Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
YOSHLAR “G‘ALABA BOG‘I”DA — TARIX VA JASORAT SABOQLARI

👍O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi hamda Nurafshon shahar hokimligi tomonidan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi umumta’lim maktablarining bir guruh bitiruvchilari hamda CHQBT o‘qituvchilari uchun Toshkent shahrida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat tashkil etildi.

🔺Mazkur sayohat yoshlarni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, yoshlar ongida tinchlikning qadr-qimmati, jasorat, fidoyilik va mardlik tushunchalarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

🔻Sayohat davomida ishtirokchilar majmua hududida barpo etilgan yodgorliklar bilan tanishib, “Shon-sharaf muzeyi”dagi eksponatlar orqali II jahon urushi yillarida xalqimizning ko‘rsatgan matonati va fidoyiligi haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘ldilar.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2
❗️DIQQAT TANLOV


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-dekabrdagi "Tadbirkorlik subyektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operasion xizmatlarni kompleks ko‘rsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-375-sonli qarori hamda viloyat hokimining tegishli qarori asosida tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay va tizimli xizmatlar ko‘rsatish maqsadida “Biznes hamroh” loyihasi amaliyotga joriy etilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Savdo-sanoat palatasi
Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi qoshida, viloyat Davlat xizmatlari markazi binosida joylashgan holda tadbirkorlarga xususiy va konsalting xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan:

⚡️ “Biznes hamroh” loyihasi doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlar;
🔴 Soliq hisobotini (deklaratsiyasini) tayyorlash va soliq hisobini yuritish;
🔴 Buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzish;
🔴 Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish;
🔴 Auditorlik xizmatlari;
🔴 Biznes-reja ishlab chiqish va kredit olish uchun hujjatlar tayyorlash;
🔴 Yuridik xizmatlar (ta’sis hujjatlari, shartnomalar va o‘zgartirishlar);
🔴 Xorijiy bozorlar uchun tijorat takliflari tayyorlash;
🔴 Bojxona rasmiylashtiruvi (eksport-import, deklaratsiyantlik);
🔴 Birja savdolarida ishtirok etish (brokerlik);
🔴 Korxona logotipi va tovar belgisi ishlab chiqish;
🔴 Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish (patent vakilligi);
🔴 Marketing tadqiqotlari va reklama xizmatlari;
🔴 IT va raqamlashtirish (ERP, CRM, elektron hujjat aylanishi);
🔴 Kadrlar tanlash, HR-konsalting va kadrlar hujjatlari;
🔴 Biznes-missiyalar va tashriflar tashkil etish;
🔴 ISO, Halal va boshqa sertifikatlarni rasmiylashtirish.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlarni amalga oshirishga ixtisoslashgan hamda yetarli salohiyat, tajriba va sharoitlarga ega bo‘lgan TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2026-yilning 1-martigacha quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalarining elektron manziliga taqdim etishlari so‘raladi:

1. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqida guvohnoma;
2. Faoliyat turi bilan shug‘ullanishni tasdiqlovchi hujjat (rasmiy guvohnoma, ruxsatnoma, litsenziya, malaka sertifikati);
3. Moliyaviy (bank rekvizitlari) va xodimlar (personal) salohiyati;
4. Korxonaning reyting ko‘rsatkichlari;
5. Ushbu yo‘nalishlarda korxonaning hamkorlari (agar, bundan oldin qaysi korxonalar bilan aynan shu xizmat turi bilan ishlagan bo‘lsa).

ℹ️ Izoh: Tadbirkorlik subyektlari ehtiyojidan kelib chiqib, Savdo-sanoat palatasiga ushbu ro‘yxatni qo‘shimcha xizmatlar bilan kengaytirish huquqi berilgan.

Mazkur xizmatlar tadbirkorlarning vaqt va xarajatlarini tejash, biznesni qonuniy, shaffof va samarali yuritishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilmoqda.

Murojaat uchun telefon raqamlari:

📞 99 495 50 03
📞 88 843 03 03
👍1
Nurafshon shahrida Prezident Murojaatnomasi asosida iqtisodiy o‘qish tashkil etildi

🔹Joriy yilning 13-yanvar kuni Nurafshon shahar hokimligi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha iqtisodiy o‘qish tashkil etildi.

Unda Murojaatnomada ilgari surilgan muhim tashabbuslar, jumladan, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, shahar infratuzilmasini kompleks taraqqiy ettirish, aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.


🔹Shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyotining 2030-yilgacha bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va ularni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📊 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — barchamiz uchun muhim jarayon.

🎥 Qanday onlayn ro‘yxatdan o‘tishni bilmoqchimisiz?

👉Unda ushbu videoni ko‘ring🎥

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
🇺🇿 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlanishiga 1 kun qoldi!
👍2
OLIY_MAJLIS_DEPUTATLARINING_YANGI_O‘ZBEKISTON_ISLOHOTLARIDAGI_O‘RNI.pdf
235.1 KB
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi bosh mutaxassisi Omanboyev Ibrohim Shavkat o‘g‘lining ilmiy maqolasi nufuzli nashrning "Tanqidiy nazar, tahliliy tafakkur va innovatsion g‘oyalar" ilmiy jurnalida e’lon qilindi.


Maqolaning asosiy g‘oyalar va amaliy ahamiyati:

Tadqiqotda parlament samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan:

🔹Xalqaro tajriba: AQSh Senati misolida milliy parlament mustaqilligini ta’minlash mexanizmlari taklif etilgan.

🔹Nazorat va mas’uliyat: "Siyosiy mas’uliyat" va "ijtimoiy ishonch" dialektikasi asosida deputatlarning hukumat ustidan nazorat funksiyasini kuchaytirish zarurligi asoslangan.

🔹Natija: Taklif etilayotgan tavsiyalar davlat boshqaruvida "tiyib turish va muvozanat" tamoyilini mustahkamlashga hamda demokratik islohotlarning huquqiy bazasini takomillashtirishga xizmat qiladi.

👍Ushbu ish parlament nazoratini kuchaytirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va demokratik islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlashda muhim amaliy ahamiyatga ega.
👍2👏21🔥1