Nurafshon shahri hokimligi
3.22K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
57 files
12.4K links
Download Telegram
HUDUDIY KORXONALARNING MODDIY TEXNIK IMKONIYATLARI YANADA YAXSHILANMOQDA

📊“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-iyundagi “Hududlardagi taqsimlash tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish hamda elektr tarmoqlari obektlarida ro`y beradigan avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etish va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to`g`risidagi” Farmoyishiga asosan Xitoy Xalq Respublikasidan 400 dona yuk va yo`lovchi tashuvchi maxsus elektromobillar xarid qilindi.

🔹Ayni paytda mazkur elektromobillar bosqichma-bosqich hududlarga yetkazib berilmoqda.

Ushbu maxsus texniklar hududlarda tezkor brigadalar faoliyatini yanada yaxshilash imkonini beradi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👏1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Birga ro‘yxatdan o‘tamiz – birga kelajakni quramiz!

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting!

Hulkar Bo‘riyeva,
"O‘zbekiston 24" telekanali oliy toifali suxandoni
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#muhim

Qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda bu boradagi ishlarni reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, 597-sonli transformator punktida (TP) profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 1-yanvar kunidan 31-yanvar kuniga qadar mamlakatimizda "Xavfsiz xonadon oyligi" o‘tkazilmoqda.

💢 Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yurtimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

🔹 Oylik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi:
— Uy-joylarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash;
— Talabalar yotoqxonalari va turar joylarida profilaktika tadbirlarini kuchaytirish;
— Tunda odamlar qoladigan obyektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash;
— Qurilish maydonlarida yong‘in xavfsizligini ta‘minlash.
— Yong‘in, is gazi va gaz chaqnashidan muhofazalanish bo‘yicha aholi o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish.

📞 Favqulodda vaziyatlarda 112, 101, 1050 raqamlariga murojaat qiling.

Nurafshon shahar FVB ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot
xizmati
👍1
“MyDX: Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi — davlat xizmatchisining raqamli "portfeli"ga aylandi

Ushbu ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishga tushirilgan.

Ilova orqali davlat xizmatchilari:

➡️Shaxsiy ma’lumotlarini boshqarishi;
➡️Tashkiloti uchun eng zo‘r tashabbuslarni taklif qilishi;
➡️Shaxsiy rivojlanish rejasini tuzishi;
➡️Bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza berishi va karуerasida yangi cho‘qqilarni zabt etishi;
➡️Eng sara onlayn kurslarda o‘qib, sertifikat olishi va elektron kitoblarni mutolaa qilishi mumkin.

Shuningdek, davlat xizmatchilari ushbu ilova orqali malaka darajalarini ham bilib olishlari mumkin.

Ilovani yuklab oling va undan bepul foydalaning!

▫️Google Play
▫️AppStore
👍1
👍👍👍👍

ai.gov.uz milliy portali ishga tushirildi

O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasini tizimli rivojlantirish yo‘lida muhim qadam qo‘yildi. SI yo‘nalishida mamlakatda amalga oshirilayotgan loyihalar, davlat dasturlari, innovasion startaplar hamda bepul onlayn kurslar haqidagi ma’lumotlarni jamlagan “ai.gov.uz” milliy elektron portali ishga tushirildi.

Ushbu platforma orqali sun’iy intellekt sohasidagi dolzarb tashabbuslar, ta’lim imkoniyatlari va amaliy yechimlar yagona axborot makonida taqdim etiladi.
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿  Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasini onlayn to‘ldirish uchun OneID tizimidan ro‘yxatdan o‘ting.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1
Nurafshon shahridagi Prezident maktabida umumta'lim maktablarining yuqori sinf o'quvchilari uchun uchrashuv tashkil etildi

Uchrashuvda Toshkent viloyati hududiy "Kelajak markazi" direktori Eldor Mirzayev
hamda bugungi kunda Johns Hopkins universitetida tahsil olayotgan va IELTS - 9.0 ball, SAT - 1600 ball sohibi
Boburjon Baxtiyorovlar ishtirok etishdi.



Tashrif davomida Eldor Mirzayev yangi tashkil etilgan "Kelajak markazlari" va "maktab maslahatchilari" faoliyati haqida batafsil ma'lumot berdi.

Boburjon Baxtiyorov o‘quvchilarning xorijiy TOP universitetlarga hujjat topshirish jarayonlari, tayyorgarlik bosqichlari va shaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi
👍1🔥1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xabaringiz_bormi

Aholi muammolarini tezkor hal etish maqsadida «Xalq nazorati» platformasi Toshkent viloyati hududida ham ishga tushdi.

Endilikda qurilish, uy-joy kommunal xizmatlari, toza ichimlik suvi, kanalizatsiya, isitish, elektr ta’minoti, transport va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha murojaatlar vakolatli idoralar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

📝 Murojaat yuborish:

xalqnazorati.uz sayti orqali
• platforma mobil ilovasi (Android va iOS) orqali

Murojaat qoldirish uchun foydalanuvchi:

• shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari va telefon raqami bilan ro‘yxatdan o‘tadi;
• muammo turini tanlab, shaxsiy kabinet orqali murojaat yo‘llaydi;
• manzil va geolokatsiyani ko‘rsatadi.

Murojaatlar 10 kalendar kuni ichida ko‘rib chiqilishi belgilangan.

«Xalq nazorati» — aholining kundalik hayotini yaxshilash, infratuzilma va xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan muhim platforma.

Muammolarni birgalikda hal qilaylik!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1👏1🤝1
#bildirish

⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Nurafshon shahar elektr tarmoqlari  ma’lum qiladi:

F. Toʻytepa 6kV va Olmazor 6kV tarmogʻida va SQB bank elektr tarmogʻida texnik nosozlikni bartaraf etish hamda brigada xavfsizligini ta'minlash maqsadida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi.



🔌 Ish vaqti:
🗓 2026-yil 07-yanvar
soat 13:00 dan 14:00 gacha


Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: "Toʻytepa", "Dehqonobod", "Oybek", "Ma'rifat", "Yangiobod", "Degantepa", "Qumariq" MFY


🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👎3🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining muhokamasi davom etmoqda

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi uzbekistan2030.uz hamda regulation.gov.uz veb-saytlarida o‘zbek va rus tillarida muhokamaga qo‘yilgan.

Unda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” g‘oyasi asosiy mezon sifatida belgilangan.

▫️Muhokamada faol ishtirok eting!
👍1👏1
#Adliya_xabari

💰 Adliya vazirligi tomonidan huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan startap loyihalar 50 mln so'mgacha moliyalashtiriladi.

👉 Tanlov shartlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayotda biror bir natijaga erishish uchun aniq maqsad bilan harakat qilish kerak

Men sportni tanladim. Sabr, matonat bilan mehnat qildim va g‘alaba sari olg‘a bordim.

Siz ham kelajagingiz uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida faol qatnashing.

Yangi O‘zbekistonning kelajagi sizning ishtirokingizda!

Najmiddin Qosimhojiyev,
Taekvondo bo‘yicha jahon chempioni
👏2🔥1
“Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi


🏙Ta’til vaqtida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo'limi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mazmunli ta’til” dasturi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Mazkur bellashuvda Nurafshon shahridagi (Dehqonobod, Ma’rifat, Yangiobod, Nurafshon) mahallalarida yashovchi o'quvchilar ishtirok etdi. Unda yoshlar bilim va tafakkurini sinovdan o‘tkazib, jamoaviy fikrlash hamda hozirjavoblik kabi ijodiy qobiliyatlarini namoyish qildilar.


Ushbu musobaqada “Ma’rifat” MFY yoshlari faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘ringa munosib ko'rilgan bo'lsa, navbatdagi yo'nalishda esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21🔥1