Chiqindi tashish bilan shug'ullanuvchi maxsus transport vositalarining texnik holati va mavsumga shayligi o'rganildi
📅 2025-yil 30-dekabr
Bugun, 30-dekabr kuni shahar hokimi Ilhom Klichxanov, hokim o‘rinbosari Farhod Shomurodov hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "Angren Bunyod Fayz" MCHJ, "Nurafshon Obod Hudud" MCH va shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi chiqindi tashish bilan shug'ullanuvchi maxsus transport vositalarining texnik holati va mavsumga shayligi o'rganildi. O'rganish davomida aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olish, chiqindilarni tasdiqlangan reja-grafik asosida o'z vaqtida olib ketish, sifatli xizmat ko'rsatish bo'yicha shahar hokimi tomonidan mas'ullarga ko'rsatma berildi.
🔹Yangi yil bayrami arafasida chiqindi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda ishlovchi haydovchilar va yuk tashuvchi xodimlarning mehnati ham munosib qadrlanib, ularga shahar hokimi tomonidan bayram sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.
👍5❤2🔥2👏1👌1
Chiqindi tashish bilan shug'ullanuvchi maxsus transport vositalarining texnik holati va mavsumga shayligi o'rganildi
FOTONIGOH
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍4👏3❤1🔥1👌1
#Saylov
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining VII chaqiriq 15-sessiyasida ochiq va oshkora ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, shahar Kengashining qarori bilan deputat Rashidov Oʻtkirbek Toʻrabekovich Nurafshon shahar Kengashi raisi etib saylandi.

👍6❤2👏1
#Bildirish
🎆Yangi yil arafasida kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim.
📍Qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortadi. Shu bois, kommunal xizmatlardan uzluksiz foydalanish uchun to‘lovlarni kechiktirmaslik juda muhimdir.
🖇Ma’lumki, barcha turdagi kommunal hisoblagichlarda qarzdorlik qayd etilgan taqdirda, amaldagi qonunchilikka muvofiq xizmatlar avtomatik tarzda tarmoqdan uzilishi mumkin. Bu esa Yangi yil bayrami arafasida noqulay holatlarga sabab bo‘lishi, aholi uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas.
🎆Shu munosabat bilan, barcha fuqarolardan yangi yil arafasida elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda boshqa kommunal xizmatlar bo‘yicha mavjud to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘raymiz.
Kommunal xizmatlardan oqilona foydalanish va to‘lov intizomiga rioya qilish har birimiz uchun mas’uliyatdir.

👏1
#yangi_yil_shukuhi
📅 2025-yil 31-dekabr
✅Quyidagi manzil orqali Yangi yil bayrami nishonlanayotgan asosiy maydonga keling, ko'ring va bayram shodligidan bahramand boʻling.
📍Manzil

Nurafshon shahrining bosh archasi qad rostlagan maydonda Yangi yil shukuhi hamda bayramona kayfiyat hukmron.

❤1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎄YANGI YILDA KATTA BAYRAM KONSERTI! 🎉
📅 Sana: 31-dekabr, Chorshanba kuni
⏰ Soat: 19:00 da
📍Manzil: Nurafshon shahri markaziy maydonda ("Makro" supermarketi qarshisida)
🎤 Konsert dasturida:
Taniqli estrada xonandasi — Doston Ergashev va bir guruh san'atkorlar ishtirok etadi.
✨ Siz azizlarni bayramona konsert dasturi, takrorlanmas sahnaviy chiqishlar va unutilmas lahzalarga boy shoular kutmoqda!
📌 Tashkilotchilar:
Nurafshon shahri hokimligi hamda shahar Madaniyat bo‘limi
🔹 Barchangizni Yangi yil konsertiga taklif qilamiz!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda yoshlar yangi yil arafasida bayram sovg'alarini qabul qildi
🔹Yangi 2026-yil kirib kelishi munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligi tomonidan ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar uchun bayramona tadbirlar tashkil etildi. Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi mas’ullari shahardagi mahallalarga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi, ularning orzu-umidlari, taklif va tashabbuslarini tingladi.
Bayram tadbirlari doirasida faol va iqtidorli o'g'il-qizlar yangi yil bilan samimiy tabriklandi hamda ularga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus yoshlarga g‘amxo‘rlik va e’tibor namunasiga aylandi, ularni yangi marralar sari ruhlantirdi.
🔹Nurafshon shahar hokimligi tomonidan yoshlar bilan doimiy aloqalar mustahkamlanmoqda, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, zamonaviy sharoitlarda kamol topishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil_shukuhi
✅Quyidagi manzil orqali Yangi yil bayrami nishonlanayotgan asosiy maydonga keling, ko'ring va bayram shodligidan bahramand boʻling.
📍Manzil
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Nurafshon shahrining bosh archasi qad rostlagan maydonda Yangi yil shukuhi hamda bayramona kayfiyat hukmron.
✅Quyidagi manzil orqali Yangi yil bayrami nishonlanayotgan asosiy maydonga keling, ko'ring va bayram shodligidan bahramand boʻling.
📍Manzil
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❤1👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil
🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❤1👍1
Prezident topshrig’i bilan O‘zbekistonda 8 mingdan ortiq yetim bolalarga 500 dollarlik omonatlar ochildi
✅ Prezident topshrig’i bilan bu yil o‘tkazilgan “Prezident archasi” doirasida an’anaviy yangi yil sovg‘alariga qo‘shimcha ravishda, bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlarini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilindi — bu ularning ertangi kuni uchun kichik, ammo muhim qadamdir.

0 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlari ochildi. Har bir bunday hisob raqamiga davlat tomonidan 500 dollar miqdorida mablag‘ joylashtirildi. Ushbu mablag‘lar yildan-yilga kapitalizatsiya hisobiga jamg‘arilib boradi. Bola 18 yoshga to‘lgach, ushbu mablag‘lardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, mustaqil hayotga qadam qo‘yish uchun ilk qarorlarini qabul qilishi mumkin.
9 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berildi.
❤1👏1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#rag‘bat
Nurafshon shahrida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari rag‘batlantirildi
Ta’kidlash joizki, 2025-yil davomida boshqarma tomonidan shaharda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida bir qator muhim ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida yangi bog‘lar barpo etilib, minglab daraxt va gullar ekildi. Ko‘chalar va yo‘laklar ta’mirlanib, zamonaviy yoritgichlar o‘rnatildi. Shuningdek, aholi ishtirokida muntazam obodonlashtirish tadbirlari tashkil etildi. Ushbu ishlar shaharni yanada go‘zal va fayzli maskanga aylantirishga xizmat qiladi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
Nurafshon shahrida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari rag‘batlantirildi
Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahridagi "O'zbegim" to'yxonasida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.Sohada fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh xodimlarga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi. Qolaversa, xodimlarga ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi ham taqdim etildi. Bu kabi eʼtibor va rag‘bat bayram oldidan xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Ta’kidlash joizki, 2025-yil davomida boshqarma tomonidan shaharda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida bir qator muhim ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida yangi bog‘lar barpo etilib, minglab daraxt va gullar ekildi. Ko‘chalar va yo‘laklar ta’mirlanib, zamonaviy yoritgichlar o‘rnatildi. Shuningdek, aholi ishtirokida muntazam obodonlashtirish tadbirlari tashkil etildi. Ushbu ishlar shaharni yanada go‘zal va fayzli maskanga aylantirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2🔥1