Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
#Diqqat_e'lon!

Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


2026-yilning 15-yanvar kuni soat 10:00 da "To'ytepa" MFY binosida Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamda Nurafshon shahar hokimligi bilan hamkorlikda bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.

Mazkur yarmarkada barcha ish qidirayotgan yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, nogironligi bor shaxslar, shuningdek, kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Ish izlayotgan har bir fuqarolarni ushbu imkoniyatdan faol foydalanishga chaqiramiz!

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ma'muriyati

Murojaat uchun telefon: +99899 873-80-58

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍1
🗓15.01.2026

Xalq bilan muloqotning yangi bosqichi sifatida Nurafshon shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘z ishini boshladi.

Unda shahar hokimi Ilxom Klichxanov va mas’ul mutasaddilar aholi tomonidan ko‘tarilayotgan har bir masalani shaxsan ko‘rib chiqmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

Nurafshon shahrida aholi muammolari
o'rganildi

Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov, Respublika ishchi guruhi a’zolari O. Musurmonqulov va B. Chinazbekov ishtirokida “Degantepa” mahallasidagi 73-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.


No_comment

P.S.
Murojaatlarning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlar muntazam ravishda taqdim etib boriladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥21👍1
⚡️ Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichi boshlandi

🇺🇿 2026-yil 15-yanvar kuni soat 00:00 dan O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi.

Mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijda vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlarimiz uchun ham mavjud bo‘lib, ular istalgan joyda yagona identifikatsiya tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega.


📹 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma quyidagi havola orqali taqdim etilgan:
https://www.youtube.com/watch?v=emOwotRVK4c&t=224s

🎁 Shuningdek, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar orasida tasodifiy tarzda tanlanib, qimmatbaho sovg‘alar o‘ynab beriladi.


Birga ro‘yxatdan o‘tamiz — birga kelajakni quramiz!
👍1
Bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkazildi

🗓15.01.2026

Nurafshon shahridagi “To’ytepa” mahallasi binosida ishsiz, band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar ishtirokida yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur mehnat yarmarkasida shahardagi 12 ta korxona va tashkilot 345 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.
Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi mas’ullari, korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etgan mehnat yarmarkasida Respublika ishchi guruhi a’zolari O. Musurmonqulov va B. Chinazbekovlar aholining ishsiz qatlamini ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Yarmarkada 37 nafar fuqaro ishtirok etib, ularning 14 nafari ishga yo’naltirildi. 2 nafariga kasb-hunarga qayta o‘qish uchun yo‘llanma berildi.
👍31
⚠️ Rasmiy bayonot

Ayni paytda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish rasmiy veb-sayti — census.stat.uz ga ko‘p sonli foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida murojaat qilayotgani sababli qisqa muddatli texnik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Mazkur holat veb-saytga tushayotgan yuqori yuklama bilan bog‘liq bo‘lib, ayni damda server quvvatini oshirish va tizim barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.


Fuqarolardan biroz vaqt o‘tib qayta urinib ko‘rishlarini so‘raymiz. Barcha ma’lumotlar xavfsiz saqlanmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
🔥1
Nurafshon shahri hokimining navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi

2026-yilning 15-yanvar kuni shahar aholisi muammolarini o‘rganish va hal qilish maqsadida Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.


Ushbu uchrashuvda shahar hokimi bilan birga Xalq deputatlari shahar Kengashi vakillari, Prezidentning Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi A. Abdijamilov hamda soha tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, uy-joy masalalari, moddiy yordam, tadbirkorlik, qurilish va ishga joylashish, kadastr, elektr ta'minoti kabi yo‘nalishlarda 11 nafar fuqaro murojaat bildirildi. Shulardan biri shu joyning o‘zida ijobiy yechim topdi, qolgan murojaatlar esa mas’ullarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.


🔹Qabul jarayonida shahar hokimi har bir murojaatni sinchiklab tinglab, mavjud muammolarni hal etish uchun mas'ullarga tegishli chora-tadbirlarni belgilab berdi.
👍21🔥1👏1