Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#bildirish

Hurmatli tabiiy gazdan foydalanuvchi fuqarolar!


"Nurafshonshahargaz" ta'minoti bo'limi shuni ma’lum qiladi:

Yangi yil bayrami arafasida tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va oldindan amalga oshirishingizni so‘raymiz. Bu gaz ta’minotining uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.


🔹To‘lovlarni banklarning mobil ilovalari orqali amalga oshirishni tavsiya etamiz!

📞Tabiiy gazga oid savollar va murojaatlar uchun 1104 raqamiga, xonadonda gaz hidi sezilganda esa zudlik bilan 104 yoki +99899 004 81 04 raqamlariga qo'ng'iroq qilishingizni so‘raymiz.

"Nurafshonshahargaz" ta'minoti bo'lim ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#bildirish

Hurmatli Nurafshon shahar aholisi!

➡️ 28-dekabr kuni soat 10:00 da, Nurafshon shahar IIB binosida
shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Yuldashevning navbatdagi “SAYYOR QABULI” bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, muammolar va takliflarini bevosita ichki ishlar organlari rahbariyatiga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Barcha fuqarolarni faol ishtirok etishga taklif etamiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2👌1