Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
Nurafshonda xalqaro investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov Xitoyning “CCSP Holding Group” kompaniyasi rahbari va O‘zbekistondagi Jiangsu provinsiyasi Savdo palatasi prezidenti janob Yuan Jichjouni qabul qildi. Uchrashuv davomida zamonaviy dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


🔹Muzokaralarda yoshlarni zamonaviy kasb va mutaxassisliklarga yo‘naltirish maqsadida ko‘p tarmoqli o‘quv markazini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

🔹Mazkur kompaniya Xitoyda muhandislik boshqaruvi modelini o‘z ichiga olgan, xalqaro darajada tan olingan mehnat, ta’lim, boshqaruv va texnologiya yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi o‘quv akademiyasi tizimini shakllantirgani bilan ajralib turadi. Uning markaziy shtab-kvartirasi Xitoyning Jiangsu provinsiyasidagi Jiangning tumanida joylashgan bo‘lib, hozirda BAA, Tailand va endilikda O‘zbekistonda ham o‘z filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
👍2🔥1👏1🤝1
Hurmatli fuqaro! Yagona identifikatsiya tizimida (OneID) ro‘yxatdan o‘tib, 2026-yil 15 – 31yanvar kunlari “census.stat.uz” portal orqali aholi va qishloq xo‘jaligiga oid ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘liq to‘ldirishingizni so‘raymiz.

Ҳурматли фуқаро! Ягона идентификация тизимида (OneID) рўйхатдан ўтиб,  2026 йил 15 - 31 январь кунлари “census.stat.uz” портали орқали аҳоли ва қишлоқ хўжалигига оид рўйхатга олиш саволномаларини тўлиқ тўлдиришингизни сўраймиз.

Уважаемый гражданин! Просим зарегистрироватся в Единой системе идентификации (OneID), заполнить анкеты переписи населения и сельского хозяйства через портал “census.stat.uz” в период с 15 по 31 января 2026 года.
1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vatanimizning mard va jasur o‘g‘lonlari!

Sizlarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq qolib, xizmat burchini yerda ham, ko‘kda ham sharaf bilan ado etayotgan bahodir va dovyurak harbiylarimizga, Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini hayotining bosh maqsadiga aylantirgan mard va jasur o‘g‘lonlarimizga chuqur hurmat va minnatdorlik bildiramiz.

Sizlarning sadoqatingiz, jasoratingiz va fidoyiligingiz yurtimiz taraqqiyotining ishonchli kafolatidir.

Ushbu ulug‘ kunda sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xizmat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Vatanimiz tinch, osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin!
👍2
#Diqqat_e'lon!

Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


2026-yilning 15-yanvar kuni soat 10:00 da "To'ytepa" MFY binosida Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamda Nurafshon shahar hokimligi bilan hamkorlikda bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.

Mazkur yarmarkada barcha ish qidirayotgan yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, nogironligi bor shaxslar, shuningdek, kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Ish izlayotgan har bir fuqarolarni ushbu imkoniyatdan faol foydalanishga chaqiramiz!

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ma'muriyati

Murojaat uchun telefon: +99899 873-80-58

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasini to‘ldirish bo‘yicha video qo‘llanma

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son farmoniga binoan, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning (oila a’zolari bilan birgalikda) census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlashlari shart!

Shu maqsadda, barcha mehnat jamoalari videorolikda ko‘rsatilgani kabi, test rejimida portalga kirgan holda savolnomalar va ularni to‘ldirish shakllari bilan tanishish, tadbirga tayyorgarchilik ko‘rishlar juda muhimdir.

AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISHDA FAOL ISHTIROK ETING!
👏1
#Bayram_shukuhi

🔹Bugun Nurafshon shahrida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli bayram tadbiri tashkil etildi.

🔹Marosimda harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, Nurafshonlik yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov va bir guruh faollar ishtirokida Vatanparvarlik timsoli bo'lgan o'zbek ayoli - Zulfiya aya Zokirova yodgorlik majmuasi poyiga gulchambar qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosim avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosidagi tantanali musiqa sadolari ostida yig‘ilganlar Vatanimiz ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan mard o‘g‘lonlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirdilar.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
YOSHLAR “G‘ALABA BOG‘I”DA — TARIX VA JASORAT SABOQLARI

👍O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi hamda Nurafshon shahar hokimligi tomonidan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi umumta’lim maktablarining bir guruh bitiruvchilari hamda CHQBT o‘qituvchilari uchun Toshkent shahrida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat tashkil etildi.

🔺Mazkur sayohat yoshlarni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, yoshlar ongida tinchlikning qadr-qimmati, jasorat, fidoyilik va mardlik tushunchalarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

🔻Sayohat davomida ishtirokchilar majmua hududida barpo etilgan yodgorliklar bilan tanishib, “Shon-sharaf muzeyi”dagi eksponatlar orqali II jahon urushi yillarida xalqimizning ko‘rsatgan matonati va fidoyiligi haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘ldilar.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2