Nurafshon shahri hokimligi
3.22K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
57 files
12.4K links
Download Telegram
Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo'yicha boshqarmasida tashkillangan yig'ilishda yoshlar masalalari muhokama qilindi

🏙Ushbu yig‘ilishda 2025-yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilish hamda 2026-yilda viloyatda biriktirilgan yoshlar bilan tizimli ishlash masalalari muhokama qilindi.

🔹Tadbirda Nurafshon shahar hokimligi mutasaddilari, shahar va O‘rtachirchiq tumani yoshlar ishlari bo‘limi mas’ullari, Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasidan biriktirilgan mas’ul harbiy xizmatchilar, shuningdek, mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.

🔹Yig‘ilish davomida shahar hokimi o‘rinbosari Sh. Inomxonov so‘zga chiqib, ertamiz egalari bilan ishlashda mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasida o‘zining taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Yakunda esa kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
👍2🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Mazmunli ta’til” — foydali va qiziqarli!

📅 2–11-yanvar kunlari Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan mahallalarda o‘tkazilayotgan “Mazmunli ta’til” dasturi doirasida shashka-shaxmat musobaqalari tashkil etildi.

🏙 Mazkur intellektual bellashuv Nurafshon shahar Navro’z mahallasida joylashgan “Nuroniylar maskani”da bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, mantiqiy fikrlash va aqliy salohiyatlarini namoyon etdilar.

Bunday tadbirlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👏21
#ezgulik

Xorijdagi vatandoshlar farzandlari — doimiy e’tiborda: bugun ular uchun ajoyib  Yangi yil sovg‘asi hozirlandi

Mehnat migratsiyasida bo‘lib turgan  fuqarolarning farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, xususan, ularni turli bayram tantanalari, yoshlar festivallari hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish yaxshi an’anaga aylangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida bu borada muhim vazifalar belgilangan. 

Mazkur talablar ijrosini ta’minlash maqsadida Migratsiya agentligi huzuridagi idoralararo ishchi guruh tomonidan xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yangi yil munosabati bilan,  Toshkent viloyatidan mehnat migratsiyaga ketgan oilalar farzandlari uchun “Zo‘r TV” telekanalidagi Renesans hallda “Sohibjamol va maxluq” nomli multspektakl namoyish etildi. Tadbirda viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan bolalar ishtirok etdi.

Tomosha davomida bolalarga nafaqat maroqli hordiq, balki ezgulik, mehr-oqibat, insoniylik kabi yuksak fazilatlar targ‘ib etildi.Bolajonlarga maxsus Yangi yil sovg‘alari ham ulashildi.

Bunday madaniy tadbirlar migratsiya tufayli ota-onasidan uzoqda ulg‘ayayotgan farzandlarning ma’naviy-ruhiy holatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
3👏1🤝1
#bildirish

Gaz ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi


👉"Nurafshonshahargaz" ta'minoti bo'limi shuni ma’lum qiladi:

Nurafshon shahri va O‘rtachirchiq tumani orasidagi gaz ta’minoti hisoblagichlarini almashtirish ishlari olib boriladi.

Ga'z ta'minoti vaqtincha to'xtatiladigan iste'molchilar:

Xonadonlar soni: 550 ta
Ulgurji iste'molchilar soni: 12 tani tashkil qiladi.

🔌 Ish vaqti:
🗓 2026-yil 12-yanvar
Soat 15:00 dan 17:00 gacha

Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda gaz ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri:

🔹"Degantepa" MFYning "Degantepa" va "Qoraqo'yli" 1-2 ko'chalari

🔹"Obod turmush" MFYning "Evalak" ko'chasi


Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

📞Murojaat uchun telefon raqami: +99899-004-81-04

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Songa kirib sanoqda bo‘lish ulkan baxt"

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting!

2026-yil 15-yanvardan onlayn ro‘yxatdan o‘tib, yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylaning va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1👏1
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

⚡️Dushanba kunidan maktablarda uchinchi chorak boshlanadi

Ma'lumot uchun, ikkinchi chorakdagi darslar 28-dekabr kuni yakunlangan edi va o‘quvchilar qishki ta’tilga chiqqandi.

12-yanvar, dushanba kunidan boshlab barcha maktablarda uchinchi chorakning ilk o‘quv kuni boshlanadi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
#stop_korrupsiya

📢 Pensiya jamg‘armasi tizimida korrupsion holatlarga duch keldingizmi? Bizga “Tezkor xabar” bering!

🛑 Korrupsiyaga “Yo‘q” deb ayting!

💻 Tizimda korrupsiya holatlari va noqonuniy harakatlar haqida xabar berish uchun 12-71 ishonch telefonimiz yoki ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi sahifalarimiz orqali biz bilan bog‘laning:

➡️ Telegrambot: @pensiyauzbot

➡️ Facebook: https://www.facebook.com/pensiyauzb/
➡️ Instagram: https://www.instagram.com/pensiyauzb/

📥 Elektron pochta:
pension_uz@imv.uz

📨 Murojaatlaringizga dushanbadan jumagacha 09:00 dan 18:00 gacha o‘z vaqtida javob beriladi.

📅 Dam olish kunlarida jo‘natgan murojaatlaringiz birinchi ish kunidayoq ko‘rib chiqiladi va javob beriladi.

⚠️ Unutmang, korrupsiya haqida xabar bergan yoki uning oldini olishga ko‘maklashgan xodimlar yoki fuqarolarning xavfsizligi kafolatlanadi. Yodda tuting, korrupsiya mamlakat rivojlanishidagi asosiy to‘siqdir.

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati
👍1