Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
#Yangi_yil_shukuhi

🎄Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari Yangi yil bayrami oldidan munosib taqdirlandi

Nurafshon shahrida yangi yil arafasida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari uchun taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari F. Shomurodov soha fidoyilariga bayram sovg‘alari hamda shahar hokimining tashakkurnomalarini tantanali ravishda topshirdi.


🔹Shuningdek, xodimlarga ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi ham taqdim etildi. Bu kabi eʼtibor va rag‘bat bayram oldidan xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

🔹Ta’kidlash joizki, 2025-yil davomida Saidburxon Azizxodjayev rahbarlik qilayotgan Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shaharda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, yangi bog‘lar, gulzorlar barpo etildi, ko‘chalarda tozalik va ozodalikka alohida e’tibor qaratildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍7🔥21👏1
#2026_yil_1_yanvardan

💸 Qonunchilikka ko'ra, kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmasevtika xodimlarining farzandlariga oliy ta'lim tashkilotlarida bakalavriat yo'nalishi bo'yicha yillik kontrakt summasining 30 foizi, biroq BHMning 15 baravaridan oshmaydigan qismi qoplab beriladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#Yangi_yil_shukuhi

🎄Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari Yangi yil bayrami oldidan munosib taqdirlandi

FOTONIGOH


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏3🔥21👍1