Nurafshon shahrida aholi muammolari o‘rganildi
Avval xabar qilganimizdek, “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi sayyor qabul “Birlik” va “Hurriyat” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun tashkil etildi.
Tadbirda Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, IIB boshlig‘i A. Yuldashev, Respublika ishchi guruhi a’zolari O. Musurmonqulov va B. Chinazbekov, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🔹Murojaatlar moddiy yordam, uy-joy va kadastr yo‘nalishlari va kommunal sohaga taalluqli bo‘ldi. Sayyor qabulda shahar hokimi Ilxom Klichxanov bildirilgan 11 ta murojaatni o‘rganish va unga yechim topish bo‘yicha masalalarga kompleks yondashish muhimligini ta’kidladi.
— Har qanday murojaat ortida inson taqdiri turadi. Shuning uchun har bir masalaga jiddiy yondashish va uni hal qilish — biz uchun asosiy vazifa, — dedi shahar hokimi.
🔹Qabul yakunida murojaatlarning ijrosini ta’minlash uchun tegishli idora mas’ullariga topshiriqlar berildi.
❤1👍1🔥1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil
🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1
"Adliya kuni" doirasida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi
Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Degantepa" MFYda “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Bundan tashqari, tadbir jarayonida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 05-yanvardagi PQ-1 son qarori va boshqa yangi qabul qilinayotgan NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Degantepa" MFYda “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi va 3 nafar nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, 2 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, tadbir jarayonida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 05-yanvardagi PQ-1 son qarori va boshqa yangi qabul qilinayotgan NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❤1👏1
📌 Men onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, Sizchi?
Oybek Musurmonkulov,
Respublika ishchi guruhi a'zosi
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Oybek Musurmonkulov,
Respublika ishchi guruhi a'zosi
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1🤝1
Nurafshon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Vatanparvarlik oyligi doirasida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy hamda sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari izchil ravishda tashkil etildi.
Jumladan, o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Balli yigitlar” tanlovi orqali o‘quvchilarning chaqqonlik, bilimdonlik, jismoniy tayyorgarlik hamda jamoada ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov qiziqarli shartlar asosida tashkil etildi va ishtirokchilar faolligi bilan ajralib turdi.
Musobaqa davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, yuqori kayfiyat va ijobiy taassurotlarga ega bo‘ldilar.
Ushbu oylikning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, jismoniy barkamollik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdan iborat.
Oylik doirasida o‘quvchilar ishtirokida qator mazmunli tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Balli yigitlar” tanlovi orqali o‘quvchilarning chaqqonlik, bilimdonlik, jismoniy tayyorgarlik hamda jamoada ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov qiziqarli shartlar asosida tashkil etildi va ishtirokchilar faolligi bilan ajralib turdi.
Shuningdek, boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun “Quvnoq startlar” sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, yuqori kayfiyat va ijobiy taassurotlarga ega bo‘ldilar.
❤1🔥1