Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida “Xalq nazorati” platformasini joriy etish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi


🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-iyundagi videoselektor yig‘ilishi bayonida “Xalq nazorati” platformasini “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi”ga integratsiya qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Nurafshon shahri hokimligida platformani amaliyotga tatbiq etish yuzasidan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, shahar prokuror o’rinbosari A. Olimov hamda korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.


🔹Seminarda Toshkent shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti boshlig’i o’rinbosari Dilshod Husanjonov tomonidan “Xalq nazorati” platformasi orqali fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish va ularni ko‘rib chiqish tartibi, muammolarni belgilangan muddatlarda tez va sifatli hal etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
4🔥2
Nurafshon shahrida “Xalq nazorati” platformasini joriy etish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi


FOTONIGOH
🔥21👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahrida arzonlashtirilgan yarmarkalar davom etmoqda

📅 2025-yil 27-dekabr holatiga


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan  reja asosida mahallalarda arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda. Ana shunday navbatdagi yarmarka “Taraqqiyot” mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada aholining kundalik ehtiyoji uchun muhim bo‘lgan sifatli hamda arzon mahsulotlar keng assortimentda  savdoga chiqarildi. Mahalla aholisining mahsulotlarga yuqori talab bildirgani, ularning bunday yarmarkalarga ehtiyoji katta ekanini ko‘rsatadi.


Ta’kidlash lozimki, aholini qo‘llab-quvvatlash va ularni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida shunday arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari shahar bo‘ylab barcha mahallalarda muntazam o‘tkazilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil_shukuhi

Nurafshon shahrining bosh archasi qad rostlagan maydonda Yangi yil shukuhi hamda bayramona kayfiyat hukmron.


Quyidagi manzil orqali Yangi yil bayrami nishonlanayotgan asosiy maydonga keling, ko'ring va bayram shodligidan bahramand boʻling.
📍Manzil

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Is gazi – ko‘rinmas qotil

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qiling.