Nurafshon shahri hokimligi
3.22K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
57 files
12.4K links
Download Telegram
"Obod turmush" mahallasi aholisi uchun Yangi yil bayrami konserti tashkil etildi

📅 2025-yil 26-dekabr holatiga

🔹Yangi - 2026-yil kirib kelishi munosabati bilan butun Respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔹Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida 2025-yil 20-dekabrdan 30-dekabrgacha 16 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli bayram tadbirlari va konsert dasturlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, 26-dekabr kuni "Obod turmush" mahallasida aholi uchun quvonchli va ko‘ngilochar bayram dasturi tashkil etildi. Tadbirlar jarayonida shahar mahalla uyushmasi mas'ullari ishtirokida Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Ishtirokchilar tomonidan namoyish qilingan sahna ko‘rinishlari va maftunkor raqslar, ayniqsa, Qorbobo va qorqizning chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1👏1👌1
Nurafshonda yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish maqsadida keng qamrovli tayyorgarlik ishlari va xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda


🔹Shahar markaziga o‘rnatilgan bayram archasi yorqin va rang-barang chiroqlar bilan bezatilib, bayramona muhit yaratildi. Bu esa Nurafshon shahrida Yangi yil bayramining yuqori saviyada o‘tishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Bugun Nurafshon shahar prokurori T. Karimov, shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik A. Yuldashev hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari yangi yil bayrami oldidan tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Ular amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, bayram tadbirlarini sifatli va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdilar.


🔹Ayni paytda shahar bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilib, tegishli soha xodimlari tomonidan navbatchilik tashkil etilgan. Shuningdek, shahar obodonchiligi, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida doimiy nazorat o‘rnatilgan.
3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olinadi

O‘zbekiston Respublikasida 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:

1 bosqich 15-31-yanvar
17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.

2 bosqich 4-28-fevral
“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.

❗️Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.

❗️Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.

Savolnoma tarkibi
Jami savollar soni: 71 ta
Aholiga oid: 54 ta
Qishloq xo‘jaligiga oid: 17 ta
👍2
#yangi_yil_shukuhi

Nurafshon shahrining bosh archasi qad rostlagan maydonda Yangi yil shukuhi hamda bayramona kayfiyat hukmron.


Quyidagi manzil orqali Yangi yil bayrami nishonlanayotgan asosiy maydonga keling, ko'ring va bayram shodligidan bahramand boʻling.
📍Manzil

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2🤝2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha favqulodda ishlash yili bo‘ladi

Facebook|Instagram|X
Prezident Murojaatnomasining leksik tahlili: eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar, asosiy mavzularning ulushi va tarkibi

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahar markaziy dehqon bozorida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi davom etmoqda

Videosharh


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2👏2🔥1
Nurafshon shahrida “Xalq nazorati” platformasini joriy etish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi


🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-iyundagi videoselektor yig‘ilishi bayonida “Xalq nazorati” platformasini “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi”ga integratsiya qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Nurafshon shahri hokimligida platformani amaliyotga tatbiq etish yuzasidan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, shahar prokuror o’rinbosari A. Olimov hamda korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.


🔹Seminarda Toshkent shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti boshlig’i o’rinbosari Dilshod Husanjonov tomonidan “Xalq nazorati” platformasi orqali fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish va ularni ko‘rib chiqish tartibi, muammolarni belgilangan muddatlarda tez va sifatli hal etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
4🔥2