#Bildirish
🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi "Yangi yil bayrami munosabati bilan "Prezident archasi" tadbirini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida"gi 238-sonli yig'ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, aholi xavfsizligini muhofaza qilish, yo'l transport harakatini tartibga solish va turli favqulotda holatlarning oldini olish maqsadida
✅2025-yilning 17-dekabridan 2026-yilning 12-yanvarigacha:
🔹Nurafshon shahri markaziy chorrahasi, "Toshkent yo'li" ko'chasining "Bobur" ko'chasiga burilishdan (4R 22) "Obod turmush" mahallasi burilishigacha bo'lgan yo'lning qo'shimcha harakatlanish qismida;
🔹Nurafshon “Business city” hududidagi "Yangiobod" ko'chasi, G62 avtomobil yo'lining bir tomonlama qismida avtotransport vositalari harakati vaqticha cheklanadi.
✅Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.
✍️Nurafshon shahar hokimligi

👍1
#Bildirish
🎆Yangi yil arafasida kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim.
📍Qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortadi. Shu bois, kommunal xizmatlardan uzluksiz foydalanish uchun to‘lovlarni kechiktirmaslik juda muhimdir.
🖇Ma’lumki, barcha turdagi kommunal hisoblagichlarda qarzdorlik qayd etilgan taqdirda, amaldagi qonunchilikka muvofiq xizmatlar avtomatik tarzda tarmoqdan uzilishi mumkin. Bu esa Yangi yil bayrami arafasida noqulay holatlarga sabab bo‘lishi, aholi uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas.
🎆Shu munosabat bilan, barcha fuqarolardan yangi yil arafasida elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda boshqa kommunal xizmatlar bo‘yicha mavjud to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘raymiz.
Kommunal xizmatlardan oqilona foydalanish va to‘lov intizomiga rioya qilish har birimiz uchun mas’uliyatdir.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

❤2🔥1