Nurafshon shahri hokimligi
3.09K subscribers
47.4K photos
4.49K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
Rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi


FOTONIGOH


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2🔥1🤝1
🏛Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov ishtirokida o'tgan hafta davomida shaharda amalga oshirilgan asosiy tadbirlar va muhim voqealar xronikasi:

🌍Nurafshonda xalqaro investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

🇺🇿14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli bayram tadbiri tashkil etildi.

📜"Degantepa" mahallasi aholisi uchun Prezident Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ'ib qilindi.

🔹Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov "Degantepa" mahallasida yashovchi fuqarolar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

🔹Xalq bilan muloqotning yangi bosqichi sifatida Nurafshon shahri hokimi Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabulni tashkil etdi.

📑"Obod" va "Ma'rifat" mahallalari aholisi uchun ham Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ'ib etildi.

👥“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida shahar hokimi Ilxom Klichxanov yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, Nurafshon shahrida olib borilayotgan tizimli ishlar va ochiq muloqotlar aholining ijtimoiy faolligini oshirish hamda hudud taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
👍3👏1
#Bilasizmi

📝 Qonunchilikka ko'ra, iste'molchilar quyidagi huquqlarga ega:

🔹 tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to'g'ri va to'liq ma'lumot olish;

🔹 tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo'lishi;

🔹 tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo'lishi;

🔹 hayoti, sog'lig'i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo'lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g'ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma'naviy zararning to'liq hajmda qoplanishi;

🔹 buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so'rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;

🔹 iste'molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

❗️"MENING INSPEKTORIM" ilovasi bilan xavfsizligingiz doim yoningizda bo‘ladi


"Mening Inspektorim" ilovasi fuqarolar va profilaktika inspektorlari o‘rtasida bevosita va tezkor aloqa o‘rnatish uchun yaratilgan raqamli ko‘prikdir.

Bu ilova bilan nimalar qila olasiz:

🚨 SOS tugmasi — Favqulodda vaziyatlarda tezkor yordam chaqirish mumkin;

📩 Onlayn murojaat — Ariza va shikoyatlarni uydan chiqmasdan yuborishingiz mumkin;

📊 Baholash tizimi — Mahallangiz Inspektori faoliyatiga xolisona baho berishingiz mumkin;

📝 So‘rovnomalar — Mahalla hayotidagi muhim masalalarga ilova orqali ovoz berishingiz mumkin.

Endi siz uchun mahallangiz Profilaktika inspektori bilan bog‘lanish yanada oson va shaffof!

Ilovani yuklab olish:

👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
4🔥1👏1
📌 Men onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, Sizchi?

Bahodirbek Xonxo'jayev,
Nurafshon shahar hokimligi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi mutaxassisi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2🔥1
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda

Joriy yilning 19-yanvar kuni “Tong” madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan keng qamrovli targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.


🔹Mazkur tadbir “Birlik” va “Hurriyat”mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun tashkil etildi. Unda Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, IIB boshlig’i A. Yuldashev, Respublika ishchi guruhi a'zolari O. Musurmonqulov va B. Chinazbekov, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔹Targ‘ibot tadbirida Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligidagi mutasaddilar tomonidan Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan 2026 yilda amalga oshiriladigan eng muhim 6 ta ustuvor yo‘nalish atroflicha muhokama qilindi.
🔥2🤝21👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda

🔹O‘zbekiston tarixida ilk bora Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabrda birinchi marta Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnoma bilan chiqqan, shundan buyon Prezidentimizning har bir Murojaatnomasi xalqimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, chuqur e’tibor bilan tinglanadi.

“Murojaatnoma O‘zbekistonda davlat boshqaruvini zamonaviy bosqichga olib chiqqan samarali mexanizmdir”, – dedi shahar hokimi Ilxom Klichxanov.


🔹Bugungi tadbirda ham ma’ruzachilar tomonidan eng muhim va hayotiy masalalarga urg‘u berildi. Prezidentimiz tomonidan 2026 yil – "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili", deb e’lon qilingani esa xalqimiz uchun juda manfaatli, islohotlar uchun muhim dasturilamaldir.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2🔥1👏1