Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.1K photos
4.69K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
#Bildirish

🎆Yangi yil arafasida kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim.

📍Qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortadi. Shu bois, kommunal xizmatlardan uzluksiz foydalanish uchun to‘lovlarni kechiktirmaslik juda muhimdir.

🖇Ma’lumki, barcha turdagi kommunal hisoblagichlarda qarzdorlik qayd etilgan taqdirda, amaldagi qonunchilikka muvofiq xizmatlar avtomatik tarzda tarmoqdan uzilishi mumkin. Bu esa Yangi yil bayrami arafasida noqulay holatlarga sabab bo‘lishi, aholi uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas.

🎆Shu munosabat bilan, barcha fuqarolardan yangi yil arafasida elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda boshqa kommunal xizmatlar bo‘yicha mavjud to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘raymiz.

Kommunal xizmatlardan oqilona foydalanish va to‘lov intizomiga rioya qilish har birimiz uchun mas’uliyatdir.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1