🇺🇿Prokuror va yoshlar uchrashuvi!
Nurafshon shahar prokurori T. Karimov, prokuror o‘rinbosari S. Ibadullayev hamda departament boshlig‘i F. Xasanovlar boshchiligida ularga biriktirilgan yoshlar bilan "Prokuror va yoshlar" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan masalalar, muammo va takliflar batafsil o‘rganilib, har bir murojaat yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksar qismi o‘rnida hal etildi, qolganlari esa nazoratga olinib, ijrosi ta’minlanishi belgilandi.
Shu bilan birga, yoshlar ishtirokida huquqiy savodxonlikka doir tushuntirish ishlari olib borilib, ularning huquq va majburiyatlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning fikr va tashabbuslarini rag‘batlantirish, shuningdek huquqiy madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

❤3👍1👏1
Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo'yicha boshqarmasida tashkillangan yig'ilishda yoshlar masalalari muhokama qilindi
🏙Ushbu yig‘ilishda 2025-yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilish hamda 2026-yilda viloyatda biriktirilgan yoshlar bilan tizimli ishlash masalalari muhokama qilindi.
🔹Tadbirda Nurafshon shahar hokimligi mutasaddilari, shahar va O‘rtachirchiq tumani yoshlar ishlari bo‘limi mas’ullari, Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasidan biriktirilgan mas’ul harbiy xizmatchilar, shuningdek, mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.
🔹Yig‘ilish davomida shahar hokimi o‘rinbosari Sh. Inomxonov so‘zga chiqib, ertamiz egalari bilan ishlashda mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasida o‘zining taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Yakunda esa kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
👍2🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
♟ “Mazmunli ta’til” — foydali va qiziqarli!
📅 2–11-yanvar kunlari Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan mahallalarda o‘tkazilayotgan “Mazmunli ta’til” dasturi doirasida shashka-shaxmat musobaqalari tashkil etildi.
🏙 Mazkur intellektual bellashuv Nurafshon shahar Navro’z mahallasida joylashgan “Nuroniylar maskani”da bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, mantiqiy fikrlash va aqliy salohiyatlarini namoyon etdilar.
✨ Bunday tadbirlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👏2❤1
#ezgulik
Xorijdagi vatandoshlar farzandlari — doimiy e’tiborda: bugun ular uchun ajoyib Yangi yil sovg‘asi hozirlandi
Mehnat migratsiyasida bo‘lib turgan fuqarolarning farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, xususan, ularni turli bayram tantanalari, yoshlar festivallari hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish yaxshi an’anaga aylangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida bu borada muhim vazifalar belgilangan.
Mazkur talablar ijrosini ta’minlash maqsadida Migratsiya agentligi huzuridagi idoralararo ishchi guruh tomonidan xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Yangi yil munosabati bilan, Toshkent viloyatidan mehnat migratsiyaga ketgan oilalar farzandlari uchun “Zo‘r TV” telekanalidagi Renesans hallda “Sohibjamol va maxluq” nomli multspektakl namoyish etildi. Tadbirda viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan bolalar ishtirok etdi.
Tomosha davomida bolalarga nafaqat maroqli hordiq, balki ezgulik, mehr-oqibat, insoniylik kabi yuksak fazilatlar targ‘ib etildi.Bolajonlarga maxsus Yangi yil sovg‘alari ham ulashildi.
Bunday madaniy tadbirlar migratsiya tufayli ota-onasidan uzoqda ulg‘ayayotgan farzandlarning ma’naviy-ruhiy holatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

❤3👏1🤝1