Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.85K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati bo'yicha boshqarmasi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshqarma binosida o‘tkazilib, u yerda turli sohalarni qamrab olgan 9 ta tashkilot va korxona o‘zlarida mavjud bo‘lgan 252 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarka davomida ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan ish o‘rinlari haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir natijasida 12 nafar fuqaro ishga yo‘naltirildi. 5 nafari esa zamonaviy kasb-hunar o‘qishlariga biriktirildi, bu esa ularning kelgusida mustahkam ish bilan ta’minlanishiga zamin yaratadi.


Shu kabi boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarining tashkil etilishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini yuksaltirish, kambag‘allikni qisqartirish va barqaror bandlikni ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
#Bilasizmi

🔰 IT-park rezidenti bo'lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o'quv kurslarini so'nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (10 mln 300 ming so'mgacha) iste'mol kreditlari ajratiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2
#Profilaktik_tadbir

⚡️16-dekabr kuni Nurafshon shahridagi 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tadbir tashkil etildi. Unda shahar IIB JXX XPB VEMB katta inspektor-psixologi , kapitan M. Djumabayeva ishtirok etib, "Voyaga yetmaganlar o'rtasida pirotexnika  vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari" mavzusida ma'ruza qildi.

Tadbirda maktab o'quvchilari o‘rtasida pirotexnika vositalardan foydalanmaslik bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi va mavzuga oid  bo‘lgan videorolik namoyish qilindi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 84 ta (Ko'rish)

🔹Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👍1
#Bildirish

🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi "Yangi yil bayrami munosabati bilan "Prezident archasi" tadbirini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida"gi 238-sonli yig'ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, aholi xavfsizligini muhofaza qilish, yo'l transport harakatini tartibga solish va turli favqulotda holatlarning oldini olish maqsadida

2025-yilning 17-dekabridan 2026-yilning 12-yanvarigacha:

🔹Nurafshon shahri markaziy chorrahasi, "Toshkent yo'li" ko'chasining "Bobur" ko'chasiga burilishdan (4R 22) "Obod turmush" mahallasi burilishigacha bo'lgan yo'lning qo'shimcha harakatlanish qismida;

🔹Nurafshon “Business city hududidagi "Yangiobod" ko'chasi, G62 avtomobil yo'lining bir tomonlama qismida avtotransport vositalari harakati vaqticha cheklanadi.

Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌O'zimiz haqimizdagi ma'lumotni beraylik, buyuk kelajakni birga quraylik!
👍2
⚡️Kuni kecha Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasining muddatli harbiy xizmatchilari maroqli hordiq chiqarish maqsadida "Nurafshon sity" hududida joylashgan “Vatanparvar bog‘i”ga sayohat uyushtirishdi.

Ushbu sayohat davomida harbiy xizmatchilar maskanning go‘zal tabiatidan bahramand bo‘lishdi. Bu tashabbus ular uchun nafaqat hordiq chiqarish, balki jamoaviy ruhni mustahkamlash, vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi
1👍1👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Diqqat

Siz yashayotgan hududda noqonuniy elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish holatini ko‘rdingizmi?. Bu kabi qonunbuzarliklarga aslo befarq bo‘lmang!

✔️ Endi "UZENERGO
" ilovasi yordamida ushbu holatlar haqida tez va ishonchli xabar bera olasiz.

🔴 Noqonuniy tabiiy gaz hamda elektr energiyasi ulanishlarini ko‘rsangiz, oddiygina suratga oling yoki videoga yozib oling…

🔴 Play Market yoki App Store orqali ilovani yuklab oling. Keltirilgan bandlarni to‘ldiring, video va suratlarni yuklang.

🔴 Siz yuborgan ma’lumotlar O'ZENERGOINSPEKSIYA tomonidan ko‘rib chiqiladi va asosli bo‘lsa, qonuniy choralar ko‘riladi.

🔴 Eng muhimi — sizning xabaringiz asosli chiqsa, aniqlangan zarar asosida sizga foizli rag‘bat beriladi.


👨 Yuklab oling. Xabar bering. Rag‘bat oling.
2👍1
Nurafshon shahridagi "Navroʻz" mahallasida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi

📅 2025-yil 17-dekabr holatiga


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja asosida 16 ta MFYda  arzonlashtirilgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etilmoqda. Navbatdagi ana shunday yarmarka "Navroʻz" mahallasida o‘tkazildi.

Mazkur yarmarkada aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan sifatli va arzon mahsulotlar keng assortimentda savdoga chiqarildi. Ushbu jarayonda  mahalla aholisi tomonidan mahsulotlarga yuqori talab kuzatildi.  Eslatib o'tamiz,  arzonlashtirilgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi barcha mahallalarda  o'tkazilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👎32👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️IS GAZIDAN OGOH BO‘LING❗️

Ushbu video qo‘llanmani o‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi uchun oxirigacha ko‘rib chiqing!
👍1