Nurafshon shahri hokimligi
3.22K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
57 files
12.4K links
Download Telegram
Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahrida arzonlashtirilgan yarmarkalar davom etmoqda

📅 2025-yil 29-dekabr holatiga


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan  reja asosida mahallalarda arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda. Ana shunday navbatdagi yarmarka “Degantepa” mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada aholining kundalik ehtiyoji uchun muhim bo‘lgan sifatli hamda arzon mahsulotlar keng assortimentda  savdoga chiqarildi. Mahalla aholisining mahsulotlarga yuqori talab bildirgani, ularning bunday yarmarkalarga ehtiyoji katta ekanini ko‘rsatadi.


Ta’kidlash lozimki, aholini qo‘llab-quvvatlash va ularni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida shunday arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari shahar bo‘ylab barcha mahallalarda muntazam o‘tkazilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1🔥1
#Bildirish

🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi "Yangi yil bayrami munosabati bilan "Prezident archasi" tadbirini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida"gi 238-sonli yig'ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, aholi xavfsizligini muhofaza qilish, yo'l transport harakatini tartibga solish va turli favqulotda holatlarning oldini olish maqsadida

2025-yilning 17-dekabridan 2026-yilning 12-yanvarigacha:

🔹Nurafshon shahri markaziy chorrahasi, "Toshkent yo'li" ko'chasining "Bobur" ko'chasiga burilishdan (4R 22) "Obod turmush" mahallasi burilishigacha bo'lgan yo'lning qo'shimcha harakatlanish qismida;

🔹Nurafshon “Business city hududidagi "Yangiobod" ko'chasi, G62 avtomobil yo'lining bir tomonlama qismida avtotransport vositalari harakati vaqticha cheklanadi.

Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎄YANGI YILDA KATTA BAYRAM KONSERTI! 🎉

📅 Sana: 31-dekabr, Chorshanba kuni
Soat: 19:00 da
📍Manzil: Nurafshon shahri markaziy maydonda ("Makro" supermarketi qarshisida)

🎤 Konsert dasturida:
Taniqli estrada xonandasi — Doston Ergashev va bir guruh san'atkorlar ishtirok etadi.

Siz azizlarni bayramona konsert dasturi, takrorlanmas sahnaviy chiqishlar va unutilmas lahzalarga boy shoular kutmoqda!

📌 Tashkilotchilar:
Nurafshon shahri hokimligi hamda shahar Madaniyat bo‘limi

🔹 Barchangizni Yangi yil konsertiga taklif qilamiz!


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#yangi_yil_shukuhi

Nurafshon shahrining bosh archasi qad rostlagan maydonda Yangi yil shukuhi hamda bayramona kayfiyat hukmron.


Quyidagi manzil orqali Yangi yil bayrami nishonlanayotgan asosiy maydonga keling, ko'ring va bayram shodligidan bahramand boʻling.
📍Manzil

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
Nurafshon shahrida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari Yangi yil bayrami arafasida munosib rag‘batlantirildi

Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahridagi "O'zbegim" to'yxonasida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov va bir guruh mas'ullar ishtirok etib, barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy qutladi.


🔹Shuningdek, obodonlashtirish sohasida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh xodimlarga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi. Qolaversa, xodimlarga ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi ham taqdim etildi. Bu kabi eʼtibor va rag‘bat bayram oldidan xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

🔹Ta’kidlash joizki, 2025-yil davomida Saidburxon Azizxodjayev rahbarlik qilayotgan Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shaharda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida bir qator muhim ishlar amalga oshirildi.

🔹Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida yangi bog‘lar barpo etilib, minglab daraxt va gullar ekildi. Ko‘chalar va yo‘laklar ta’mirlanib, zamonaviy yoritgichlar o‘rnatildi. Shuningdek, aholi ishtirokida muntazam obodonlashtirish tadbirlari tashkil etildi. Ushbu ishlar shaharni yanada go‘zal va qulay maskanga aylantirishga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍4🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1