Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yuridik_yordam

❗️Davlat hisobidan yuridik yordam nima?

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👏1
#yangi_yil_shukuhi

Nurafshon shahrining markaziy maydonida Yangi yil shodiyonalari davom etmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🔥1👏1🤝1
#2026_yil_1_yanvardan

📜 Qonunchilikka ko‘ra, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: (https://t.me/huquqiyaxborot/18878)


▪️ elektron raqamli imzo kalitini berish;

▪️ bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish;

▪️ ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;

▪️ ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;

▪️ QQS to‘lovchisi guvohnomasini olish;

▪️ onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;

▪️ yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni YAMMT IDAKda hisobga qo‘yish.
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil_shukuhi

Nurafshon shahrining bosh archasi qad rostlagan maydonda Yangi yil shukuhi hamda bayramona kayfiyat hukmron.


Quyidagi manzil orqali Yangi yil bayrami nishonlanayotgan asosiy maydonga keling, ko'ring va bayram shodligidan bahramand boʻling.
📍Manzil


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1🔥1👏1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Is gazi – ko‘rinmas qotil

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qiling.
1🔥1
Deputatlar ishtirokida “Hurriyat” mahallasida yangi xizmat ko‘rsatish majmuasi taklif loyihasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari N. Niyozov va K. Umarboyev, shuningdek, mahalla tizimidagi “yettilik” a’zolari ishtirokida yig‘ilish o'tkazildi. Unda “Hurriyat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilishi rejalashtirilayotgan “Aholiga xizmat ko‘rsatish majmuasi” taklif loyihasi keng muhokama qilindi.


Loyihaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

🔹Xizmatlar doirasini kengaytirish;

🔹Yangi ish o‘rinlarini yaratish;

🔹Tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash.


Deputatlar, tegishli soha mas'ullari va ishtirokchilar loyiha bo‘yicha texnik va iqtisodiy takliflarini bildirib, uni qonunchilik doirasida amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Shuningdek, mahalla faollari ishtirokida aholi ehtiyojlari hisobga olinib, zarur o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🔥1👏1
🗣Е-auksion.uz Elektron savdo platformasida Toshkent viloyatidan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari, mulklar va mulkiy huquqlar bilan tanishing.

🔷Davlat aktivlari (Ko'rish)
🔷Davlat mulkini ijaraga berish (Ko'rish)
🔷Xalqchil IPO (Ko'rish)
🔷"Ugam River" turistik majmuasi (Ko'rish)
🔷Dexqon xo'jaligi yerlar ijarasi (Ko'rish)
🔷Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari (Ko'rish)
🔷Ko'chmas mulk (Ko'rish)
🔷Avtomototransport (Ko'rish)
🔷Yer uchastkalari (Ko'rish)
🔷Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi (Ko'rish)
🔷Maxsus texnikalar (Ko'rish)
🔷Ko'chma savdo joylari (Ko'rish)
🔷"O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari (Ko'rish)
🔷"O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari (Ko'rish)
🔷"O'zagroservis" AJ mol -mulklari (Ko'rish)
🔷Микромарказлар (Ko'rish)
🔷Elektr stansiyalarini qurish huquqi (Ko'rish)

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

📹 Видео кўлланма

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
1👍1
Yangi yil quvonchi har bir xonadonda!


🎁 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi jamoasi tomonidan Yangi yil arafasida aholi xonadonlariga bayram yo'qlovlari uyushtirildi.

Xususan, Nurafshon shahrining “To‘ytepa” MFY hududida yashovchi xonadonlarda bo‘lib, oilalar holidan xabar oldilar. Bayram munosabati bilan bolajonlarga va ularning ota-onalariga Yangi yil sovg‘alari ulashildi.


Mazkur tashabbusdan maqsad:

🔷yurtdoshlarimizga bayram kayfiyatini ulashish;

🔷ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

🎄 Yangi yil barchamizga qutlugkelsin!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍41
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi.

So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik.

Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik.

Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik.

Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin
”,

– dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Facebook|Instagram|X
“Bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan va yaqin-yaqingacha hech kim tasavvur qila olmagan o‘zgarishlar, davlatlar o‘rtasida iqtisodiy qarama-qarshilik, xavfsizlikka tahdidlar ortib borayotgan tahlikali bir vaziyatda sizlar bilan o‘ta murakkab yilni yakunlayapmiz,

– dedi Prezidentimiz.

Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, boshlangan demokratik islohotlar qat’iy davom ettirilgani, xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi va yoshlarimizning g‘ayrat-shijoati, hamjihatlik asosi bo‘lgan mahallaning hayotimizdagi o‘rni va ta’siri kuchaytirilgani, odamlarning ongi va dunyoqarashi o‘zgarib, el-yurtimiz yanada jipslashgani, tadbirkor, dehqon va fermerlarning tashabbuskorligi va mardona mehnati, o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan do‘stona tashqi siyosat hisobiga 2025-yilda barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi.

Avvalo, jahon miqyosida ishlab chiqarish va transport-logistika zanjirlari uzilgan, xomashyo va moliyaviy resurslar narxi oshgan sharoitda ham mamlakatimiz iqtisodiyoti ishonchli va barqaror o‘sishda davom etmoqda.

Bu natijalar dunyo hamjamiyati va nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilmoqda.

Facebook|Instagram|X
1
“E’tibor bering, bundan to‘qqiz yil oldin iqtisodiyotimiz hajmini 100 milliard dollarga yetkazish biz uchun juda katta marra bo‘lib ko‘rinardi.

Bu yil tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 milliard dollardan oshdi. Bunday yuksak natijalar xalqimizning, barchamizning qanday ulkan ishlarga qodir ekanimizni yaqqol namoyon etmoqda”
,

– dedi davlatimiz rahbari.

Global savdo tizimida “o‘yin qoidalari” o‘zgarayotgan bir paytda joriy yil eksportimiz 23 foizga oshib, 33,4 milliard dollarga yetkazilishi ta’kidlandi. Eng muhimi, oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor 60 milliard dollardan oshdi.

Bu yil iqtisodiyotimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarga yetdi.

Jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31,9 foizni tashkil etmoqda. Bu esa iqtisodiyotimiz kelgusi yillarda ham yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sib borishi uchun zamin bo‘ladi.

Facebook|Instagram|X
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi, xalqaro reytinglardagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda.

Xususan, yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pog‘onasiga ko‘tardi.

“Bu gaplar ko‘pchilikka oddiy bir fakt bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin iqtisodchilar, investor va bankirlar gap naqadar katta natijalar haqida borayotganini juda yaxshi tushunib turibdi.

Birgina ana shu o‘zgarish tufayli chetdan jalb qilinadigan resurslarning foiz stavkasi 1-1,5 punktga pasayib, tashqi qarz xarajati yiliga 250-300 million dollarga kamayadi
,

– dedi Prezidentimiz.

Shuningdek, Jahon banki e’lon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekiston 71 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, dunyoning TOP-10 ta mamlakati qatoridan joy oldi.

Facebook|Instagram|X