Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#ezgulik
Yangi yil munosabati bilan
Toshkent viloyati hokimligidan navbatdagi
uch tashabbus!
Birinchi tashabbus:
Viloyat hokimligi, prokuratura organlari, deputatlar va keng jamoatchilik ko‘magi bilan 112 ta og‘ir uy-joy sharoitida istiqomat qilayotgan xonadonlarni ta’mirlash yoki to‘liq yangidan qurish lozim bo‘lgan oilalar ro‘yxati shakllantirildi.
Mazkur xonadonlarni ta’mirlash va tiklashni ixtiyoriy xomiylar ko‘magida 2026-yil 1-apreligacha tugallash mo‘ljallanmoqda.
Shuningdek, hozirda hurmatli Prezidentimiz tomonidan Toshkent viloyatiga biriktirilgan Mo‘ynoq tumanidagi 651 ta xonadonlarda ta’mirlash, 142 tasida yangidan qurish ishlari olib borilib, 314 tasi tugallandi.
Ikkinchi tashabbus:
Viloyat Maktab va maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan viloyatdagi ehtiyojmand oilalar farzandlariga qishki kiyim olib berish “aksiya”sini boshlamoqchimiz.
Bunda bolajonlar shaxsan o‘zlari homiylar tomonidan savdo nuqtalariga olib borilib, o‘zlariga ma’qul bo‘lgan kiyimlarni olishlari mumkin bo‘ladi.
Uchinchi tashabbus:
Viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan viloyat iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga hissa qo‘shgan faxriylarning ro‘yxati shakllantirilmoqda. Ularga bayram sovg‘asi sifatida o‘zlari xohlagan gazeta va jurnallarga bir yillik obuna tashkil qilishni rejalashtirdik.
Mazkur xayrli tashabbuslar uchun sarf-harajatlar qonunchilikda ta’qiqlanmagan manbaalar va albatta, saxovatpesha insonlarning ixtiyoriy xomiylik yordamlari bilan amalga oshirilmoqda.
Albatta, bu xayrli ishlar shartli ravishda
“Uch tashabbus” deyilmoqda. Aslida, bayramoldi ezgu ishlar, xayrli tashabbuslar ko‘lami muttasil ortib boraveradi!
Sizni ham bu ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va zamondoshlarimizga bayramona kayfiyat va muruvvat ulashishga chorlaymiz!
Viloyat hokimligining ijtimoiy tarmoq sahifalarida jarayon atroflicha yoritib boriladi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
Yangi yil munosabati bilan
Toshkent viloyati hokimligidan navbatdagi
uch tashabbus!
Yangi yil bayrami munosabati bilan mehr-muruvvat, saxovat, bag‘rikenglik va insonparvarlik fazilatlarini namoyon etish, inson qadri tushunchasini fuqarolarimiz ongiga yanada kengroq singdirish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi uch ezgu tashabbusni ilgari surmoqda!
Birinchi tashabbus:
Viloyat hokimligi, prokuratura organlari, deputatlar va keng jamoatchilik ko‘magi bilan 112 ta og‘ir uy-joy sharoitida istiqomat qilayotgan xonadonlarni ta’mirlash yoki to‘liq yangidan qurish lozim bo‘lgan oilalar ro‘yxati shakllantirildi.
Mazkur xonadonlarni ta’mirlash va tiklashni ixtiyoriy xomiylar ko‘magida 2026-yil 1-apreligacha tugallash mo‘ljallanmoqda.
Shuningdek, hozirda hurmatli Prezidentimiz tomonidan Toshkent viloyatiga biriktirilgan Mo‘ynoq tumanidagi 651 ta xonadonlarda ta’mirlash, 142 tasida yangidan qurish ishlari olib borilib, 314 tasi tugallandi.
Ikkinchi tashabbus:
Viloyat Maktab va maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan viloyatdagi ehtiyojmand oilalar farzandlariga qishki kiyim olib berish “aksiya”sini boshlamoqchimiz.
Bunda bolajonlar shaxsan o‘zlari homiylar tomonidan savdo nuqtalariga olib borilib, o‘zlariga ma’qul bo‘lgan kiyimlarni olishlari mumkin bo‘ladi.
Uchinchi tashabbus:
Viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan viloyat iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga hissa qo‘shgan faxriylarning ro‘yxati shakllantirilmoqda. Ularga bayram sovg‘asi sifatida o‘zlari xohlagan gazeta va jurnallarga bir yillik obuna tashkil qilishni rejalashtirdik.
Mazkur xayrli tashabbuslar uchun sarf-harajatlar qonunchilikda ta’qiqlanmagan manbaalar va albatta, saxovatpesha insonlarning ixtiyoriy xomiylik yordamlari bilan amalga oshirilmoqda.
Albatta, bu xayrli ishlar shartli ravishda
“Uch tashabbus” deyilmoqda. Aslida, bayramoldi ezgu ishlar, xayrli tashabbuslar ko‘lami muttasil ortib boraveradi!
Sizni ham bu ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va zamondoshlarimizga bayramona kayfiyat va muruvvat ulashishga chorlaymiz!
Viloyat hokimligining ijtimoiy tarmoq sahifalarida jarayon atroflicha yoritib boriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#Sayohat
Nurafshon shahridagi "Vatanparvar" bog'iga sayohat uyushtirildi
⚡️Toshkent viloyatining ma'muriy markazi hisoblangan Nurafshon shahrida diqqatga sazovor joylar ko'p. “Vatanparvar” bog‘i esa ana shunday maskanlardan biri. Kuni kecha bu goʻshaga Quyi Chirchiq tumanining fidoiy va mehnatkash qishloq xo‘jaligi xodimlari tashrif buyurdilar.
📍Yoshlar kamoloti yo'lida hamda vatanparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etishda mazkur maskanning ijtimoiy ahamiyati beqiyos. Tashrif davomida ishtirokchilarga bog‘ning tarixi, unda yaratilgan sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

❤1👍1
Dekabr oyi bo'sh vakansiyalar.xlsx
57.5 KB
#vakansiya
#bo‘sh_ish_o‘rinlari
🗓Dekabr oyi holatiga Nurafshon shahrida joylashgan korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot.
🔴Eslatib o‘tamiz, mazkur bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirish istagida bo‘lsangiz Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
🔴 Ish izlayotgan yaqinlarga ham ulashing, siz ishli bo‘lsangiz, biz xursand bo‘lamiz.
Murojaat uchun telefon: +99899 873 8058
✅Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ma'muriyati

👍1
Nurafshon shahridagi "Degantepa" mahallasida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi
📅 2025-yil 15-dekabr holatiga
✅Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja asosida 16 ta MFYda arzonlashtirilgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etilmoqda. "Degantepa" mahallasida ham ana shunday savdo yarmarkasi o'tkazildi. Unda aholiga eng zarur mahsulotlar, shuningdek, kundalik iste’molda kerak bo'ladigan sabzavotlar imtiyozli narxlarda taklif etilmoqda.
✅Yarmarka orqali aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun mahsulotlar arzon narxlarda yetkazib berilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa bozorda narxlarning sun’iy ravishda oshirilishining oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, yarmarkada yuqori sifatli va ekologik toza mahsulotlar taklif etilayotgani aholining mahsulot tanlash imkoniyatini oshirmoqda.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

#bildirish
⚡️ Ayni paytda elektr ta’minotida vaqtinchalik roʻy bergan uzilishlar soat 18:00 gacha bartaraf etiladi
✅Nurafshon shahar elektr tarmoqlari korxonasi ma’lum qiladi:
🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 15-dekabr
⏰ soat 18:00 gacha
Shu vaqt oralig‘ida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:
🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

Nurafshon shahriga kirib keluvchi shahar elektr tarmog'i tasarrufida boʻlmagan hozirda ''Milliy elektr tarmoqlari''ga qarashli boʻlgan L-KD 110kV kuchlanishli liniyasida avariyaviy holat ta'mirlanmoqda.
🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 15-dekabr
⏰ soat 18:00 gacha
Shu vaqt oralig‘ida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:
🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👎3👍2
PQ-1-son qaror ijrosi ta’minlanmoqda
Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan o’rganishlar olib borildi. Mazkur jarayonda shahar IIB boshlig’i, podpolkovnik A. Yuldashev ishtirok etdi.
✅Dastlab, “Taraqqiyot” mahallasida bo’lgan shahar hokimi bu yerdagi mavjud ahvol bilan tanishdi. Mahalla xodimlari hamda mas'ul tashkilotlar vakillari bilan uchrashib, PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyatini aholi orasida targ’ib qilish, amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalarini muhokama qildi. Mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
✅Qarorga asosan Nurafshon shahridagi mahallalarda, jamoat joylari, yashash xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarida xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda.

👍3👎1
⚡️Nurafshon shahrida yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi
➡️Nurafshon shahar soliq inspeksiyasi boshlig'i Jasur Sayfiyev boshchiligida soha mas'ullari ishtirokida soliq to‘lovchilarga soliq qonunchiligidagi yangiliklarni yetkazish maqsadida "Viqor" savdo maskanida suhbatlar tashkil qilindi.
✅Ushbu muloqotlarda Prezidentimizning joriy yil 12-avgustda qabul qilingan “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–247-sonli qarori mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan soliq yengilliklari hamda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅Mazkur qaror bilan 2025–2030 yillarda YaTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun raqamli platformalar orqali ko'plab imkoniyatlar yaratiladi.
❗️Eng muhim yangilik: elektron raqamli imzo talab etilmaydi. Hujjatlarni biometriya vositalari va SMS orqali tasdiqlash imkoniyati joriy etiladi.

👍5