Nurafshon shahri hokimligi
3.22K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
PQ–1 qarori ijrosi — muntazam rag‘bat va samarali mehnat natijasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash yo‘lida yil davomida fidokorona mehnat qilib kelgan rahbar va xodimlar Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan munosib ravishda taqdirlandi.


🔹Taqdirlash marosimida mahallalarda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etishda yuqori natijalarga erishgan xodimlarning mehnati alohida e’tirof etildi.

Ayniqsa, shahar hokimi tomonidan barcha tizim va soha xodimlarini muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani fidokor xodimlar uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu esa belgilangan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.

🔹Bunday e’tibor va rag‘bat, shubhasiz, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash hamda aholi osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning izchil davom etishiga zamin yaratadi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2🔥1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎄YANGI YILDA KATTA BAYRAM KONSERTI! 🎉

📅 Sana: 31-dekabr, Chorshanba kuni
Soat: 19:00 da
📍Manzil: Nurafshon shahri markaziy maydonda ("Makro" supermarketi qarshisida)

🎤 Konsert dasturida:
Taniqli estrada xonandasi — Doston Ergashev va bir guruh san'atkorlar ishtirok etadi.

Siz azizlarni bayramona konsert dasturi, takrorlanmas sahnaviy chiqishlar va unutilmas lahzalarga boy shoular kutmoqda!

📌 Tashkilotchilar:
Nurafshon shahri hokimligi hamda shahar Madaniyat bo‘limi

🔹 Barchangizni Yangi yil konsertiga taklif qilamiz!


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
#sessiya

🗓29.12.2025.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Sessiyada xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibiga bir qator dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:

🔹2026-yilda Nurafshon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida;

🔹2026-yil mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida;

🔹Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisini saylash toʻgʻrisida;


🔹boshqa masalalar.


Sessiya davomida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining VII chaqiriq 15-sessiyasida ochiq va oshkora ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, shahar Kengashining qarori bilan deputat Rashidov Oʻtkirbek  Toʻrabekovich Nurafshon  shahar Kengashi raisi etib saylandi.

Ko‘rilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 ЁШЛАР ВА КЎНГИЛЛИЛАР УЧУН ТАНЛОВ!

Рўйхатга олиш тадбири тарғиботни кенг ёритинг — қимматбаҳо совғаларни ютиб олинг!


🇺🇿 Мамлакатимизда 2026 йил 15 январдан 28 февралгача ўтказиладиган аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбири — бу юртимиз тараққиёти учун жуда муҳим жараёндир.

👥 Шу муносабат билан ёшлар ва фаол кўнгиллиларни ушбу тадбирнинг мазмун-моҳиятини аҳоли орасида кенг тарғиб этишга чорлаймиз!


🎯 Танловнинг асосий мақсади

— Рўйхатга олиш жараёнини аҳолига тўғри, тушунарли ва қизиқарли тарзда етказиш

— Тадбир ҳақидаги ахборотни ижтимоий тармоқларда кенг ёритиш

— Ёшлар ўртасида фаоллик ва ижодкорликни рағбатлантириш


🏆 Ғолиблар учун қимматбаҳо совғалар!

Тадбир ҳақида энг кўп ва самарали тарғибот олиб борган ёшларга:

📱 Смартфонлар

📱 Планшетлар

💻 Ноутбуклар тақдим этилади!



👥 Танловда ким иштирок этиши мумкин?

16 ёшдан 30 ёшгача бўлган ёшлар

— Кўнгиллилар, блогерлар, талабалар

— Ахборотни ижтимоий тармоқларда фаол тарқатувчи ҳар қандай фуқаро


🎥 Иштирок этиш тартиби

1️⃣ Рўйхатга олиш тадбири ҳақида тарғибот материалларини тайёрланг (видео, постер, матн, инфографика ва ҳ.к.)
2️⃣ Уларини ижтимоий тармоқларга жойлаштиринг
3️⃣ Махсус хештегдан фойдаланинг:
#royxatgaolish2026
4️⃣ Материалларингизни танлов ташкилотчиларига юборинг

📌 Келинг, муҳим жараённи биргаликда тарғиб қилайлик!

Мамлакат тараққиёти учун ҳар бирингизнинг ҳиссангиз муҳим. Фаол бўлинг, ахборотни тўғри етказинг ва қимматбаҳо совғаларни ютинг!


📩 Ижодий ишларни юбориш учун манзил:
https://t.me/engyaxshitargibotmateriali_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 3 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 1 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎄YANGI YILDA KATTA BAYRAM KONSERTI! 🎉

📅 Sana: 31-dekabr, Chorshanba kuni
Soat: 19:00 da
📍Manzil: Nurafshon shahri markaziy maydonda ("Makro" supermarketi qarshisida)

🎤 Konsert dasturida:
Taniqli estrada xonandasi — Doston Ergashev va bir guruh san'atkorlar ishtirok etadi.

Siz azizlarni bayramona konsert dasturi, takrorlanmas sahnaviy chiqishlar va unutilmas lahzalarga boy shoular kutmoqda!

📌 Tashkilotchilar:
Nurafshon shahri hokimligi hamda shahar Madaniyat bo‘limi

🔹 Barchangizni Yangi yil konsertiga taklif qilamiz!


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar harakati sardorlar saylovining shahar bosqichi bo'lib o'tdi

Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi hamda shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi hamkorligida mahalla sardorlari o‘rtasida bolalar harakati sardorlari saylovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda faol, tashabbuskor va yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.

Mazkur bosqich mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, yetakchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi.


Tadbir yakunida shahar sardori etib saylangan yoshlarga esdalik sovg‘alari hamda ishonch yorliqlari topshirildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍42🔥1
#Bildirish

🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi "Yangi yil bayrami munosabati bilan "Prezident archasi" tadbirini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida"gi 238-sonli yig'ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, aholi xavfsizligini muhofaza qilish, yo'l transport harakatini tartibga solish va turli favqulotda holatlarning oldini olish maqsadida

2025-yilning 17-dekabridan 2026-yilning 12-yanvarigacha:

🔹Nurafshon shahri markaziy chorrahasi, "Toshkent yo'li" ko'chasining "Bobur" ko'chasiga burilishdan (4R 22) "Obod turmush" mahallasi burilishigacha bo'lgan yo'lning qo'shimcha harakatlanish qismida;

🔹Nurafshon “Business city hududidagi "Yangiobod" ko'chasi, G62 avtomobil yo'lining bir tomonlama qismida avtotransport vositalari harakati vaqticha cheklanadi.

Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi
👍1