Nurafshon shahri hokimligi
3.22K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda yoshlar yangi yil arafasida bayram sovg'alarini qabul qildi


🔹Yangi 2026-yil kirib kelishi munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligi tomonidan ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar uchun bayramona tadbirlar tashkil etildi. Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi mas’ullari shahardagi mahallalarga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi, ularning orzu-umidlari, taklif va tashabbuslarini tingladi.

Bayram tadbirlari doirasida faol va iqtidorli o'g'il-qizlar yangi yil bilan samimiy tabriklandi hamda ularga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus yoshlarga g‘amxo‘rlik va e’tibor namunasiga aylandi, ularni yangi marralar sari ruhlantirdi.


🔹Nurafshon shahar hokimligi tomonidan yoshlar bilan doimiy aloqalar mustahkamlanmoqda, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, zamonaviy sharoitlarda kamol topishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil_shukuhi

Nurafshon shahrining bosh archasi qad rostlagan maydonda Yangi yil bayrami shodiyonalari davom etmoqda.


🔹No comment

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏21
#Bayram_tabrigi

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanovning shahar aholisiga bayram tabrigi


Hurmatli Nurafshon shahri aholisi! Aziz yurtdoshlar!

🔹Sizni barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2026-yil bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
O‘tib borayotgan yil Nurafshon shahri hayotida muhim voqealar, ijobiy o‘zgarishlar va yangi yutuqlarga boy bo‘ldi.
Shahrimizda aholi turmush farovonligini oshirish, ijtimoiy soha, ta’lim, tibbiyot, infratuzilma va obodonlashtirish ishlarini yana-da rivojlantirish yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Bu yutuqlar, avvalo, siz fidoyi, mehnatkash va birdam aholimizning sa’y-harakatlari samarasidir.

🔹Yangi yil ostonasida turib, oldimizda turgan ulug‘ maqsadlar yo‘lida yana-da jipslashib, hamjihatlikda mehnat qilish, shahrimizni har tomonlama rivojlangan, obod va farovon maskanga aylantirishga ishonchim komil.

🔹Qutlug‘ Yangi yil har bir xonadonga tinchlik-osoyishtalik, sog‘lik-salomatlik, qut-baraka va fayz olib kelsin. Barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin, farzandlarimiz baxtli, yurtimiz ravnaq topib, Nurafshonimiz yana-da gullab-yashnasin.

🔹Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog‘lik, oilangizga baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman.
Yangi 2026-yil muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ilxom Klichxanov,
Nurafshon shahri hokimi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
6👍2🔥1👏1