Nurafshon shahri hokimligi
3.22K subscribers
43.5K photos
4K videos
57 files
12.3K links
Download Telegram
Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173 son фармони bilan 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari muhim tadbir o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:

1 bosqich 15-31-yanvar
17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.

2 bosqich 4-28-fevral
“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.

❗️Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.
❗️Savolnomadagi ma’lumotlar  boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.


Savolnoma tarkibi
Jami savollar soni: 71 ta
Aholiga oid: 54 ta
Qishloq xo‘jaligiga oid: 17 ta

Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi.
2👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlari e'tibor markazida.

🇺🇿 Ro‘yxatdan o‘ting — kelajakni birgalikda quraylik!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘l bo‘ylari va shahar ko‘chalari bo‘ylab atrof-muhitni obodonlashtirish, hududlarni tozalash ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Bugun boshqarma xodimlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida "Obod" MFY hududida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ushbu jarayonda o‘z mehnatlari bilan ko‘chaning holatini yaxshilashga hissa qo‘shmoqdalar.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
❄️Qish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar

Qish fasli kelishi bilan isitish moslamalari ko‘p ishlatiladi. Shu bois har bir xonadon ahli sodda, lekin muhim qoidalarga amal qilishi shart:


🔧 Gaz jihozlarini faqat soz holatda ishlating. Nosozlikni o‘zingizcha tuzatmang.

🌬 Xonalarni muntazam shamollatib turing — is gazi ko‘rinmaydi, oqibati og‘ir.

🚫🔥Gaz plitasi va isitkich yonida yonuvchan buyumlarni saqlamang.

🪟 Ventilyatsiya yo‘lini to‘sib qo‘ymang — parda, polietilen xavf tug‘diradi.

📟 Hisoblagich ko‘rsatkichlari va bosimdagi o‘zgarishlarga e’tiborli bo‘ling.

⚠️ Gaz hidi sezilsa — jihozlarni o‘chirib, darhol derazani oching va 104 ga qo‘ng‘iroq qiling.

👶 Farzandingizni gaz jihozlaridan uzoq tuting.

Qoidalar oddiy, lekin har birining ortida aholi xavfsizligi turibdi.
Qish mavsumi tinch va osoyishta o‘tishi uchun ushbu tavsiyalarni unutmaslik zarur
.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasi — islohotlar va yangilanishlar yo‘lida

📊 Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda 1-maktab hamda 25-maktabning barcha pedagog xodimlari ishtirok etdilar.

Murojaatnomada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, barcha sohalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va izchil yangilanishlar atroflicha yoritib berildi. Ayniqsa, ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Tadbir davomida jamoa a’zolari Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish, har bir sohada yangicha yondashuv va yuksak mas’uliyat bilan faoliyat yuritish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Songa kirib sanoqda bo‘lish ulkan baxt"

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting!

2026-yil 15-yanvardan onlayn ro‘yxatdan o‘tib, yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylaning va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2👏21
Ma’lumotlar qimmat, ularni himoya qilish shart

➡️Har bir tashkilot, har bir foydalanuvchi bugun raqamli tizimdan foydalanadi.
Ma’lumotlar esa eng qimmat aktivga aylandi.

➡️Statistikaga ko‘ra, dunyoda har 39 soniyada bitta kiberhujum sodir bo‘ladi.
Kiberxavflar endi faqat IT masalasi emas — bu biznes barqarorligi, huquqiy mas’uliyat va inson xavfsizligiga bevosita tahdiddir.

➡️Shu bois, kiberxavfsizlik — har bir xodimning umumiy javobgarligidir.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🔥1👏1
HUDUDIY KORXONALARNING MODDIY TEXNIK IMKONIYATLARI YANADA YAXSHILANMOQDA

📊“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-iyundagi “Hududlardagi taqsimlash tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish hamda elektr tarmoqlari obektlarida ro`y beradigan avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etish va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to`g`risidagi” Farmoyishiga asosan Xitoy Xalq Respublikasidan 400 dona yuk va yo`lovchi tashuvchi maxsus elektromobillar xarid qilindi.

🔹Ayni paytda mazkur elektromobillar bosqichma-bosqich hududlarga yetkazib berilmoqda.

Ushbu maxsus texniklar hududlarda tezkor brigadalar faoliyatini yanada yaxshilash imkonini beradi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👏1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Birga ro‘yxatdan o‘tamiz – birga kelajakni quramiz!

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting!

Hulkar Bo‘riyeva,
"O‘zbekiston 24" telekanali oliy toifali suxandoni
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#muhim

Qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda bu boradagi ishlarni reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, 597-sonli transformator punktida (TP) profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21🔥1