoatchilik ko‘magi bilan 112 ta og‘ir uy-joy sharoitida istiqomat qilayotgan xonadonlarni ta’mirlash yoki to‘liq yangidan qurish lozim bo‘lgan oilalar ro‘yxati shakllantirildi.

Mazkur xonadonlarni ta’mirlash va tiklashni ixtiyoriy xomiylar ko‘magida 2026-yil 1-apreligacha tugallash mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, hozirda hurmatli Prezidentimiz tomonidan Toshkent viloyatiga biriktirilgan Mo‘ynoq tumanidagi 651 ta xonadonlarda ta’mirlash, 142 tasida yangidan qurish ishlari olib borilib, 314 tasi tugallandi.

Ikkinchi tashabbus:
Viloyat Maktab va maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan viloyatdagi ehtiyojmand oilalar farzandlariga qishki kiyim olib berish “aksiya”sini boshlamoqchimiz.

Bunda bolajonlar shaxsan o‘zlari homiylar tomonidan savdo nuqtalariga olib borilib, o‘zlariga ma’qul bo‘lgan kiyimlarni olishlari mumkin bo‘ladi.

Uchinchi tashabbus:
Viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan viloyat iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga hissa qo‘shgan faxriylarning ro‘yxati shakllantirilmoqda. Ularga bayram sovg‘asi sifatida o‘zlari xohlagan gazeta va jurnallarga bir yillik obuna tashkil qilishni rejalashtirdik.

Mazkur xayrli tashabbuslar uchun sarf-harajatlar qonunchilikda ta’qiqlanmagan manbaalar va albatta, saxovatpesha insonlarning ixtiyoriy xomiylik yordamlari bilan amalga oshirilmoqda.

Albatta, bu xayrli ishlar shartli ravishda
“Uch tashabbus” deyilmoqda. Aslida, bayramoldi ezgu ishlar, xayrli tashabbuslar ko‘lami muttasil ortib boraveradi!

Sizni ham bu ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va zamondoshlarimizga bayramona kayfiyat va muruvvat ulashishga chorlaymiz!

Viloyat hokimligining ijtimoiy tarmoq sahifalarida jarayon atroflicha yoritib boriladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Sayohat

Nurafshon shahridagi "Vatanparvar" bog'iga sayohat uyushtirildi

⚡️Toshkent viloyatining ma'muriy markazi hisoblangan Nurafshon shahrida diqqatga sazovor joylar ko'p. “Vatanparvar” bog‘i esa ana shunday maskanlardan biri. Kuni kecha bu goʻshaga Quyi Chirchiq tumanining fidoiy va mehnatkash qishloq xo‘jaligi xodimlari tashrif buyurdilar.

📍Yoshlar kamoloti yo'lida hamda vatanparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etishda mazkur maskanning ijtimoiy ahamiyati beqiyos. Tashrif davomida ishtirokchilarga bog‘ning tarixi, unda yaratilgan sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
1👍1
Dekabr oyi bo'sh vakansiyalar.xlsx
57.5 KB
#vakansiya

#bo‘sh_ish_o‘rinlari

🗓Dekabr oyi holatiga Nurafshon shahrida joylashgan korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot.

🔴Eslatib o‘tamiz, mazkur bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirish istagida bo‘lsangiz Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

🔴 Ish izlayotgan yaqinlarga ham ulashing, siz ishli bo‘lsangiz, biz xursand bo‘lamiz.

Murojaat uchun telefon: +99899 873 8058

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ma'muriyati
👍1
Nurafshon shahridagi "Degantepa" mahallasida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi

📅 2025-yil 15-dekabr holatiga


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja asosida 16 ta MFYda arzonlashtirilgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etilmoqda. "Degantepa" mahallasida ham ana shunday savdo yarmarkasi o'tkazildi. Unda aholiga eng zarur mahsulotlar, shuningdek, kundalik iste’molda kerak bo'ladigan sabzavotlar imtiyozli narxlarda taklif etilmoqda.

Yarmarka orqali aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun mahsulotlar arzon narxlarda yetkazib berilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa bozorda narxlarning sun’iy ravishda oshirilishining oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, yarmarkada yuqori sifatli va ekologik toza mahsulotlar taklif etilayotgani aholining mahsulot tanlash imkoniyatini oshirmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1