Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
🎨 “Yangi yil mo‘jizasi” — ijod va ilhom bayrami!

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida “Yangi yil mo‘jizasi” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Ushbu tanlov o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, yangi yil kayfiyatini san’at orqali ifodalash maqsadida o‘tkazildi.

🖌 Tanlov davomida o‘quvchilar o‘z tasavvuri va fantaziyasini ishga solib, yangi yil mo‘jizalarini ranglar orqali jonlantirdilar. Har bir rasmda bayramona ruh, ezgu tilaklar va iliq his-tuyg‘ular o‘z aksini topdi.

“Yangi yil mo‘jizasi” tanlovi o‘quvchilarga ilhom bag‘ishlab, bayram shukuhi va ijodiy muhitni yanada mustahkamladi.
👍1
#bayram_shukuhi

Yangi yil yaqin: viloyatning bosh archasi chiroqlari yoqildi

Bugun Nurafshon shahrida joylashgan “Nurafshon Business City” hududidagi amfiteatr maydonida viloyatning bosh archasining rasman ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida viloyat faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida balandligi 30 metr bo‘lgan, 28 mingdan ziyod bezak va yorug‘lik elementlari bilan bezalgan muhtasham archaning chiroqlari yoqilib, viloyatdagi Yangi yil bayram tadbirlariga rasman start berildi.

Maydonda o‘rnatilgan dekorativ jihozlar, bolalar uchun turli attraksionlar, bayramona bezaklar va rangli yorug‘lik chiroqlari haqiqiy yangi yil shukuhini yaratgan.

Shuningdek, bayramni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish va jajji bolajonlarni xushnud etish uchun 100 nafar qorbobo va qorqiz jalb etilgan.

Yangiy yil bayrami arafasida aholi, ayniqsa bolajonlar uchun bunday bayramona muhit yaratish muhim ahamiyat kasb etib, barcha tadbirlar xavfsiz va yuqori saviyada tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun bosh archa maydonida bayram shodiyonalari har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha davom etadi.

Teatrlashtirilgan tomoshalar, badiiy jamoalar chiqishlari, san’at ustalari va ijodkor yoshlar ishtirokidagi shou-konsertlar, shuningdek, bayram timsollari – Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi dasturlar tashkil etilmoqda.

Bayram tadbirlari 2026-yil 10-yanvarga qadar davom etadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil_shukuhi

Nurafshonda yangi yil bayrami shukuhi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍61🔥1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🔜To'lovlarni qabul qilish:
🔜Hujjatlarni imzolash:
🔜Soliqlarni to'lash:
🔜Mablag'larni boshqarish yanada qulay

Batafsil videoda 📹
1👍1
Obodonlashtirish va tozalash ishlari

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘l bo‘ylari va shahar ko‘chalari bo‘ylab atrof-muhitni obodonlashtirish, hududlarni tozalash ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi kunlarda yog‘gan qordan so‘ng, boshqarma xodimlari tomonidan maxsus texnika va asbob-uskunalar yordamida piyodalar va transport vositalari harakati uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish maqsadida keng ko‘lamli tozalash ishlari olib borilmoqdi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda?
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bolalarhimoyasi

Haqoratlar, tinimsiz tanqid va inkor etish – bolalarga nisbatan ruhiy zo'ravonlik turlari. Ular jismoniy zo'ravonlik kabi og'ir botadi.

Bola bilan zo'ravonliksiz, rag'batlantirish usullari orqali muloqot qiling!

@unicefuzbekistan
Deputatlar tibbiy xizmat sifatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari, jumladan, 4-"To‘ytepa" saylov okrugidan saylangan deputat Aliya Churatayeva hamda 18-"Taraqqiyot" saylov okrugidan saylangan deputat Alim Tursunbayev hududlarda bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashish barobarida tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rgandi. Qolaversa, fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, shuningdek, bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati va yangi zamonaviy rentgen, UZI apparatining aholiga xizmat ko'rsatishdagi ahamiyati, fuqarolar murojaatlarini ro'yxatga olish kabi masalalarni joyiga chiqib o‘rgandilar.

Ushbu amaliy tashrif davomida deputatlar tibbiy xizmatlarning joriy holati bilan yaqindan tanishib, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda joyida bartaraf etish maqsadida zarur tahliliy ishlarni amalga oshirdilar.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2
Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling!
👍1
KADASTR XIZMATLARIDAN UYDAN CHIQMAGAN HOLDA FOYDALANING!

🔜 Endilikda my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uydan chiqmagan holda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

Davlat tashkilotlariga borishga hojat yo‘q — quyidagi xizmatlardan onlayn tarzda foydalaning:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish
➡️ Kadastr pasportini shakllantirish
➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish
➡️ Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
➡️ Yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) bo‘yicha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish
➡️ Kadastr muhandisiga malaka shahodatnomasini berish
➡️ Ko‘chmas mulk obyektiga taqiq mavjudligini tekshirish
➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlardan foydalanish uchun ruxsatnoma olish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
➡️ Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma olish
1👍1
#bildirish

🔹Yangi yil bayrami munosabati bilan Nurafshon shahrida o'tkazilayotgan bayram tadbirlari hamda konsert dasturlariga marhamat !


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida shahardagi 16 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 2025-yil 20-dekabrdan 30-dekabrga qadar keng ko‘lamli bayram tadbirlari va konsert dasturlari tashkil etilmoqda:

Ertaga 21-dekabr kuni quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:

🏙 Nurafshon shahri: "Ma'rifat" mahalla fuqarolar yig‘ini mahalla markazida
🗓 2025-yil 21-dekabr kuni
Soat 15:00 dan 16:30 gacha madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etiladi.

🏙 Nurafshon shahri: "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig‘ini maktab hovlisida
🗓 2025-yil 21-dekabr kuni
Soat 17:00 dan 18:30 gacha bayramona konsert dasturi o‘tkaziladi

🔹Barchani taklif etamiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2