#2026_yil_1_yanvardan
📜 Qonunchilikka ko‘ra, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: (https://t.me/huquqiyaxborot/18878)
▪️ elektron raqamli imzo kalitini berish;
▪️ bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish;
▪️ ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
▪️ ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
▪️ QQS to‘lovchisi guvohnomasini olish;
▪️ onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
▪️ yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni YAMMT IDAKda hisobga qo‘yish.

❤1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil_shukuhi
Quyidagi manzil orqali Yangi yil bayrami nishonlanayotgan asosiy maydonga keling, ko'ring va bayram shodligidan bahramand boʻling.
📍Manzil
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Nurafshon shahrining bosh archasi qad rostlagan maydonda Yangi yil shukuhi hamda bayramona kayfiyat hukmron.
Quyidagi manzil orqali Yangi yil bayrami nishonlanayotgan asosiy maydonga keling, ko'ring va bayram shodligidan bahramand boʻling.
📍Manzil
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❤1👍1🔥1👏1🤝1
Deputatlar ishtirokida “Hurriyat” mahallasida yangi xizmat ko‘rsatish majmuasi taklif loyihasi muhokama qilindi
✅Loyihaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
🔹Xizmatlar doirasini kengaytirish;
🔹Yangi ish o‘rinlarini yaratish;
🔹Tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash.
✅Deputatlar, tegishli soha mas'ullari va ishtirokchilar loyiha bo‘yicha texnik va iqtisodiy takliflarini bildirib, uni qonunchilik doirasida amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Shuningdek, mahalla faollari ishtirokida aholi ehtiyojlari hisobga olinib, zarur o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari N. Niyozov va K. Umarboyev, shuningdek, mahalla tizimidagi “yettilik” a’zolari ishtirokida yig‘ilish o'tkazildi. Unda “Hurriyat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilishi rejalashtirilayotgan “Aholiga xizmat ko‘rsatish majmuasi” taklif loyihasi keng muhokama qilindi.
✅Loyihaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
🔹Xizmatlar doirasini kengaytirish;
🔹Yangi ish o‘rinlarini yaratish;
🔹Tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash.
✅Deputatlar, tegishli soha mas'ullari va ishtirokchilar loyiha bo‘yicha texnik va iqtisodiy takliflarini bildirib, uni qonunchilik doirasida amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Shuningdek, mahalla faollari ishtirokida aholi ehtiyojlari hisobga olinib, zarur o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❤1🔥1👏1
🗣Е-auksion.uz Elektron savdo platformasida Toshkent viloyatidan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari, mulklar va mulkiy huquqlar bilan tanishing.
🔷Davlat aktivlari (Ko'rish)
🔷Davlat mulkini ijaraga berish (Ko'rish)
🔷Xalqchil IPO (Ko'rish)
🔷"Ugam River" turistik majmuasi (Ko'rish)
🔷Dexqon xo'jaligi yerlar ijarasi (Ko'rish)
🔷Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari (Ko'rish)
🔷Ko'chmas mulk (Ko'rish)
🔷Avtomototransport (Ko'rish)
🔷Yer uchastkalari (Ko'rish)
🔷Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi (Ko'rish)
🔷Maxsus texnikalar (Ko'rish)
🔷Ko'chma savdo joylari (Ko'rish)
🔷"O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari (Ko'rish)
🔷"O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari (Ko'rish)
🔷"O'zagroservis" AJ mol -mulklari (Ko'rish)
🔷Микромарказлар (Ko'rish)
🔷Elektr stansiyalarini qurish huquqi (Ko'rish)
☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10
📹 Видео кўлланма
👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

Yangi yil quvonchi har bir xonadonda!
🎁 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi jamoasi tomonidan Yangi yil arafasida aholi xonadonlariga bayram yo'qlovlari uyushtirildi.
Xususan, Nurafshon shahrining “To‘ytepa” MFY hududida yashovchi xonadonlarda bo‘lib, oilalar holidan xabar oldilar. Bayram munosabati bilan bolajonlarga va ularning ota-onalariga Yangi yil sovg‘alari ulashildi.
✨ Mazkur tashabbusdan maqsad:
🔷yurtdoshlarimizga bayram kayfiyatini ulashish;
🔷ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
🎄 Yangi yil barchamizga qutlug‘ kelsin!
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍4❤1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi.
– dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.
Facebook|Instagram|X
“So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik.
Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik.
Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik.
Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin”,
– dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.
Facebook|Instagram|X
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan va yaqin-yaqingacha hech kim tasavvur qila olmagan o‘zgarishlar, davlatlar o‘rtasida iqtisodiy qarama-qarshilik, xavfsizlikka tahdidlar ortib borayotgan tahlikali bir vaziyatda sizlar bilan o‘ta murakkab yilni yakunlayapmiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, boshlangan demokratik islohotlar qat’iy davom ettirilgani, xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi va yoshlarimizning g‘ayrat-shijoati, hamjihatlik asosi bo‘lgan mahallaning hayotimizdagi o‘rni va ta’siri kuchaytirilgani, odamlarning ongi va dunyoqarashi o‘zgarib, el-yurtimiz yanada jipslashgani, tadbirkor, dehqon va fermerlarning tashabbuskorligi va mardona mehnati, o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan do‘stona tashqi siyosat hisobiga 2025-yilda barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi.
Avvalo, jahon miqyosida ishlab chiqarish va transport-logistika zanjirlari uzilgan, xomashyo va moliyaviy resurslar narxi oshgan sharoitda ham mamlakatimiz iqtisodiyoti ishonchli va barqaror o‘sishda davom etmoqda.
Bu natijalar dunyo hamjamiyati va nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilmoqda.
Facebook|Instagram|X
❤1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“E’tibor bering, bundan to‘qqiz yil oldin iqtisodiyotimiz hajmini 100 milliard dollarga yetkazish biz uchun juda katta marra bo‘lib ko‘rinardi.
Bu yil tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 milliard dollardan oshdi. Bunday yuksak natijalar xalqimizning, barchamizning qanday ulkan ishlarga qodir ekanimizni yaqqol namoyon etmoqda”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Global savdo tizimida “o‘yin qoidalari” o‘zgarayotgan bir paytda joriy yil eksportimiz 23 foizga oshib, 33,4 milliard dollarga yetkazilishi ta’kidlandi. Eng muhimi, oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor 60 milliard dollardan oshdi.
Bu yil iqtisodiyotimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarga yetdi.
Jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31,9 foizni tashkil etmoqda. Bu esa iqtisodiyotimiz kelgusi yillarda ham yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sib borishi uchun zamin bo‘ladi.
Facebook|Instagram|X
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi, xalqaro reytinglardagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda.
Xususan, yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pog‘onasiga ko‘tardi.
– dedi Prezidentimiz.
Shuningdek, Jahon banki e’lon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekiston 71 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, dunyoning TOP-10 ta mamlakati qatoridan joy oldi.
Facebook|Instagram|X
Xususan, yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pog‘onasiga ko‘tardi.
“Bu gaplar ko‘pchilikka oddiy bir fakt bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin iqtisodchilar, investor va bankirlar gap naqadar katta natijalar haqida borayotganini juda yaxshi tushunib turibdi.
Birgina ana shu o‘zgarish tufayli chetdan jalb qilinadigan resurslarning foiz stavkasi 1-1,5 punktga pasayib, tashqi qarz xarajati yiliga 250-300 million dollarga kamayadi”,
– dedi Prezidentimiz.
Shuningdek, Jahon banki e’lon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekiston 71 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, dunyoning TOP-10 ta mamlakati qatoridan joy oldi.
Facebook|Instagram|X
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Aholi farovonligi va biznesni o‘stirishga xizmat qiladigan infratuzilmani yanada yaxshilash bo‘yicha ham 2025-yil katta o‘zgarishlar yili bo‘ldi.
Xususan, energetika sohasida tub burilish yasalgani hisobiga elektr ishlab chiqarish hajmi 85 milliard kilovatt-soatga yetkazildi.
Bu yil 188 ta mahalladagi 715 ming aholi yashaydigan xonadonlarga birinchi marta toza ichimlik suvi kirib bordi, yana 2 million 300 mingga yaqin aholining suv ta’minoti yaxshilandi. Yoki 867 ta “og‘ir” mahalladagi 470 mingta xonadonga tomorqalarni sug‘orish uchun ilk bor suv yetib bordi.
Joriy yilda aholiga 8 million 100 ming kvadrat metr ko‘p qavatli uylar topshirilmoqda, odamlarning o‘zi ham yashash sharoitini yaxshilash uchun 19 million kvadrat metr maydonda qurilish qildi.
Biznes vakillari tomonidan 24 million kvadrat metr noturar joy obyektlari barpo etildi.
Umuman, so‘nggi to‘qqiz yilda 210 million kvadrat metrli turar joy va noturar joy obyektlari foydalanishga topshirildi.

Joriy yilda 5 million aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqdi, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambag‘allikdan xoli” hududga aylandi.
Kambag‘al oilalarga mansub 168 ming nafar bola davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilindi. Bu yildan boshlab 208 ta bog‘chada birinchi marta inklyuziv ta’lim tizimi joriy etildi.
Yurtimizda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi.
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X
Kambag‘al oilalarga mansub 168 ming nafar bola davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilindi. Bu yildan boshlab 208 ta bog‘chada birinchi marta inklyuziv ta’lim tizimi joriy etildi.
Yurtimizda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi.
“Bu ishlarni boshlaganimizda aholining uchdan bir qismi kambag‘allik chegarasida yashardi.
Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yo‘lga qo‘yganimiz va bularni mahalladagi “yettilik”ning o‘ziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik 2 karra qisqardi.
Natijada uch yil oldin kambag‘allikni 2026-yil yakuni bilan 2 karra qisqartirish bo‘yicha olgan marramizni shu yilning o‘zida uddaladik”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Eng muhim yutuqlarimiz haqida so‘z yuritganda, azm-u shijoatli sportchilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda erishgan g‘alabalarini mamnuniyat bilan ta’kidlash o‘rinlidir”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Avvalo, O‘zbekiston futboli uchun 2025-yil chinakam tarixiy yil bo‘ldi. Milliy terma jamoamiz ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mohir shaxmatchilarimiz jahon kubogida munosib ishtirok etdi. Ayniqsa, navqiron grossmeysterimiz Javohir Sindorov jahon kubogining eng yosh sohibi bo‘lgani barchamizga yuksak g‘urur bag‘ishlaydi.
O‘tgan haftada 9-17 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz vakillari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Jasorat va matonat sohibi bo‘lgan sportchilarimiz bu yilgi yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarida 125 ta oltin, 77 ta kumush va 52 bronza medalini qo‘lga kiritib, ishtirokchi davlatlar orasida eng yuqori natijani qayd etdi.
Facebook|Instagram|X
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Iste’dodli o‘g‘il-qizlarimiz ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda erishayotgan katta yutuqlari bilan ham Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.
O‘quvchi va talabalarimiz joriy yilda xalqaro fan olimpiadalarida 51 ta oltin, 101 ta kumush, 126 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z bilim va salohiyatini butun dunyoga namoyish qildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston kelgusi yili 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga, 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga, 2029-yilda esa Yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Shu bilan birga, 2026-yilda yurtimizda ilk bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida nufuzli xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar talabalari o‘rtasida muhandislik yo‘nalishlarida, Turkiy davlatlar texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kasb yo‘nalishlarida xalqaro olimpiada o‘tkaziladi.
Bunday nufuzli tadbirlar Vatanimizni rivojlangan sport va ilm-fan mamlakatiga aylantirish, uning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Keyingi paytda yurtimiz global masalalar muhokama qilinadigan xalqaro muloqot maydoniga aylanib bormoqda.
Xususan, bu yil Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi, UNESCO Bosh konferensiyasining sessiyasi, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti va xalqaro Iqlim forumiga mezbonlik qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining mart oyida Xo‘jandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida birinchi marta uch mamlakat davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzolandi hamda “Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi deklaratsiya” qabul qilindi.
Mintaqamiz davlat rahbarlarining yaqinda Toshkentdagi Maslahat uchrashuvi chog‘ida integratsiya jarayonlarini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun Markaziy Osiyo hamjamiyati strategik formatini tashkil qilish g‘oyasi ilgari surildi. Ozarbayjonni Markaziy Osiyo formatiga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish to‘g‘risidagi qaror tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ushbu qadam Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasida strategik bog‘liqlik hamda barqarorlikni kuchaytirishi shubhasiz.

Oktabr oyida Bryusselda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va AQSH sammiti ko‘p tomonlama va uzoq muddatli sheriklikni sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi.
O‘tgan haftada Tokioda Markaziy Osiyo va Yaponiya yetakchilarining uchrashuvida ta’lim, tibbiyot, raqamli texnologiyalar, infratuzilma va sanoat sohalari bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Shu haftaning boshida esa Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ham hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab berdi.

“Bularning barchasi xalqaro aloqalarimizni mazmun jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda. Biz dunyodagi uzoq-yaqin mamlakatlar bilan Sharq va G‘arb, Shimol va Janub bilan hamkorlik ko‘priklarini qurishda davom etamiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X