🇺🇿Prokuror va yoshlar uchrashuvi!
Nurafshon shahar prokurori T. Karimov, prokuror o‘rinbosari S. Ibadullayev hamda departament boshlig‘i F. Xasanovlar boshchiligida ularga biriktirilgan yoshlar bilan "Prokuror va yoshlar" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan masalalar, muammo va takliflar batafsil o‘rganilib, har bir murojaat yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksar qismi o‘rnida hal etildi, qolganlari esa nazoratga olinib, ijrosi ta’minlanishi belgilandi.
Shu bilan birga, yoshlar ishtirokida huquqiy savodxonlikka doir tushuntirish ishlari olib borilib, ularning huquq va majburiyatlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning fikr va tashabbuslarini rag‘batlantirish, shuningdek huquqiy madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

❤3👍1👏1
Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo'yicha boshqarmasida tashkillangan yig'ilishda yoshlar masalalari muhokama qilindi
🏙Ushbu yig‘ilishda 2025-yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilish hamda 2026-yilda viloyatda biriktirilgan yoshlar bilan tizimli ishlash masalalari muhokama qilindi.
🔹Tadbirda Nurafshon shahar hokimligi mutasaddilari, shahar va O‘rtachirchiq tumani yoshlar ishlari bo‘limi mas’ullari, Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasidan biriktirilgan mas’ul harbiy xizmatchilar, shuningdek, mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.
🔹Yig‘ilish davomida shahar hokimi o‘rinbosari Sh. Inomxonov so‘zga chiqib, ertamiz egalari bilan ishlashda mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasida o‘zining taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Yakunda esa kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
👍2🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
♟ “Mazmunli ta’til” — foydali va qiziqarli!
📅 2–11-yanvar kunlari Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan mahallalarda o‘tkazilayotgan “Mazmunli ta’til” dasturi doirasida shashka-shaxmat musobaqalari tashkil etildi.
🏙 Mazkur intellektual bellashuv Nurafshon shahar Navro’z mahallasida joylashgan “Nuroniylar maskani”da bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, mantiqiy fikrlash va aqliy salohiyatlarini namoyon etdilar.
✨ Bunday tadbirlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👏2❤1